O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 176,39 Kb.
bet13/43
Sana22.07.2022
Hajmi176,39 Kb.
#837546
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
MAJMUA (Ifodali oqish)

Tayanch tushunchalar:
Nafas - ifodali o‘qishning muhim vositasi. Ovozni shakllantirish, ovoz turlari.
Modulyatsiya - so‘zlash jarayonida ovozning balandlab va pasayib turishi.
Artikulyatsiya - nutq organlarining ma’lum tovushni hosil qilish paytidagi harakati va holati.
Savol va topshiriqlar:
1. Nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olishning ahamiyatini tushuntiring.
2. Nafas olishning qanday turlari mavjud?
3. Nafas olish faoliyatini yaxshilash uchun tavsiya qilingan mashqlar turini ayting.
4. Ovozni shakllantirish deganda nimani tushunasiz?
5. Ovoz qaytarg‘ichlari nimalardan iborat?
6. Modulyatsiya hodisasi nima, uning ifodali o‘qishda qanday ahamiyati bor?
7. Mark Tulliy Sitseron ovoz tovlanishlari va uning nutqdagi ahamiyati haqida qanday fikr bildirgan?
5-mavzu: Ifodali o‘qish vositalari
Reja:
1. Urg‘u va urg‘u turlari.
2. Pauza. Pauza turlari.
3. Ifodali o‘qishda pauzaning ahamiyati.
So‘z bo‘g‘inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim bo‘laklarning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan alohida ta’kidlab aytilishi urg‘u deyiladi. Urg‘u so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish va ma’noni to‘g‘ri anglashda muhim o‘rin tutadi.
Ko‘pgina lingvistik adabiyotlarda urg‘u, asosan, ikki tipga ajratib ko‘rsatiladi: So‘z urg‘usi va mantiqiy urg‘u. Professor Hasanboy Jamolxonov “O‘zbek tilining nazariy fonetikasi” kitobida urg‘u haqidagi fikr-qarashlarga yanada aniqlik kiritib urg‘uni quyidagicha uch tipga ajratadi:
l) So‘z urg‘usi; 2) Sintagma urg‘usi; 3) Ayiruv (ta’kidlov) urg‘usi!.
I. So‘z urg‘usi tushgan bo‘g‘indagi unli shu so‘zning boshqa bo‘g ‘inlaridagi unli tovushlarga qaraganda kuchliroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g ‘iniga tushadi. Masalan: yaproq, o'qituvchi, quyosh, bola. So‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan urg‘u ham so‘z oxiriga qarab ko‘chadi: Masalan: bola, bolalar, bolalarga, gulzor, gulzorlar,
gulzorlarning. Kamdan-kam uchrasa-da, o‘zbek tilida leksik urg‘u oxirgi bo‘g ‘inga
tushmaydigan so‘zlar ham mavjud:
1. Olmosh turkumiga kiruvchi ba’zi so‘zlarda: hamma, barcha, jami, kimdir: Ushbu so‘zlarda qo‘shimcha qo‘shilganda ham urg‘uning o‘rni o‘zgarmaydi: hammasi, hammaga, hammadan, barchasi, barchadan, barchaning va hokazo.
2. Ravish turkumidagi ayrim so‘zlarda: doim, hamisha, aslo, yangi (hozir ma’nosida), mardlarcha.
3. Modal so‘zlarda: zero, afsuski, albatta.
4. O‘zbek tiliga chetdan kirgan o‘zlashma so‘zlarda: respublika, ruchka, radio, redaktor, kompyuter.
Ushbu so‘zlardagi urg‘u tushgan unli tovushlar biroz cho‘ziq va aniq talaffuz qilinadi.
Matnni ifodali o‘qishda so‘z urg‘usining ahamiyati katta. Birinchidan, so‘z urg‘usi to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini belgilashda yordam beradi. Ikkinchidan, leksik urg‘u so‘z m a’nolarini farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: Olma (ot) inson salomatligi uchun nihoyatda foydali bo‘Igan mevadir. Sen hech qachon birovning narsasini ruxsatsiz olma (harakat). Ushbu jumlalardagi shakldosh bo‘lgan olma so‘zida urg‘u turli o‘rinlarda tushadi va turlicha talaffuz qilinadi. Bunday holatni atlas (mato), atlas (geografik atlas), qishloqcha (ot), qishloqcha (ravish) kabi so‘zlarda ham kuzatish mumkin. Ba’zan xalq qo‘shiqlarida, xalq dostonlarida, mumtoz adabiyot namunalarida ham shakldosh so‘zlar uchraydi. Bunday hollarda matnni ifodali o‘qishga kirishishdan oldin shu so‘zlaming ma’nosini tushunish va urg‘u tushgan bo‘g‘inni aniqlash lozim bo‘ladi.

Download 176,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish