8. Al(OH)3 ni cho‘ktirish va Al3+ va Zn2+ ionlarini topish. Tarkibida alyuminat va sinkat bo‘lgan 3-eritmaga NH4Cl kristallaridan ozgina solinib qaynatilsa, Al(ON)3 cho‘kmaga (5-cho‘kma) tushadi, Zn2+ ioni esa [Zn(NH3)6]2+ hosil qilib eritmada (4-eritma) qoladi. Cho‘kma sentrifugalab, eritmadan ajratiladi va yuviladi. Yuvilgan 5-cho‘kmada Al3+ ioni borligi tekshirib ko‘riladi. Zn2+ ionini topish uchun 4-eritma sirka kislota ta ’siridan kislotali muhitga keltirilib, undan vodorod sulfid o ‘tkazilsa, [Zn(NH3)6]2+ kompleks ioni parchalanib ZnS ga aylanadi.
Xulosa
Uchinchi analitik gruppa kationlari qatoriga alyuminiy, rux, marganets (II), temir (III), temir (II), xrom (III), titan (IV), nikel (II), kobalt (II), berilliy, sirkoniy (IV), uranil (II), galliy (III), ittriy (III), indiy (III), lantan (III), gafniy (IV), aktiniy (III), seriy (III), toriy (IV), skandiy (III) va boshqa kationlar kiradi. Ular ammiakli bufer aralashma ishtirokida gruppa reagenti - ammoniy sulfid ta’siridan gidroksid va sulfidlar shaklida cho‘kadi. Uchinchi gruppa kationlari I va II gruppalar kationlaridan sulfidlarining pH~9,2 bo‘lgan sharoitda suvda erimasligi bilan farq qiladi. Bu gruppa kationlarining sulfidlari suyultirilgan kislotalar eritmalarida eriydi. Kationlarni ammiakli bufer aralashma ishtirokida gruppa reagenti bilan qizdirib turgan holda cho‘ktirganda alyuminiy, xrom (III) va titan (IV) kationlarining gidroksidlari kam eruvchanligi uchun gidroksidlar shaklida cho‘kadi. Gidroksidlar shaklida, shuningdek, uchinchi gruppa kationlari qatoriga kiradigan, lekin bizning ko‘rib chiqish doiramizga kirmaydigan berilliy, sirkoniy, lantan (III), skandiy (III) va boshqa kationlar ham cho‘kmaga tushadi. Bundan tashqari, bu kationlar sulfidlari qaytmas gidrolizga uchraydi. Shunday sharoitda qolgan kationlar sulfidlar shaklida cho‘kadi.
Biz yuqorida gruppa reagentining ta ’sirini ko‘rib chiqqanda gruppa reagenti ta’siridan uchinchi gruppa kationlarining sulfidlar va gidroksidlar holida cho‘kishini aytib o‘tgan edik. Uchinchi gruppa kationlari aralashmasini analiz qilganda ularning turli xossalariga muvofiq uch gruppaga bo’linishidan foydalaniladi.
Uchinchi gruppa kationlari aralashmasining analizi tekshiriladigan eritmada fosfatlar va gidrofosfatlar bo’lganda murakkablashadi, chunki bu ionlar uchinchi gruppa kationlari bilan fosfatlar hosil qilib cho‘kadi. Uchinchi gruppa kationlariga birinchi va ikkinchi gruppalar kationlari aralashgan bo’lsa, ikkinchi gruppa kationlari oksalatlar hosil qilib, uchinchi gruppa kationlari bilan cho‘kadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa cho‘kmalar hosil qiladigan ionlar aralashmada ishtirok etgani holda, cho‘ktirish neytral yoki ishqoriy muhitda olib borilsa, ikkinchi gruppa kationlarining oksalatli, magniy ioni, ikkinchi va uchinchi gruppa kationlarining fosfatli cho‘kmalari tushadi. Agar barcha kationlar aralashmasi analiz qilinayotgan bo’lsa, yaxshilab yuvib ajratilgan cho‘kma eritiladi va analiz taxminiy sinashlardan boshlanadi.Cho‘kma sulfidlar, gidroksidlar, oksalatlar, fosfatlar va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |