6. Cr3+ ionini ajratish va topish . 3-cho‘kmaga H2O2 qo‘shib, qaynatganda eritma ishqoriy bo‘lganligi uchun Cr3+ oksidlanib, sariq rangli SrO42- ionga aylanadi. Cr3+ eritmadan shunday ajratiladi va topiladi. 3-cho‘kma qaynatilganda undagi Fe2+ va Mn2+ ionlar oksidlanadi. Natijad a, ch o ‘kmada (4-cho‘kma) Fe(OH)3 va MnO(OH)2 bo‘ladi. Cho‘kmani yuvib, keyingi tekshirishlar uchun saqlang.
7. Fe(OH)3 va MnO(OH )2 ni eritish va Mn2+ ionini topish. Agar 4-cho‘kma to‘q qo‘ng‘ir rangli bo‘lsa, bu unda Mn2+borligi ehtimolidan xoli emas. Bunga ishonch hosil qilish uchun yuvilgan 4-cho‘kma nitrat kislota eritmasida eritiladi va eritm aga PbO2 kristallaridan bir nechasi tashlanib, reaksiya o‘tkazilsa, Mn2+ bo‘lganda eritma binafsha rangga kiradi. Fe2+ va Fe3+ ionlari oldin taxminiy sinashlar vaqtida topilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |