Ovoz va nafasni chiniqtiruvchi mashqlar
Ovoz va nafasni chiniqtirish uchun m, n, ng, l, r sonor tovushlariga unlilarni qo‘shib talaffuz qilish mashqlari ham yaxshi natija beradi.
Shuningdek, tez aytish mashqlari ham ba’zi tovushlami to‘g‘ri talaffuz etish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Mashq. Berilgan harf birikmalarini to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qing. Har bir qatorni bir nafasda o‘qishga harakat qiling:
mi, me, mа, mo, mo’, mu, mi ;
ni, ne, na, no, no’, nu, ni;
li, le, la, lo, lo‘, lu, li;
ri, re, ra, ro, ro’, ru, ri.
Mashq. Tez aytishni mashq qiling.
Durdonaning marjoni bir dona, u ming dona danak mag‘zidagin tuzilgan.
Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uzun quloq.
Tilim-tilim tilla qovunning to 'rt tilimi tilimni tildi.
Husayn Voiz Koshifiy inson hayotida ovozning muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Hatto ovozining baland yoki pastligi, yo‘g‘on yoki ingichkaligiga qarab o‘sha insonning xarakter xususiyatini ham aniqlash mumkinligi haqida shunday ma’lumot beradi: “Ovozning baland yoki yo‘g‘onligi shijoat nishonasidur, mo‘tadil ovoz tadbiru har ishga yaxshi saranjom bermakning nishonidur”1. Xullas, inson ovozining sifati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uni chiniqtirib va tarbiyalab borishi, ovoz imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishi lozim. Ayniqsa, so‘z ijrochiligi bilan shug‘ullanuvchi kishilaming ovozi yoqimli, baland va jarangdor, talaffuzi aniq va ravshan, so‘zlari ma’nodor va ifodali bo‘lishi juda muhimdir.
Talaffuz. Nutq texnikasida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish alohida ahamiyat
kasb etadi. So‘zlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish uchun o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur bilish, ayniqsa, fonetika va fonologiyaga oid bilimlardan xabardor bo‘lish, adabiy til doirasida yagona talaffuz normalarini belgilovchi orfoepik qoidalarga amal qilish talab etiladi. Agar kimda-kim ushbu qoidalarni yaxshi bilmas ekan, to‘g‘ri talaffuz, nazokatli nutq haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Mark Tulliy Sitseron notiqlik san'atida talaffuzning beqiyos ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritar ekan, “Notiq” nomli asarida shunday deb yozadi: “...hatto so‘z ne’matidan benasib odamlar ham ifodali, yaxshi talaffuz tufayli suxandonlik mevasini terganlar, ko‘pgina suxanoro odamlar esa, yomon talaffuz tufayli no‘noq hisoblanganlar.
Shuning uchun ham, Demosfen birinchi, ikkinchi va hatto uchinchi ish ham talaffiizdir, degan. Va agar talaffuzsiz suxandonlik yo‘q ekan, talaffuz suxandonliksiz ham shunday kuchga ega ekan, u holda so‘zsiz (albatta) notiqlik san’atida uning ahamiyati ulkandir”2.
Ba’zi so‘zlar yoki so‘z tarkibidagi tovushlar, qo‘shimchalar o‘zbek so‘zlashuv nutqida, ayniqsa, shevalarda turlicha talaffuz qilinadi. Shevalar ta’siridan qutulish uchun o‘zbek adabiy tilini yaxshi o‘rganish bilan bir qatorda, badiiy asarlami ko‘proq o‘qish, ayniqsa, mumtoz asarlarni mutolaa qilish yaxshi natija beradi. Nutq jarayonida shevalar ta’siriga berilish ifodali o‘qishga putur yetkazadi, qo‘pol va to‘pori talaffuz bilan so‘zlarni pala-partish ifodalash esa, tinglovchining g‘ashiga tegadi.
“Yozma matndagi so‘zlarni harflarga ko‘ra aynan o‘qish ham adabiy talaffuz me’yorlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, o'qidingiz so‘z shaklini yozilganiday 9 ta emas, 8 ta tovush tarzida talaffuz qilish m e’yor, ya’ni “n+ g” ikki tovush emas, balki ng tarzidagi bir tovush. Shunga qaramay, aksariyat o‘qituvchilar ham Uy vazifasini bajardin-giz-mi? О‘rtog‘in-gizgchi yordam berdin-gizmi? О ‘rnin-gizdan turing! tarzida adabiy talaffuz me’yorlarini buzadilar. Yoki ba’zilar tonna, nota, tok, talon, tort, futbol, boks kabi o‘zlashma so‘zlardagi “o” harfini adabiy talaffuzga “o emas balki “o ” tovushi tarzida noto‘g‘ri talaffuz qiladilar”1.
Professor N.Mahmudov ta’kidlaganidek, hatto oliy ma’lumotli katta kishilar o‘rtasida ham so‘zlami noto‘g‘ri talaffuz qilish hodisasi uchrab turadi. Ayniqsa, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi "-ning” bilan tushum kelishigidagi “-ni” qo‘shimchalarini ajrata olmaslik yoki “h” va "x ” harflarining farqiga bormaslik holatlari so‘z ma’nolarining buzilishiga, jumlalar tuzilishdagi g‘alizliklarga olib keladi. Qisqa qilib aytganda, qaysi so‘zning qanday talaffuz etilishi so‘zlovchining savodxonlik darajasi, bilimdonlik saviyasi bilan bog‘liq. Chunki fikr ravshanligi ifoda ravshanligini ta’minlaydi.
Shartli ravishda talaffuzni ikki turga ajratish mumkin.
1. Kundalik hayotdagi oddiy so‘zlashuv talaffuzi.
2. Ifodali o‘qish san’ati bilan bog‘liq ijrochilik talaffuzi.
Ifodali o‘qish san’atidagi talaffuz kundalik hayotdagi oddiy so‘zlashuv talaffuzidan ohangdorligi, ta’sirchanligi ovoz tovlanishlari va adabiy til qoidalariga qat’iy rioya qilinishi bilan ajralib turadi. Ifodali o‘qishda ijrochi nutqidagi tovushlar beqaror, ovoz tez o‘zgaruvchan bo’ladi. Ijrochi ovozidagi ohangdorlik va so‘zlaniing chiroyli talaffuz qilinishi kishining ruhiy holatiga ta’sir qilib, yaxshi kayfiyat uyg‘otadi. Nafas olish, tovush hosil qilish va uning talaffuzi bir-biri bilan chambarchas bog’iq bo’lgan hodisalardir. Bularning har biri miyaning, oliy asab sistemasining faoliyati bilan boshqariladi. Ma’lum lug’aviy ma’no tashuvchi yoki grammatik vazifa bajaruvchi so‘z shaklini talaffuz qilish uchun berilgan belgi nafas olishni, nafasni o‘pkadan chiqarish orqali unli va undosh tovushlar birikmasini yuzaga keltiradi. Tovushlarning sifati, jarangdorligi nutq a’zolarining tuzilishi va talaffuz jarayonida qanday ishtirok etganligiga bog‘liq.
Nutq organlarining ma’lum bir tovushni hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulyatsiya deyiladi. Nutq tovushlarining aniq yoki noaniq talaffuzi artikulyatsiya apparatining faol yoki nofaolligiga ham bog‘liqdir. Ifodali o‘qishni o‘rganish uchun, awalo, nutq tovushlaridagi nuqsonlami bartaraf etish lozim. Shundagina talaffuzda aniq va yorqinlikka erishish mumkin. Buning uchun quyida ko‘rsatilganidek, xilma-xil diktsion mashqlar qilish ham yaxshi natija beradi:
Unli tovushlar mashqi.
1-mashq. Unli tovushlami aniq-ravshan va adabiy talaffuz etish:
1-e-a-o-o‘-u-i;
2-mashq. Unlilarni kombinatsion talaffuz etish.
i-e, i-а, i-о, i-о’, i-u;
e-i, e-a, e-o, e-o’ e-u;
а-i, a-e, a-о, a-о’ a-u;
о о -e, о ‘-а, о '-о, о -u;
u-i, u-е, u-a, u-о, u-о‘.
Shuningdek,
i-e, i-e, i-e;
i-а, i-а, i-а;
e-a, e-a, e-a;
0-o’ o-o’ o-o’
3-mashq. Unli tovushlar ko‘p uchraydigan tez aytish va she’riy, nasriy matnlarni o‘qish.
II. Undosh tovushlar mashqi
1-mashq. P-В, K-G, T-D, S-Z kabi juft undoshlarni aniq differentsiatsiya bilan talaffuz etish mashqi:
P-B, P-В, P-B.
Bu tovushlami talaffuz etishda har bir tovushning fonetik xususiyati, uning jarangli va jarangsiz, portlovchi yoki sirg‘aluvchi ekanligi hisobga olinadi.
2-mashq. Undosh tovushlarga unli tovush qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish:
Pi-pe-pa-po, po’, pu, pi;
Bi-be-bo-po -pu-pi;
Bippi, beppe, bappa, boppo, b o ‘ppo’, buppu, beppe1.
Topshiriq: Quyida berilgan she’r mazmunini izohlang. She’rni adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilgan holda o‘qing.
Tovushlarning kichik, ulug‘i,
Tovushlarning hidi-bo‘yi bor.
Tovushlarning sovug’ ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i...
(Maqsud Shayxzoda)
Do'stlaringiz bilan baham: |