O‘zbek tilida fe’lning ma’lum bir vazifa uchun xoslangan shakllari mavjud bo‘lib, bular
ammo ikki tildagi bunday birliklar ma’nosi va qo‘llanishiga ko‘ra bir-biridan ancha farq qiladi.
bajarilish-bajarilmasligi, harakat-holatning nomi kabi ma’nolarni bildiradi, ya’ni harakat-holatni
lozimki, o‘zbek tilida rus tilidagi infinitivga to‘liq mos keladigan fe‘l shakli yo‘q.
32
O‘zbek tilida harakat nomi ot o‘rnida qo‘llanib, otning barcha funksiyalarini bajara oladi.
U otlashmaydi, balki o‘zi nom (atovchi) bo‘lgani sababli otga o‘xshab kelishiklar bo‘yicha
turlanadi, egalik affiksalini oladi. Rus tilidagi infinitiv esa na turlanadi va na tuslanadi. U
mutlaqo o‘zgarmas holda bo‘ladi. Shu bois, uni fe’lning noaniq shakli (неопределённая форма
глагола) deb atashadi. O‘zbek tilida harakat nomi odatda nom sifatida nima? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi: Kattalarga gap qaytarish (nima?) mumkin emas. Sening yozuving (nimang?) chiroyli
ekan.
Rus tilidagi infinitiv esa vid (tur)iga ko‘ra что делать? что сделать? so‘roqlariga javob
bo‘ladi, ya’ni unda otlik emas, fe’llik xususiyatlari anglashilib turadi.
Avvalgi bo‘limda aytib o‘tganimizdek, rus tilida fe’llar ikki asos (negiz) dan iborat
bo‘ladi: 1) infinitiv negizi; 2) hozirgi yoki sodda kelasi zamon negizi. Infinitivning negizini
aniqlash uchun fe’ldan –ть, -ти, -чь suffikslarini ajratish kerak. Masalan, жить so‘zining
infinitiv asosi жи-, hozirgi zamon asosi esa жив- bo‘ladi: живу, живёшь, живёт, живём,
живёте, живут.
Rus tilida fe‘lning infinitiv shakli quyidagi hollarda ishlatiladi:
1. Tuslangan holatdagi быть yordamchi fe‘li bilan nesovershenniy vid infinitiv
shaklidagi yetakchi fe’l birga qo‘llanib, fe‘lning kelasi zamon murakkab shaklini hosil qiladi.
Bunday fe’llarning ma’nosi o‘zbek tilida, asosan, fe’lning hozirgi-kelasi zamon shakli bilan
beriladi: Я буду защищать Родину — Men Vatanimni himoya qilaman; Я буду изучать
творчество Абу Насра Фараби. – Men Abu Nasr Forobiy asarlarini o‘rganaman.
2. Qo’shma fe’llar tarkibida kelib, harakatning boshlanishi, davom etishi yoki tugashini,
harakatning bo‘lish-bo‘lmasligi, shuningdek, shaxsning istagini va boshqa tushunchalarni
ifodalab keladi. Bularning ma’nosi o‘zbek tilida turli grammatik vositalar orqali beriladi: В
нашем городе начали строить новые современные здания. – Shahrimizda yangi zamonaviy
binolarni qura boshlashdi; Студенты решили поехать в Шахрисабз. – Talabalar
Shahrisabzga borishga qaror qildilar. Я хочу стать преподавателем. – Men o‘qituvchi
bo‘lishni xohlayman.
3. Rus tilida fe’lning infinitiv shakli нужен (нужно), должен (должно), необходимо,
можно, нельзя kabi so‘zlar bilan birikib, shaxssiz gaplarning kesimi bo‘lib keladi. Bunday
gaplar mazmuni o‘zbek tilida asosan ikki bosh bo‘lakli gap orqali beriladi: В транспорте
курить нельзя.— Transportda chekish mumkin emas; Ребёнку необходимо спать.— Bola
uxlashi lozim; Детям нужно заниматься спортом. – Bolalar sport bilan shug‘ullanishlari
zarur; Студенты должны знать историю нашей страны. – Talabalar mamlakatimiz
tarixini bilishlari kerak.
4. Rus tilida fe‘lning infinitiv shakli keskin buyruq topshiriq, qat’iy qaror ma’nolarini
ham ifodalaydi. O‘zbek tilida bunday ma’nolar buyruq maylidagi fe’lning II shaxs shakli yoki
majhul nisbatdagi fe’lning III shaxs shakli bilan ifodalanadi: Не курить! (Chekmang!),
Встать! (Turing!), Не разговаривать! (Gaplashilmasin!) kabi. Ba’zan bir gapning o‘zida
bunday so‘zlardan bir nechtasi ishlatilishi ham mumkin. Bunda gap tarkibida vergul yoki boshqa
tinish belgilari qo‘yiladi va ular juda muhim rol o‘ynaydi. Chunki birgina vergulning joyi
o‘zgarishi bilan gapning mazmunu ham o‘zgarib ketadi. Masalan: Казнить, нельзя
помиловать! (Qatl etilsin, shafqat qilish mumkin emas!); Казнить нельзя, помиловать! (Qatl
etish mumkin emas, muruvvat ko‘rsatilsin!)
Do'stlaringiz bilan baham: