331
simon qizdiruvchi quvur I bо‘linmaga nisbatan kam joylashtiriladi. Radiasiya kamerasi
va konveksiya gorizontal tekislikda joylashtirilgan.
38.5-rasm. UDO-2M-qurilmasining texnologik bloki
:
I, II, III –bо‘linmalar; IV – oshib oqib о‘tuvchi kamera;
1 – sig‘im; 2 –I
bо‘linmaning
qoplamasi; 3, 13 – qizdiruvchi
quvurlar; 4 –I bо‘linmaning gaz ajratgichi;
5, 18 – shtuserlar; 6 – qо‘yiruvchi quvurlar; 7 – taqsimlagich; 8 – koalessiruyushaya
о‘rilma; 9 – gidravlik zatvor; 10 –III bо‘linmaning gaz ajratgichi; 11 –mо‘ri quvuri; 12
–II bо‘linmaning qoplamasi; 14, 15, 16 – tо‘siqlar; 17 –yoriqlar (teshiklar); 18 –
turboreaktiv qozon.
III tindirish bо‘linmasining pastki qismiga perforasiya qilingan oltita (7) quvurlar
о‘rnatilgan. Bu quvurlar emulsiya bir tekis taqsimlanishi uchun matochnik rolini
bajaradi. Matochnikning yuqori qismiga koalesasiyalash о‘rilmasi joylashtirilgan.
II va III bо‘linmalarning oralig‘iga IV oqib о‘tish kamerasi tо‘siq (14) bilan
joylashtirilgan,
yuqori qismidan qirqilgan, III bо‘linmada gidravlik zatvor о‘rnatilgan
va u shtusergacha (5) suyuqlik kо‘tarilishi uchun I va III bо‘linmalar oralig‘idagi
bosimlar farqini ta’minlaydi va suvsizlantirilgan neft texnologik sig‘imdan chiqadi.
Suvning sathi I va II bо‘linmalarda о‘zi oqib о‘tadigan qurilmalar yordamida
qizdiruvchi quvurdan yuqori ushlab turiladi va shu bо‘linmalarning tо‘siqlariga montaj
qilingan, tindirish bо‘linmasida esa –sathni rostlagich yordamida ushlab turiladi.
Texnologik sig‘imning III bо‘linmasining ustida katta bо‘lmagan ajratgich (10) –
tomchi о‘rilmali tik silindrik idish о‘rnatilgan va u apparatdan tomchili suyuqliklarni
olib chiqishiga tо‘sqinlik qiladi. Texnologik sig‘im maxsus
metall chanaga montaj
qilingan.
Nazorat-о‘lchov
asma`ruzalarga, saqlovchi klapanlarga, tо‘suvchi
armaturalarga xizmat qilish qulay bо‘lishi uchun sig‘imning yuqori qismiga narvonli
maydoncha montaj qilinadi. Sig‘imning yuqori qismida
ikkita saqlovchi klapanlar
montaj qilingan.
UDO-2M qurilmasida neftni suvsizlantirish jarayoni quyidagi shaklda olib
boriladi: Neftli emulsiya oqimni ajratgich-bо‘lgichdan keyin yoki erkin suvlar oraliqli
ajratgichdan tashlangandan keyin texnologik sig‘imning I- bо‘linmasining
yuqori
qismidan kirib keladi va halqali fazo orqali pastki qismiga oqib о‘tadi. Shu yerdan neft
337
332
emulsiyasi qirqilgan (17) oraliq orqali qoplamaning (2) ichiga kirib keladi, u yerda
ikkita qizdiruvchi quvurlarning yordamida qizdiriladigan
qaynoq suvli qatlam orqali
о‘tadi. Qisman parchalangan emulsiya yuqoriga qoplamaning (2) tagidan kо‘tariladi va
qо‘yiruvchi quvurlar orqali (6) II bо‘linmaga oqib о‘tadi va u yerdan sig‘imning ichki
devori va qoplama oralig‘idagi halqali fazo orqali tushiriladi. Neft emulsiyasi yoriqlar
(17) orqali qoplamaning ichiga (12) kirib keladi va issiq suv qatlamidan о‘tadi va uning
harorati I- bо‘linmadagi haroratdan 15 – 20
0
S yuqori bо‘ladi.
II bо‘linmadagi suv va neft emulsiyasi bir qizdiruvchi quvur orqali qizdiriladi.
Emulsiyadan suvning bir qismi ajratiladi va oshib-oqib о‘tuvchi qurilma orqali IV oqib
о‘tuvchi kameraga tashlanadi. Qolgan emulsiya ham tо‘siqning yuqori qismidagi deraza
(14) orqali IV kameraga tо‘planadi, pastga tushadi va taqsimlovchi
quvurlar orqali III
tindirgichga beriladi va u yerda uchinchi marta issiq suv qatlamidan о‘tadi. Bu yerda
neft mutloq suvdan tozalanadi va shtuser (5) orqali bо‘linmaning yuqori qismidan eng
oxirgi ajratgichga yо‘naltiriladi, qoldiq suv esa III bо‘linmaning
pastki qismidagi
shtuser (18) va fazolar oralig‘idagi sath rostlagichi orqali drenaj chizig‘iga tashlanadi.
Emulsiyaning qizdirilishi va bosimni pasayishi natijasida apparatda ajralgan gaz
I bо‘linmaning yuqori qismidan ajratgich (4) orqali II bо‘linmaga yо‘naltiriladi va bu
yerda ajratilgan gaz bilan birgalikda III bо‘linmada о‘rnatilgan gidravlik zatvordan (9)
о‘tkaziladi. III bо‘linmaning yuqori qismidagi hamma gazajratgich (10) orqali о‘tadi va
keyin bosim rostlagichi orqali gazni yig‘ish tarmog‘iga yoki yoqish о‘choqlariga
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: