333
buzilganda gazni qozonga kirib kelishi PKV saqlovchi klapanlari yordamida
tо‘xtatiladi.
Avtomatlashtirishning umumiy sxemasida bosim
yoki harorat belgilangan
qiymatdan oshib ketganda avtomatik avariya signalizasiyasi ishga qо‘shiladi.
Texnologik sig‘imning normal ishini ta’minlashning muhim shartlaridan biri
hamma bо‘linmalarning fazosi oralig‘idagi sath ushlab turiladi.
I va II bо‘linmalarning oralig‘idagi suvning sathi oshib-oqib о‘tuvchi
rostlagichlar yordamida boshqariladi, III bо‘linmada esa-fazo oralig‘i rostlagichi
yordamida amalga oshiriladi. Ajralgan va tindirilgan suv bir rostlagich orqali drenaj
chizig‘iga
tashlanadi, uning ishini ishonchliligi hamma qurilmada normal texnologik
rejimni saqlashga bо‘g‘liq bо‘ladi.
UDO-3 qizdirgich-deemulgator UDO-2M dan texnologik sig‘imning hajmini
(200 m
3
) kattaligi bilan farq qiladi. Shunga muvofiq u katta isiqlik quvvati va ish
unumdorligiga ega.
UDO-3 qurilmasi texnologik sxemasi va NО‘Alarining vositalari hamda
avtomatik jihozlanishi bilan UDO-2M (9.6-rasm) qurilmasidan kam farq qiladi.
Texnologik sig‘im qurilmasi ikkita bо‘linmaga ajratilgan. I bо‘linma UDO-2M
qurilmasining bо‘linmalaridan kam farq qiladi (qizdiruvchi quvurning о‘lchamlari va
hajmini hisobga olmaganda). Qurilmada GGTR-S-200 turidagi gaz bо‘yicha ish
unumdorligi 200m
3
/soat bо‘lgan turboreaktiv о‘choq (11) qо‘llaniladi. II bо‘linma
tindirgich vazifasini amalga oshiradi. Uning pastki
qismiga ikkita taqsimlovchi
kollektor (9), yuqori qismida esa –suvsizlantirilgan neftni yig‘ish va olib ketish uchun
kollektor (8) montaj qilingan. I va II bо‘linmalar oralig‘idagi bosim farqi gidravlik
zatvor (6) yordamida ushlab turiladi.
UDO-3 qizdirgich-deyemulsatorda neft emulsiyasi I bо‘linmadagi issiq suv
qatlamidan о‘tgandan keyin taqsimlovchi kollektorga (9) tо‘planadi. Bu yerda suv
qisman ajratiladi va sig‘imning pastki qismiga yо‘naltiriladi.
Neftli emulsiyaning
qolgan qismi kollektorning yuqoridagi teshigi orqali burchak ostidagi taqsimlagichga
(10) kirib keladi. Neft emulsiyasi burchakli taqsimlagichning teshigi orqali chiqqandan
keyin suv qatlamidan о‘tadi, yuviladi va tindiriladi. Suvsizlantirilgan neft bо‘linmaning
yuqori qismidan yig‘uvchi qutiga tо‘planadi va ikkita yuksizlantirish klapani orqali
qurilmadan chiqariladi.
I bо‘linmada ajralgan gaz gazni yig‘gichda (5) tо‘planadi, gidravlik zatvorda (6)
suyuqlik ustuni orqali о‘tib, II bо‘linmada tо‘planada va u yerdan bosim rostlagich
orqali olib ketiladi. Ajralib chiqqan suv II bо‘linmadan RUM-18 fazalar oralig‘idagi
rostlagich yordamida tashlanadi. Texnologik sig‘imda bosimni va haroratni rostlash
uchun NО‘A va avtomatik vositalari о‘rnatilgan hamda UDO-2M qizdirigich-
deemulgatorda ham.
Qurilmadan foydalanish NО‘A va avtomatika vositalarni texnologik jarayonlarini
holatini kuzatish orqali olib boriladi. Qurilmani ishlatish vaqtida texnologik sig‘imdagi
normal
ishchi bosim, belgilangan chegarada neft emulsiyasini qizishini nazorat qilish,
tovar neftdagi va qurilmadan chiqadigan suvning tarkibi, bо‘linmalardagi normal sath
ushlab turiladi. Qozonni ishlatish vaqtida qozon korpusining qizishi nazorat qilinadi,
podshipnik tugunlari moylanadi va gazni tо‘liq yonganligi nazorat qilinadi.
334
Xulosa
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasini samarali ishlatishning
umumlashtirilgan
texnologik jarayonlari, Kо‘kdumaloq konida ishlab chiqarish obyektining tavsifi, neftni
kompleks tayyorlash qurilmasida (NKTQ) suvsizlantirish, tuzsizlantirish va
barqarorlashtirish jarayonini amalga oshirilishi, NKTQsida neft emulsiyalarini
suvsizlantirish jarayonlari, barqaror termik kimyoviy qurilmalarda amalga oshiriladigan
jarayonlar,
yuqori
samarali
avtomatlashtirish
muammolari-texnikalarni
takomillashtirishning
umumiy tarkibiy qismi, neft va yо‘ldosh gazni qazib olishni
texnologiyasi va ishlarni tashkillashtirish orqali muammolarni birgalikda hal qilish
tо‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: