O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

 

 

 

10-Mavzu: O‘zbek va rus tillarida so‘z birikmasi 


 

37 


 

 

 



Nopredikativ  bog’lanma  doim  ikki  a‘zodan  tarkib  topadi,  ulardan  biri  tobe, 

ikkinchisi  esa  hokim  bo’ladi.  Predikativ  bog’lanmada  uning  hokim  a‘zosi  odatda  oldin, 

tobe  a‘zosi  keyin  joylashadi,  nopredikativ  bog’lanmada,  aksincha,  tobe  a‘zo  ko’pincha 

oldin, hokim a‘zo esa keyin joylashadi. Muhim farq shuki, predikativ bog’lanmada uning 

har  ikki  a‘zosi so’zshakl  bilan  ifodalanadi,  shunga  ko’ra  har ikkisi  sintaktik  bo’lak  (ega, 

kesim) sifatida shakllanadi. Nopredikativ bog’lanmalarda esa uning tobe a‘zosi ko’pincha 

so’zshakl  bilan  ifodalanadi,  shunga  ko’ra  shu  a‘zogina  sintaktik  bo’lak  (masalan, 

to’ldiruvchi) sifatida shakllaiadi. 

 

Nopredikativ  bog’lanmalar  (bular  birikma  deb  ham  yuritiladi)  turlicha  tasnif 



qilinadi, shulardan biri tobe a‘zosining sintaktik mohiyati asosida tasniflash bo’lib, bunda 

sifatlovchili birikma, to’ldiruvchili birikma, holli birikma kabi bog’lanmalar ajratidadi. 

 

Birikmalarning  tobe  a‘zosi  (sifatlovchi,  to’ldiruvchi,  hol)  gapning  ikkinchi 



darajali bo’lagi deb yuritilar edi, keyingi yillarda yoyuvchi bo’lak deb talqin qilinmoqda. 

Bunday  yondashuvga  ko’ra  avval  predikativ  bog’lanma  (gap)  tuziladi,  keyin  kesimga, 

egaga doir yoyuvchi bo’lak qo’shiladi (kiritiladi), o’z navbatida bu yoyuvchi bo’lak ham 

yoyilishi  mumkin.  Agar  bu  fikrga  qo’shilsak,  sintaktik  bo’lak  uchun  qurilish  ashyosi 

bo’lib  so’zshakldan  yirik  sintaktik  birlikning  (birikmaning,  gapning)  kela  olishini  inkor 

etgan  bo’lamiz.  Aslida  sintaktik bo’lakning  yoyilishida  emas,  balki  sintaktik  bo’lakning, 

so’zshakldan tashqari, turli-tuman bog’lanmalar bilan ifodalanishi haqida gapirish o’rinli. 

Gap  qurilishida  biror  bo’lakning  boshqa  bir  bo’lakka  gapga  bir  butun  holda  taalluqli 

bo’lishi  alohida  masala  bo’lib,  bu  masalani  hal  etishda  yoyuvchi  bo’lak  tushunchasiga 

zaruriyat yo’q. 

 

To’ldiruvchili  birikmalar  rus  va  o’zbek  tillarida  mohiyat  jihatidan  bir  xil. 



To’ldiruvchi to’ldirilmishiga boshqaruv usuli bilan bog’lanadi: to’ldirilmish bo’lib kelgan 

leksemaning  ma‘nosi  bog’lanadigan  to’ldiruvchi  qaysi  sintaktik  shaklda  kelishini 

belgilaydi.  To’ldiruvchining  ikki  turi  ajratiladi:  vositasiz  to’ldiruvchi  (pryamoe 

dopolnenie) va vositali to’ldiruvchi (kosvennoe dopolnenie). 

 

Holli  birikmalar  ham  rus  va  o’zbek  tillarida  mohiyat  jihatidan  bir  xil.  Hol  bilan 



hollanmish  orasidagi  sintaktik  aloqa  ikki  xil:  1)  Hol  vazifasida  shakl  o’o’zgarishi  yo’q 

birlik  (ravish,  ravishdosh;  o’zbek  tilida  sifat  ham)  kelsa,  hollanmishiga  bitishuv  usuli 

bilan bog’lanadi:  uzoq II yaxshi 11  miriqib dam  olmoq; stoyat dolgo 11 obo’lokotivshis 

na  perila  kabi;  2)  so’zumso’z  vazifasida  ma‘lum  kelishikda  yoki  ko’makchi  (rus  tilida 

predlog)  bilan  shakllangan  so’zshakl  kelsa,  hollanmishiga  boshqaruv  usuli  bilan 

bog’lanadi:  U  universitetga  ketdi.—  On  ushel  v  universitet.  By  yil  bahorda 

yog’ingarchilik ko’p bo’ldi. V etom godu vesnoy osadkov bo’lo mnogo kabi. 

 

Sifatlovchili  birikmalar  rus  va  o’zbek  tillarida  keskin  farq  qiladi.  Rus  tilida 



sifatlovchilar moslashadigan va moslashmaydigan sifatlovchi deb ikkiga ajratiladi. 

 

Asli tom ma‘nodagi, ya‘ni ham grammatik, ham semantik jixatdan sifatlovchi deb 



qarashga  loyiq  sifatlovchi  —  moslashadigan  sifatlovchi.  Chunki  bunday  sifatlovchi 

vazifasida predmetning belgisini anglatadigan turkum leksemasi keladi va u sifatlanmish 

otning  grammatik  shakliga  mos  holda  grammatik  ko’rsatkich  oladi  hamda  moslashib 

o’zgaradi: chistaya bumaga,ch istuyu bumagu kabi. 

 

Rus  tilida  sifatlovchili  birikmaning  tobe  a‘zosi  (sifatlovchi)  hajm  a‘zosiga 



(sifatlanmishiga)  qarab  grammatik  ko’rsatkich  oladi,  grammatik  ko’rsatkichlar  orasida 

mutanosib  o’zgarish  yuz  beradi.  Lekin  birikma  doirasida  na  hokim  a‘zoning,  na  tobe 

a‘zoning grammatik shakli aniq bo’lmaydi, bunday birikmaning a‘zolari nutqda aniq bir 

grammatik shakl kasb etadi. To’g’ri, sifatlovchili birikmani alohida birlik sifatida talaffuz 

etish zarur bo’lsa, uni ma‘lum rod, birlik, bosh kelishik shaklida aytamiz, chunki shunday 

grammatik  shakl  sifatlovchili  birikma  uchun  bosh  shakl  deb  qabul  qilingan:  cherny 

karandash,  bolshaya  lampochka,  sinee  nebo  kabi.  Bunday  bog’lanmada  tugallanmalarni 



 

38 


to’rtburchakka olsak, qolgan qism birikmaning asosiga teng bo’ladi:   cherny, karandash, 

bolshaya,  lampochka, sinee, nebo. Tilda  bunday, sifatlovchili birikmaning andozasi  bor: 

(asos + tugallanma) x (asos – tugallanma), bu andozada qaysi tugallanmalar (o’z-o’zidan, 

qaysi leksemalar ham) qatnashuvi nutqdagina aniq bo’ladi. Demak, rus tilida sifatlovchili 

birikmaning  tobe  a‘zosi  birikma  doirasida  grammatik  shakllanib  yetmaydi;  bunday 

birikmaning  hokim  a‘zosi  ham  (asli  birikmaning  o’zi  ham)  nutqda  tugal  grammatik 

shakllanadi. 

 

O’zbek      tilida      barcha      sonlar      sifatlanmishiga      bitishuv      usul  bilan 



bog’lanaveradi.  Yana  bir  farq  shuki,  rus  tilida  dva  va  undan  yirik  son  sifatlovchi  bo’lib 

kelganida  sifatlanmish  ot  asosan  ko’plik  ,shaklida  ishlatiladi:  dva  studenta,  lekin  dvux 

studentov; pyat stydenmov kabi; o’zbek tilida, sifatlovchi qaysi son bilan ifodalanishidan 

qat‘i  nazar,  sifatlanmish  ot  birlik  shaklida  ishlatiladi:  ikki  student,  o’n  student  kabi.  rus 

tilidan farqli holda o’zbek tilida sifatlovchi bo’lib ba‘zan ravish ham keladi: ko’p gap, oz 

gap, tez odam kabi. Ko’rinadiki, bu vazifada sifat tur ravishlargina kela oladi. Rus tilida 

ravish  sifatlovchi  bo’lib  kelmaydi.  O’zbek  tilida  sifatlovchi  ot  bilan  ham  ifodalanadi: 

oltin  soam,  g’isht  devor  kabi.  Bunday  vazifada  asosan  jism  otlari  keladi.  Sifatlovchi 

vazifasida  kelgan  bunday  ot  grammatik  shakli  jihatidan  sifatga  tenglashadi:  son  va 

kelishik shakllariga ega bo’lmaydi. 

 

Rus  tilida  sifatlovchining    moslashmaydigan  turi  ham  ajratiladi.  Bunday 



sifatlovchi asosan sifatlanmishidan keyin joylashadi. 

 

O’zbek  tilining  rus  tilidan  farqli  hodisalaridan  biri  —  qaratuvchili  birikma: 



dushmanning  xujumi,  qovunning  urug’i,shaharning  chekasi  kabi.    Bunday  birikma    rus 

tilidagi  nastupiv  vraga,   semena  dni,   okraina  goroda  kabi   birikmalarga  eng  yaqin  

turadi,   lekin   teng   emas.  

 

Tasvirlanayotgan birikmaning tobe a‘zosi  qaratuvchi deb  hokim a‘zosi qaralmish 



deb yuritiladi. hozirgacha qaratuvchi bilan qaralmishning sintaktik aloqasi moslashuv deb 

kelinadi. Aslida esa tom ma‘nodagi moslashuv emasligi allaxachon ta‘kidlangan edi-yu, 

lekin uzil-kesil yangi talqin berilmadi. haqiqatda, qaratuvchili birikmada hokim a‘zo tobe 

a‘zoning  grammatik  shakliga  to’liq  moslashmaydi.  Hokim  a‘zoga  qo’shiladigan 

nisbatlovchi tobe a‘zoga mutanosib holda tanlab qo’shiladi, lekin bunday mutanosibo’lik 

bu a‘zolarning grammatik shakllari orasidagina voqe bo’lmaydi. Masalan, shaxs ma‘nosi 

tobe  a‘zo  vazifasidagi  so’zshaklning  asosidan  anglashiladi,  hokim      a‘zoda      esa    6o’  

ma‘noni gramatik ko’rsatkich (nisbatlovchi) ifodalaydi. Faqat qaratuvchi o’z so’zi bilan, 

hama kabi omosh bilan  ikki kabi son bilan  ifodalanadigan birikmalarda  moslashuv voqe  

bo’ladi:    o’zimning  uyim,hammamizning  uyimiz,  ikkimizning  uyimiz  kabi.  Ko’rinadiki, 

bunday  qaratuvchi  bilan  qaralmish  tarkibida  ayni  bir  nisbatlovchi  qatnashadi.  Agar 

bunday  ko’rilma  asli  uch  a‘zoli  ekanini  hisobga  olsak  (mening  o’zimning  uyim  kabi), 

unda  tushiriladigan  a‘zo  asl  qaratuvchi  ekanini,  qatnashadigan  a‘zo  esa  ta‘kidlovchi 

ekanini  sezish  qiyin  emas.  Demak,  bunday  qurilmalarda  ham  asli  qaralmish  tarkibidagi 

nisbatlovchi  shaxs  jixatidan  qaratuvchi  vazifasidagi  so’zshaklning  asosiga  mutanosib 

qo’shiladi.  Modomiki  mutanosibo’lik  grammatik  ko’rsatkichlar  orasida  emas,  endi 

bunday sintaktik aloqani moslashuv deb bo’lmaydi.  

 

Demak,  qaratuvchili  birikmaning  ayrim  ko’rinishlarida  son  jihatidan  moslashuv 



voqe bo’ladi yoki son jihatidan mutanosibo’lik yo’qoladi, qolgan ko’rinishlarida esa son 

jihatidan muvofiqlashuv sodir bo’ladi.  

 

O’zbek  tilida  rus  tilidagidaek  muntazam  moslashuv  qonunlari  yo’q.  Odatda 



o’zbek  tilida  (boshqa  turkiy  tillarda  bo’lganidek)    kesim  ega  bilan  shaxs  va  sonda 

moslashadi  deb  xisobo’lanadi.  Biroq  bu  xil  moslashuvda  tobe  bo’lak  hokim  bo’lakka 

nisbatan  grammatik  jihatdan  erkinroq  bo’ladi,  binobarin,  hokim  bo’lak  tushib  qolganda 

ham,  tobe  bo’lak  o’zining  oldingi  formasini  saqlab  qola  oladi.  Masalan,  Men  oldim 

gapida  ega  (men  olmoshi)  qo’llanmagan  taqdirda  ham,  kesim  (oldim  so’z  formasi) 

birinchi shaxs, birlik ko’rsatkichi bilan qo’llana oladi. 




 

39 


 

Rus tilida  moslashuv, asosan,  ikki  xil  birikmada bo’ladi:  birinchisi  —  kesimning 

ega  bilan  rod,  son  va  shaxsda  moslashuvi,  ikkinchisi  —  aniqlovchining  aniqlanmish  ot 

bilan  rod,  son  va  kelishikda  moslashuvidir.  Rus  tilida  moslashuvning  to’liq  va  to’liqsiz 

formalari ham mavjud. 

 

Rus  tilidagi  boshqaruvda  esa  hokim  so’z  (ko’pincha  fe‘l)  tobe  so’zning  ma‘lum 



bir kelishikda, predlogsiz yoki predlogli ergashib kelishini talab qiladi. Bundan  tashqari, 

rus  tilida  predloglarning  ayrim  guruhlari  otlarning  ma‘lum  bir  vositali  kelishikda 

bo’lishini talab qiladi.  


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish