Savol va topshiriqlar:
1. Ifodali o‘qishda so‘z urg‘usining qanday ahamiyati bor?
2. Sintagma urg‘usining o‘ziga xos xususiyatini izohlang.
3. Matndagi mantiqiy urg‘u olgan so‘z qanday aniqlanadi?
4. Emfatik urg‘u deganda nimani tushunasiz?
5. Logik urg‘u bilan emfatik urg‘uning qanday farqi bor?
6. Odatda, matnning qaysi o‘rinlarida pauza bo‘lishi lozim?
7. Og‘zaki nutqda grammatik pauzaning qanday ahamiyati bor?
8. Tinish belgilaridagi pauzaning bir-biridan farqi bormi?
9. Mantiqiy pauza deganda nimani tushunasiz?
10. Psixologik pauzaning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Adabiyotlar
1. H.Jamolxonov. O‘zbek tilining nazariy fonetikasi. -Toshkent: Fan, 2009.
2. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunov. Ifodali o‘qish asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
3. Nizomiddin Mahmudov. O‘qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent: AlisherNavoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007
6- Mavzu: Intonatsiya, temp va ritm - ifodali o‘qishning asosiy vositalari sifatida
Reja:
1. Intonatsiya va intonatsion vositalar.
2. Ritm. She’riyatda ritm turlari.
3. Temp. Nutq tempini belgilovchi vositalar.
Qadimgi dunyoning mashhur so‘z ustasi Mark Tulliy Sitseron nutq jarayonida ohang eng muhim va eng ta’sirchan vosita ekanligini ta’kidlab bunday deydi: “Shunday nutq ohangi tanlanishi zarurki, u tinglovchilarning e’tiborlarini o‘ziga jalb etib tursin va u nafaqat huzurbaxsh, balki jonga tegmaydigan, ko‘ngil qolmaydigan huzurbaxsh bo’lsin”
Shu ma’noda intonatsiya ifodaviylikning asosiy vositasi bo‘lib, inson hissiyotlari holatining rang-barang tovlanishlarini aks ettirishga xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg‘ular, nozik kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin.
Nutq jarayonidagi fikr-tuyg‘ular, maqsad va intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishlari orqali yetib boradi. Muayyan istak, niyat, intilish, harakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlari (ovoz o‘zgarishi) intonatsiya deyiladi.
Badiiy asar matnida intonatsiya turli tinish belgilari, she’riy asarlarda misralarning joylashishiga qarab belgilanadi, shuningdek, u asar mazmuni, muallif maqsadi, fikr-tuyg‘usi va kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Asar g‘oyasini tushunishda intonatsiyaning o‘rni, ayniqsa, dramatik asarlarda o‘ziga xoslik kasb etadi. Badiiy asarlarda intonatsiyaning savol, xitob, darak, kinoya, g‘azab, ta’kid kabi turli his-tuyg‘ularni ifodalaydigan ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Yozuvchi va shoirlar ko‘pincha nutqning emotsional ta’sirchanligini yanada oshirish uchun xitob, undov va so‘roq mazmunini ifodalaydigan intonatsion-sintaktik gap qurilishlaridan foydalanadilar. Shuning uchun bunday nutq emotsional-ritorik intonatsiyali nutq hisoblanadi. Agar jonli
nutqda qo‘yilgan so‘roqlarga notiqning o‘zi javob bersa, badiiy nutqda emotsional-ritorik so‘roqlarga hech kim javob bermaydi. Shoir ritorik so‘roq va ritorik undovdan hayajonli intonatsiya yaratish uchun foydalanadi. Bu turdagi asarlami ifodali o ‘qish ijrochidan puxta tayyorgarlik va aktyo‘rlik mahoratini ham talab qiladi. Masalan, quyida keltirilgan doston parchasi emotsional-ritorik intonatsiyali nutqning yorqin namunasidir:
Nazrul
Johil olomonga
Qaradiyu oh chekib,
O‘zni otdi tik maydonga
Yoqasini chok etib.
Faryod qildi:
“Ne vahshat bu?!
Bas, xaloyiq!
Qotillikni to‘xtat, hindu,
G‘azotni qo‘y, musulmon!
Hind, musulmon -
Birodarmiz,
Farzand Odam Atoga!
Haq oldida
barobarmiz,
Ayting,
Ne bor nizoga?!
Xunrezlik qil demagan-ku,
na Vedayu,
na Qur’on!
Tig‘ uradi
nega hindu,
Bosh kesadi
musulmon?
(Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni”)
Parchadagi Qotillikni to'xtat, hindu! Haq oldida barobarmiz, Ayting ne bor nizoga?! Tig‘ uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? kabi undov va so‘roq gaplar hayajonli intonatsiyani yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham ushbu misralarni ifodali o‘qiyotganda bo‘layotgan xunrezliklarga kuchli taassuf, afsus va nadomat ohanglari sezilib turishi lozim.
Badiiy asarda syujet voqealari, personajlaming ruhiy holatlari o‘zgarib, goh osoyishta, goh jo ‘shqin bo‘lib turgani uchun, badiiy tilda bayon ohangi ifoda etilmoqchi bo‘lgan mazmunga qarab turlanib turadi. Bayon ohangining o‘zgarib turishini ta’kidlaydigan bunday vositalarga inversiya, takror, anafora, parallelizm, ritorik murojaat, ritorik xitob kabi stilistik usullar kiradi.
Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri inversiyadir. Inversiya lotincha so‘z bo‘lib, joyni almashtirish degan m a’noni bildiradi. Inversiya - nutq bo’laklarining grammatik normadan tashqari holatda qo‘llanishiga asoslangan stilistik usullardan biri hisoblanadi. 0 ‘zbek tili stilistikasi qoidalariga binoan, ega sostavi jumlaning boshida, kesim sostavi esa, oxirida kelishi lozim.
Ammo ba’zi hollarda m uallif ma’lum so‘zlarni ta’kidlash va ularning ta’sirchanligini oshirish niyatida nutqda so‘zlarning grammatik qoidaga muvofiq bo‘lgan o‘rnini ataylab almashtirib qo‘llaydi. Shu m a’noda, ta’kidlanmoqchi bo‘lgan fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish va asar ta’sirchanligini oshirishda inversiyaning ahamiyati kattadir. Masalan:
Seni deb etaging tutdim men endi,
Boshqaning bahridan o‘tdim men endi,
Sen na yo’lda bo‘lsang, ketdim men endi,
Sening bilan vatan etdim men endi.
(“Ravshan” dostonidan)
Keltirilgan misralarning odatdagi tartibi quyidagicha bo’lishi lozim edi:
Men endi seni deb etaging(ni) tutdim.
Men endi boshqaning bahridan o‘tdim.
Men endi sen na (qaysi) yo‘lda bo’lsang, (o‘sha yo‘ldan) ketdim.
Men endi sen bilan bir vatan etdim.
She’riyatdagi bu usul tasodifiy bo‘lmasdan, balki shoiming asar g‘oyasini yorqin aks ettirish niyati bilan, shuningdek, qofiya, radif, turoq, vazn talabi bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Takror san’ati ham intonatsiyani yuzaga keltiruvchi badiiy vositalardan biridir. Badiiy asarda bir so‘z yoki bir necha so‘z, ba’zan esa, butun bir satr takrorlanadi. Bu usul ma’lum bir fikr va tuyg‘uni yorqin ifodalash bilan birga, ta’simi kuchaytirish va intonatsiyani bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Masalan:
Senda, senda, sendadir yurak,
Ammo dilni tark etmas havas.
Botimi, ayt, qanaqa ko‘mak
Yovlaringdan aylaydi xalos?
(Usmon Azim)
Suvsiz choMda mard Hasan
Yakka ketib boradi;
Suvsiz choMda mard Hasan
Obro‘ ber deb keladi.
(“Ravshan” dostonidan)
Asablar,
Asablar,
Asablar...
Sababsiz sochilgan g‘azablar.
Gunohsiz chekilgan azoblar.
Ko‘z yoshlar...
Bariga sabablar
Asablar, asablar, asablar.
(Erkin Vohidov)
Demak, ifodali о‘qish jarayonida asar tarkibidagi bunday mantiqiy urg‘u olgan takroriy so‘zlarga alohida e’tibor va ulami o‘ziga xos intonatsiya bilan talaffuz qilish lozim bo‘ladi.
Ritorik murojaat nido, xitob shaklidagi stilistik usullardan biri bo‘lib, shoiming poetik nutqda tantanavorlik, ko‘tarinkilik, g ‘azabkorlik, kesatish ohanglarini ifodalashga xizmat qiladi. Fikrimizning dalili sifatida Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonidan bir parcha o‘qib ko‘raylik.
Jangni qo‘ying,
odamlar!
Sizning asli yovingiz kim?!
Bilib qo‘ying,
odamlar!
Ular
uzoq yurtdan kelib,
Yerga bukib shonimiz,
Bizni bizga
dushman qilib,
So‘rmoqdadir
qonimiz.
Bosqinchining
Qadimdanoq
Falsafasi ayondir,
El ichida
bo‘Isa nifoq,
Demak,
zolim omondir.
(Erkin Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |