Ravishdosh
O‘zbek tilida ham, rus tilida ham ravishdosh fe’l shakli bo‘lib, ham fe’llik, ham ravishlik
belgilariga ega.
Ravishdoshda ham harakat-holat ma’nosi bor, shuning uchun fe’lga
o‘xshab o‘timli va o‘timsiz bo‘ladi, nisbat ma’nosini ifodalaydi, shuningdek fe’l kabi o‘ziga tobe
bo‘lgan so‘zni boshqarib keladi. Shu bilan birga ravishdosh ravish kabi ish-harakat va holatning
belgisini bildiradi, uning so‘rog‘iga javob bo‘lib, ravishga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Rus
tilida ravishdosh sifatdoshga o‘xshab belgini ifodalagani uchun причастие negizini saqlab
qolgan, ammo unda jarayon ma’nosi ham mavjudligi uchun mazkur negiz oldidan дее-
(действие-harakat) affiksi qo‘shilib, деепричастие nomi hosil qilingan.
Har ikki tilda ravishdoshlar qo‘shimcha harakatni bildirish bilan birga gapda holat, payt,
sabab, kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Har ikkala tilda ham ravishdosh fe’lning o‘zgarmas
shakli hisoblanadi. Ammo o‘zbek va rus tillaridagi ravishdoshlar o‘rtasida ham ayrim tafovutlar
bor bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) O‘zbek tilida yuqorida qayd etilgan ma’nolardan tashqari, maqsad ma’noli ravishdoshlar
ham bor: Bu yerga sizni ko‘rgani keldim. Rus tilida maqsad ravishdoshi bo‘lmagani
uchun bunday o‘rinlarda maqsad tobe gapli qo‘shma gap qo‘llanadi: Я пришёл сюда,
чтобы встретиться с вами.
2) Rus tilida barcha fe’l shakllaridgi kabi ravishdoshlarda ham vid farqlanadi. Ravishdosh
qaysi fe’ldan yasalgan bo‘lsa, o‘sha fe’lning vidini saqlaydi: делая, сделав; получая,
получив va hokazo. Odatda nesovershenniy vid ravishdoshi harakat-holat voqe
bo‘layotgan paytni, sovershenniy vid ravishdoshi esa, asosan, harakat-holatdan oldin
voqe bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Masalan: Сидя у камина, старик рассказывал
детям сказки. – Kamin (olovi yonib turgan o‘choq) yonida o‘tirib, qariya bolalarga
ertak aytib berardi; Посидев у речки, туристы продолжили путь. – Soy bo‘yoda
oboroz o‘tirgach, sayohatchilar yo‘lida davom etishdi.
3) O‘zbek tilida har qanday fe’lning ravishdosh shaklini hosil qilish mumkin (yozayotib,
ichayotib), rus tilida esa ayrim fe’llardan mutlaqo ravishdosh hosil qilib bo‘lmaydi.
Masalan, umuman, «пиша» письмо yoki «пия» чай deyilmaydi. Bunday fe’llardan
pristavkalar yordamida sovershenniy vid hosil qilingandagina, o‘tgan zamon
ravishdoshini yasash mumkin: написав письмо, выпив чай.
4) O‘zbek tilida majhul nisbatdagi ravishdoshlar ham bor, rus tilidagi fe’llardan esa
ravishdoshlarning majhul nisbat shakli deyarli hosil qilinmaydi. Nutqda kamdan-kam
hollarda ishlatiladigan будучи приглашаем, будучи вызван kabi analitik shakllarga
istisno tariqasida qaraladi. (Mas.: Будучи приглашаем, он не явился на свадьбу. – U
talkif qilingan bo‘lsa-da, to‘yga kelmadi).
5) O‘zbek tilida ayrim ravishdoshlar takror holda qo‘llanadi: yura-yura charchadi; yig‘lay-
yig‘lay uxladi. Rus tilida bunday hodisa yo‘q.
6) O‘zbek tilida fe’lning barcha shaklida bo‘lganidek ravishdoshda ham bo‘lishli-
bo‘lishsizlik ma’nosi bor. Rus tilida ravishdoshlarning bo‘lishsiz shakli mavjud emas,
bunday ma’noni hosil qilish uchun ravishdoshdan ajratib yoziladigan не inkor
yuklamasidan foydalaniladi.
7) Rus tilida ravishdosh ravish kabi как? когда? почему? при каком условии? kabi
34
so‘roqlarga javob bo‘lib, gapda hol vazifasida keladi. O‘zbek tilida esa ravishdoshning
bir qancha sintaktik vazifalari mavjud bo‘lib, u harakat tarzi shakllarini yasashda faol
ishtirok etadi. Bunda ko‘makchi qism, odatda, shaxs-son va zamonni ifodalaydi. Rus
tilida bunday imkoniyat bo‘lmagani uchun ularning ma’nosi, asosan, sovershenniy vid
fe’llari bilan beriladi: kutib turaman – подожду; o‘ylab ko‘ramiz – подумаем; suzib
o‘tasan – переплывёш; irg‘ib turdi – вскочил; Shuningdek, o‘zbek tilida ravishdosh
ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Bahor kelib, kunlar isiy boshladi; O‘zi mustaqil
kesim vazifasida ham kela oladi: Ishning boshi boshlanguncha; Bundan tashqari, fe’lga
shaxs-son qo‘shimchasini biriktiradi: o‘ylabman; aytibsan; boribmiz va hokazo.
8) Rus tilida sovershenniy vid ravishdosh infinitiv yoki o’tgan zamon negiziga -в yoki вш (-
ши) suffikslarini qo’shish bilan yasaladi: сказав, выпивши, занёсши. Nesovershenniy
vid ravishdoshlar esa -а yoki -я suffikslari bilan yasaladi: крича, услыша, делая, читая,
неся; O‘zbeklar nutqida ravishdosh nihoyatda ko‘p uchraydi, shuning uchun bo‘lsa kerak
uni hosil qiluvchi qo‘shimchalar ham tilimizda g‘oyat bisyor.
9) Rus tilida ravishdosh o‘ziga tobe bo‘lgan so‘zlar bilan birgalikda деепричастный
оборот (ravishdoshli birikma)ni hosil qiladi va u bir butun yaxlit holda ajratilgan izoh hol
vazifasini bajarib, kesimga bog‘lanadi: Победив чемпиона мира по боксу Николая
Валуева, Руслан Чагаев продемонстрировал свои способности всему миру. – Boks
bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Nikolay Valuyevni yengib, Ruslan Chagayev o‘z
qobiliyatlarini bitun dunyoga namoyish qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |