Mashq. She’mi o‘qib, pauzali o‘rinlarni belgilang va ifodali o‘qishni mashq qiling.
Qodir Egam bandalariga
Etmoq bo‘ldi g‘ussani tasvir:
Kechdi yozning xandalaridan -
Kuzni bu tong ayladi asir.
G‘ira-shira tong quchog‘ida
Hayron boqqa haydadi kuzni.
Jim sozida, mungli sozida
Bir ayriliq dunyosin tuzdi.
O, ayriliq! Bepoyon hijron!
O‘zing menda saltanat o‘rnat! -
Yuragimdan, qara, bepaymon
G‘amlar borar ruhimga o‘rlab,
Tugab barcha savolu so‘roq,
Charx tangriga some bu chog‘da:
Panjarasiz qoldi yurak, bog‘ -
Taqdir kirdi yuragu boqqa.
(Usmon Azim)
Tire belgisi qo‘yilgan o'rinlarda pauza. Gap tarkibida tire quyidagi hollarda qo‘llanadi:
a) Ega kesim bilan bog‘lamasiz birikkanda;
b) Zidlik, shart, o‘xshashlik mazmuni ifodalangan bog’lovchisiz qo‘shma gaplarda;
v) Kirish gaplar, ajratilgan bo’laklar o‘rtasida;
g) Uyushiq bo’lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin;
d) Ko‘chirma gap bilan muallif gapi orasida.
Masalan:
Zamin bilan osmon - senu menman,
Sahar bilan oqshom - senu menman.
Yeru osmon aro bir ishq bordir -
Ishqdan bunyod hijron - senu menman.
(Usmon Azim).
Vatan - ona,
Vatan - jannat.
Vatan - iqbol chirog‘i.
Vatan jahon yuragidir.
Vatan - hayot bulog‘i.
(Amin Umariy)
Qavs ichida berilgan gaplarda pauza. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘zlar, kirish gaplar qavsga olinadi va ifodali o‘qish jarayonida qavsga olingan bo‘lak alohida pauza bilan ajratib aytiladi. Masalan: Mirzakarimboy boshqalarga maqtansa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rardi), ba’zi vaqt ichida faxrlanardi. (Oybek)
Qo‘shtirnoq belgisi qo‘yilgan gaplarda pauza. Qo‘shtimoq belgisi ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘yiladi. Ba’zi hollarda ayrim so‘z va so‘z birikmalari ham qo‘shtimoqqa olinadi. Qo‘shtimoqqa olingan so‘z va birikmalar ko‘chma ma’noda, yoki kinoya ma’nosida bo‘ladi. Bunday so‘z, birikma yoki gaplar alohida pauza bilan o‘qiladi.
Masalan, quyidagi she’mi og‘zaki ijroda mashq qilib ko‘raylik.
Ovuldan-chi, darak yo‘q,
Oppoq edi qir-qiya,
“Adashib ketdikmikin,
Kuppa-kunduz kuni-ya?
Gap bosdimi, yo g‘aflat
Tavba, bu qandoq o‘yin?”
Qor tindi-yu, chollaming
Ichiga kirdi quyun.
(Abdulla Oripov)
Mantiqiy pauza. Badiiy nutqda mantiqiy va ta’sirchan mazmun asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun nutqda emotsional ifoda vositasi sifatida mantiqiy pauza katta rol o‘ynaydi. So‘z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to‘la ifodalashga xizmat qiluvchi pauzaga mantiqiy pauza deyiladi. Mantiqiy pauza nutqning mantiqiy tomoni bilan bog‘liq bo‘lib, u faqat mantiq
qonunlariga bo‘ysunadi, zarur bo‘lganda sintaktik talablarni ham chetlab o‘tadi. Masalan:
Otam / eski kitoblarni ham, / zamonaviy adabiyot va gazetalarni ham muntazam o‘qib borar, / o‘ta haqparast, / nohaqlikni ko‘rsa yonib ketar edilar.
Ba’zi hollarda mantiqiy pauza gapning mazmunini o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Masalan:
1. Alisher / akang ishdan keldimi?
2. Alisher akang / ishdan keldimi?
Har lahza / zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri / lahzalarda hal.
Umrdan o‘tajak har lahza uchun,
Qudratli qo‘l bilan / qo‘yaylik haykal.
(G‘afur G‘ulom)
Do'stlaringiz bilan baham: |