II. Emfatik urg‘u (emotsional urg‘u). “Urg‘uning bu turi ham biror gap bo‘lagini alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg‘uda bo‘lakning (so‘zning) ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg‘uda shu m a’no bilan birga so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo‘lgan sub’ektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg‘u gapdagi so‘zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi”.
Masalan: Eh, qanday g o ‘zal tog‘lardagi qip-qizillola, Ushbu gapda qanday go'zal birikmasiga emfatik urg‘u tushgan:
Mashq. Quyidagi matndan emfatik urg‘u olgan so‘zlarni aniqlang. Matn mazmunini yaxshi tushunib olganingizdan keyin, ifodali o‘qishni mashq qiling.
Xurshida bonuning xayollari quyunday to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi. - Dadajon! - dedi u yuragidagi dahshatli shubha bilan olishib. - U bechora... bechora mavlononing ahvoli og‘irmu? Mavlono Muhiddin qiziga qaramay bosh irg‘adi.
- O g ‘ir, qizim, og‘ir...
- Nechuk u bechorani qiynaydilar? Nechuk zindondan chiqarmaydilar, dadajon?
Mavlono Muhiddinning chehrasidagi qizillik ohista so‘nib, yuzi yana oqara boshladi, so‘rrayib qolgan uzun bumining kataklari kerildi.
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)
Mashq. She’rni o‘qib, emfatik urg‘u olgan bo‘laklami aniqlang.
Ifodali o‘qishni mashq qiling.
Ayting, nima qilay,
Qanday yashayin?
Nima qilib qo‘ydim o‘zimni?
Ko‘chalarda itdek sang‘idim.
G‘ingshidim o‘tgan-ketganga,
Bog‘lab oling itingizni.
Ko‘zimga bir yulduz yiqildi,
Eridi, aylandi bir toshga.
Teshib o‘tdi kaftimni.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eh, qandayin kun edi, bilmam,
Toshoynaga urilib sindi
Uchib-uchib yurgan musicha.
Sahrolaming podshosi qani?
Qani vishillagan yovuz ilonlar?
Nahotki, bir o‘zim qoldim sahroda.
(R.Parfi)
PAUZA
Pauza (pausis) yunoncha so‘z bo‘lib, to‘xtash, tinish degan ma’noni bildiradi. Demak, nutq davomidagi to‘xtamlar pauza deyiladi. Pauza ifodali o‘qishda eng muhim vosita bo‘lib, u nutqning yorqin va ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. Zero, to‘xtovsiz, nafas olmay uzluksiz qilinadigan nutq qo‘pol va nazokatsiz bo‘lib tuyuladi, chunki insonning eshitish qobiliyatida me’yor tuyg‘usi mavjuddir.
Har bir narsa yoki hodisada me’yor bo‘lganidek, nutqning ham o‘z me’yori va maromi mavjud. Nutq jarayonida so‘zlaming ketma-ket oqimi davomida ma’lum bir bo‘laklardan keyin to‘xtab tin olish, nutqning bir me’yorda bo‘lishiga, ravon va yoqimli kechishiga xizmat qiladi. Pauza she’riy asarlarda misralar orasidagi turoqlaming oxiriga tushadi, ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini bo‘rttiradi, ularning ma’no va ahamiyatini ta’kidlaydi, she’riy nutqqa his-hayajon bag‘ishlaydi.
Pauza asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hodisadir. Ayniqsa, she’rdagi bayt yoki bandlar she’riyatning tugallangan bir bo‘lagi sifatida doimo pauza bilan bir-biridan ajraladi.
Nutqdagi o‘rni va bajaradigan vazifasiga ko‘ra, pauza bir necha turlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |