190
Voyaga yetmaganlarni
jazodan ozod qilish
asoslari:
jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod
qilish;
shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotishi munosabati bilan
jazodan ozod qilish;
aybdor o’z qilmishiga amalda pushaymon bo’lganligi munosabati bilan
jazodan ozod qilish;
shartli hukm qilish;
jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;
jazoni yengilrog’i bilan almashtirish;
kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo’qotishi oqibatida jazodan ozod
qilish;
amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish.
Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarni
umumiy asoslarda ozod
qilishdan tashqari, javobgarlik va jazodan ozod qilishning maxsus asoslari ham
mavjud. Jinoyat kodeksining 87-moddasi voyaga yetmaganlarga nisbatan
majburlov choralarini qo’llagan holda, javobgarlik va jazodan ozod qilishning
ushbu asoslarini o’zida aks ettirgan.
Moddaning birinchi qismi voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan ozod
qilib, ishini voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha
idoralararo komissiyaga
topshirish shartlarini belgilab bergan. Komissiyaga topshirish uchun quyidagi
shartlar asos bo’ladi:
ijtimoiy xavfli qilmish birinchi marta sodir etilganligi;
shaxsning jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to’lmaganligi;
sodir etilgan qilmishning xususiyatlari;
aybdorning shaxsi;
ishning boshqa holatlari.
Mazkur shartlar asosida voyaga yetmagan shaxsni jazo qo’llamay turib
tuzatish mumkinligi haqida xulosaga kelinsa, uni javobgarlikdan ozod qilib ishini
191
ko’rish uchun voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiyaga
topshirish mumkin.
Voyaga yetmagan tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishning birinchi marta
sodir etilganligi 18 yoshga to’lmagan shaxsni jinoyatchilik yo’liga to’la kirib
ketmaganligini ko’rsatadi. Agar jamoatchilik yoki boshqa ta’sir
choralari
qo’llanilishi naf keltirishi mumkinligiga jinoyat-protsessual harakatlarini olib
boruvchi mas’ul xodimlar ishonch bildirishsa yoxud mehnat jamoalari kafilligi
berilsa, voyaga yetmaganni to’g’ri yo’lga solish mumkin bo’ladi.
Jinoyat sodir etish vaqtida shaxsning 18 yoshga to’lmaganligi
yengillashtiruvchi holat sifatida belgilanadi. Hayot yo’liga endigina kirib
kelayotgan yoshlarni jazolash yo’liga kirishimiz, ko’pincha ularning tarbiyasiga
salbiy ta’sir ko’rsatilishiga olib kelishi mumkin.
Sababi voyaga yetmaganlarni
kelajakka munosabati romantik xususiyatlarga ega bo’lib, shu xususiyatlar ularni
yuqori darajalarga chiqishiga motiv beradi. Ularni ba’zan bilib-bilmay qilgan
jinoyatlari uchun qattiq jazolar berib sindirib qo’yishimiz yoshlarning kelajak
orzularini vayron qiladi. Ularni kelajakda jamiyat uchun xavfli kimsalarga
aylantirib qo’yadi.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyatlari
jinoyat tarkibi elementlari bilan bog’liqdir. Jinoyatning ob’ekti, ob’ektiv tomoni,
sub’ekti va sub’ektiv tomonlari bilan bog’liq holatlar qilmish to’g’risida tasavvurni
shakllantirishga yordam beradi.
Qilmishning inson hayoti, jinsiy erkinlik, atrof
muhit, tinchlik va xavfsizlik kabi ob’ektlarga qarshi qaratilganligi, to’g’ri qasd
bilan, ko’pchilik uchun xavfli bo’lgan usullarda amalga oshirilganligi kabi
xususiyatlar javobgarlik va jazodan ozod qilinishiga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Aybdorning shaxsi masalasi jinoyat sodir etishga moyilligi,
notinch oilada
voyaga yetganligi, nosog’lom ijtimoiy muhit ta’sir qilganligi, atrofdagilarga
munosabati yoki jinoyat sodir etishga majbur bo’linganlik kabi omillarni qamrab
oladi. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxsning mehnat jamoasidagi yoki
o’qish joyidagi faoliyati uning shaxsiga oid ma’lumotlar
jamlanishiga yordam
beradi. Agar mehnat jamoasi yoki o’qish joyida namunali xulqqa ega bo’lib,
192
o’zining yaxshi jihatlarini ko’rsata olsa, bunday hollarda unga nisbatan kuzatuvni
yo’lga qo’yish orqali xulqining o’nglanishiga ishonish mumkin.
Ishning boshqa holatlari jinoyat sodir etilishida katta yoshli dalolatchilarning
ta’siri, jabrlanuvchining faol harakati qilmish sodir etilishiga sabab bo’lganligi,
og’irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi kabi holatlarni qamrab oladi. Ishning
boshqa holatlari voyaga yetmagan shaxsni jazo qo’llamay turib tuzatish
mumkinligi haqida xulosaga kelish uchun muhim omil bo’ladi. Agar shunday
xulosaga kelinsa, ish voyaga yetmaganlar komissiyasiga topshiriladi.
Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi qismi voyaga yetmaganlar
tomonidan uncha og’ir bo’lmagan jinoyatni birinchi marotaba sodir etish yoki
ijtimoiy xavfliligi katta bo’lmagan jinoyatni takror
sodir etishning yuqoridagi
shartlar asosida jazodan ozod qilinishi asoslarini o’zida aks ettirgan. Besh yildan
ortiq bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko’zda tutiladigan
jinoyatda yoxud ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat takror sodir etilishida
birinchi qismdagi shartlar mavjud bo’lsa, sud tomonidan jazo o’rniga majburlov
chorasini qo’llash masalasini ko’rib chiqishi kerak bo’ladi.
Sud tomonidan jazo o’rniga majburlov choralarini qo’llash masalasini
ko’rib chiqish uchun voyaga yetmaganning rivojlanishda o’z
tengdoshlariga
nisbatan ortda qolganligi hamda o’z qilmishining mohiyatini to’la ravishda anglab
yetmasligi ham asos bo’lib xizmat qiladi. Aqliy rivojlanishda yoshiga nisbatan
ortda qolganlik aqli zaiflik, surunkali ruhiy kasallik kabi shaklda bo’lsa, voyaga
yetmagan shaxs javobgarlik va jazodan kasallik tufayli ozod qilinishi lozim.
Bunday holda tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilishi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: