O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

Qo’shma gap rus tilida ham, o’zbek tilida ham tuzilishi va mazmuniga ko’ra o’ta 

murakkab  bo’lib,  har  bir  tilning  uz  imkoniyatlari  doirasida  namoyon  bo’ladi.  Tuzilish 

jihatidan alohida ta‘kidlashga loyiq hodisa shuki, o’zbek tilida, rus tilidan   farqli   holda,   

ergashgan      qo’shma      gaplarning      ma‘lum    turida  ergash  gapning  kesimi  shaxsli 

(tuslangan)  fe‘l  bilan  omas,  balki  ravishdosh  bilan  ifodalanadi;  Etik  ochilib 

Cho’lponoyning  onasi  ko’rindi                                (P.  Qodirov).  Rus  tilida  esa  qo’shma  gap 

tarkibidagi  har  bir  predikativ  qismning  kesimi  shaxsli  (tuslangan)  fe‘l  bilan  ifodalanadi: 

Bo’lagodarya  tomu  chto  m  strogo  sobo’lyudaem  grafik  dvijenii  poezdov,  kolichestvo 

perevozok znachitelno uvelichivaetsya  (Gazetadan). 

 

Rus  tilida  ergashgan  qo’shma  gaplar  “slojnopodchinenne  predlojeniya 



neraschlenennoy  struktur”  va  “slojnopodchinenne  predlojeniya  raschlenennoy  struktur” 

deb  ikkiga  ajratiladi.  Birinchi  tur  qo’shma  gapda  ergash  gap  bosh  gapdagi  ot  bilan 

ifodalangan  bo’lakka  bevosita  taalluqli  bo’ladi,  shu  bo’lakni  aniqlaydi  (sifatlaydi); 

boshqa tur sifatlovchilardan farqi shuki, tarkibida ega bo’lak qatnashadi, demak, tuzilishi 

jixatidan gapga teng bo’ladi. Qiyos qiling: On vzyal knigi, kotore nujn yemu.—On vzyal 

knigi, nujne yemu. Birinchi misol aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga, ikkinchi misol 

esa sifatdosh oborotli sodda gapga teng. 

 

Ko’rinadiki,    bu    qismlar    sintaktik  aloqa    nuqtai  nazaridan  bir  xil;  birini  gap, 



ikkinchisini  bo’lak  deb  belgilashda  ularning  ichki  sintaktik  surilishidan  kelib  chiqiladi. 

Bunday ergash gapli qo’shma gapda asli ikki predikativ bog’lanmashshg teng mavqedagi 

aloqasi  sodir  bo’lmaydi,  ergash  gap  boshqa  bir  gapga  emas,  balki  o’sha  gap  tarkibidagi 

ma‘lum bir so’zshaklga taalluqli bo’ladi. Faqat predikativlik belgilarga to’liq ega ekanligi 

(to’liq  shakllangan  ega  va  kesimning  mavjudligi)  tufayli  uni  gap  deb  tan  olish  lozim 

bo’ladi. 

 

O’zbek  tilida  sifatlovchi  odatda  sifatlanmishidan  oldin  joylashadi,  bunday  holat 



sifatlovchi  yakka  so’zshakl  bilan  ifodalanganda  ham,  birikma  bilan  ifodalanganda  ham 

birdek voqe bo’ladi: U kerakli kitobo’larni oldi.— U o’ziga kerakli kitobo’larpi oldi kabi. 

O’zbek  tilida,  rus tilidan  farqli  holda,  predikativ  bog’lanma  ham  sifatlovchi  bo’lib  kela 

oldi:  U  qarilikdan...  chetlari  qizargan  ko’zlarini  Gulnorga  allaqanday  hirs  bilan  tikdi 

(Oybek).  Predikativ  bog’lanma  sifatlovchi  bo’lib  kelishi  uchun  ma‘lum  o’o’zgarishlar 

yuz  beradi,  albatta.  Masalan,  Men  yoqtirdim  predikativ  bog’lanmasi  sifatlovchi  bo’lib 

kelishi  uchun  tuslovchi  tashlanishi,  zamon  yasovchisi  esa  sifatdosh  yasovchisiga 

almashtirilishi  lozim,  Natijada  predikativ  bog’lanma  gaplik  holatini  yuqotib,  sifatlovchi 

bo’lakka xos    shakl    oladi.    Bunday    o’zgarishlardan    keyin predikativ bog’lanmani 

gap deb bo’lmaydi: Men   yoqtirgan kuyni chaling kabi. 

 

Rus  tilida  qo’shma  gap  bilan  ifodalangan  mazmun  o’zbek  tilida  ham  ko’pincha 



gap  bilan  ifodalanadi:  Выпал  обильный  снег,  поэтому  стало  ходить  трудно.—  Qor 

juda  qalin  yog’di,  shu  sababli  yurish  qiyinlashdi  kabi.  Bundan  qat‘i  nazar,  rus  tilida 

qo’shma gap bilan ifodalanadigan mazmunni o’zbek tilida sodda gap bilan ifodalash ham 

anchagina uchraydi, bunda rus tilida gap bilan ifodalangan mazmun  o’zbek tilida oborot 

bilan  ifodalanadi:  Я  знаю,  что  ты  сегодня  работаешь.—  Men  sening  bugun 



ishlashingni  bilaman.  Он  благодарен  тебе  за  то,  что  ты  оказал  помощь  его 

матери.—U  sendan  onasiga  yordam  berib  turganing  uchun  minnatdor  kabi.  Bu 

mazmunni o’zbek tilida qo’shma gap bilan ham ifodalash mumkin: U sendan minnatdor, 



chunki sen uning onasiga yordam berib turding kabi. 

 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish