Anafora ritm. Misralar boshida ma’lum bir so‘z yoki so‘z birikmalarining takrorlanib kelishi anafora ritmim yuzaga keltiradi. Masalan: Abdulla Oripovning “Bir qarasam...” deb nomlangan she’ri anafora ritmining yorqin namunasidir:
Bir qarasam, do‘stu yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday.
Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.
Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butun olam menga torday.
Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, ko‘zim ochiq ketgandayman.
Bir qarasam, shon-shuhratga yo‘g‘rilganman,
Bir qarasam, endigina tug‘ilganman.
She’rda anafora san’atining qo‘llanilishi ritmik ohangdorlikni yuzaga keltirish barobarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalarini yorqin ifodalashda ham asosiy vosita bo‘lgan.
Mark Tulliy Sitseron o‘zining “Notiq” nomli asarida ritm o‘zi nima? U qachon paydo bo‘lgan? degan savollar ustida fikr yuritar ekan, ritmning dastlabki ixtirochisi sifatida Frasimax 1 va Gorgiy2 nomlarini tilga oladi. Lekin ritmni amaliyotga tadbiq qilib, uni mukammallashtirgan kishi Isokrat3 ekanligini ta’kidlaydi: “Kimda-kim Isokratdan hayratlansa, o‘sha odamlar uni tartibsiz nutqqa ritm (usul)larni kiritgan, deb bu xususiyatni uning oliy fazilati sifatida
ko‘radilar. Aytishlaricha, u notiqlarni qanchalik ortiqcha jiddiylik bilan, shoirlarni esa qanday huzur bilan eshitayotganlarini ko‘rib ritm (usul)larga murojaat qildi va nutqlarda yoqimlilik uchun ham, har xillik bilan zerikishni yo‘qotish uchun ham ulardan foydalana boshladi”4.
To’g‘ri, Yunonistonda so‘z san’ati, shuningdek, chiroyli nutq so‘zlashni o ‘rgatuvchi ritorika ilmi antik davrlardayoq rivojlaiigan. Badiiy adabiyotni, so‘z san’atini tadqiq qiluvchi “Poetika”, “Ritorika” kabi maxsus asarlaming yaratilishi eramizdan oldingi, qadimgi davrlarga borib taqaladi. Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, turkiy xalqlarda so‘z san’atining paydo bo‘lishi, xalq qo‘shiqlari, xalq she’riyatining yuzaga kelishi, ehtimol, undan ham qadimiyroqdir. “Devonu lug‘otit- turk” asarida keltirilgan ko‘plab qo‘shiqlar buning yorqin namunasi hisoblanadi. Masalan:
Turli chechak yarildi, (7)
Barchin yazim qarildi. (7)
Uchmoq yari ko‘ruldi, (7)
Tutlug‘ yana kalgusuz. (7)
Mazmuni:
Turli chechaklar ochildi,
Yer yuzi ko‘k gilamlarga burkaldi.
Jannat yeri ko‘rindi,
Sovuq qaytmas bo‘lib ketdi.
She’rda yetti bo‘g‘inli vazn, qofiya va ritm mavjud. Qofiya va ma’lum o‘lchov asosidagi ritmning mavjudligi esa, muayyan ohangdorlik va musiqiylikni yuzaga keltirgan. Binobarin, turkiy adabiyotda xalq she’riyatining paydo boMishi qanchalik qadimiy bo‘lsa, ritmning paydo bo‘lishi ham shunchalik qadimiydir.
Ritm haqida gap borar ekan, shunday savol tug‘ilishi ham tabiiy: Ritm faqat she’riy asarlargagina xos hodisami? Nasriy asarda ham ritm bo’lishi mumkinmi? Ha, nasriy asar tilida ham ma’lum darajada ritm mavjuddir. Lekin nasriy asarlardagi ritm, she’riy asarlardagidan boshqa qonunlar asosida yuzaga keladi. Har qanday nasr ham o‘ziga xos ritmga ega bo‘ladi.
Ritmlar asosiga qurilgan nasr dastlab xalq og‘zaki ijodida paydo bo‘lib, keyinchalik yozma adabiyotga o‘tgan. Xalq dostonlari yoki ertaklari tarkibidagi ritmik-sintaktik parallelizmlar asosiga qurilgan lavhalar buning yorqin dalilidir. "Hasanxon qanday o ‘g ‘lon? - so'ylaydi alvon-alvon, yag'rini yoziq polvon, toza bir bilak arslon”.
Bu o‘rinda har bir saj’langan bo‘lak bitta ritmik guruhni tashkil etadi, guruhlar orasida esa, qat’iy vazndoshlik mavjud, ya’ni har bir ritmik bo‘lak yetti hijodan tashkil topgan. Bilga Qoon, Kul Tegin sharafiga qo‘yilgan yodnomalar matni, “O‘g‘uznoma” kabi asarlar ritmli nasrning yorqin namunalaridir.
O‘zbek klassik adabiyotida Alisher Navoiyning “Munshaot”, “Mahbub ul-qulub” kabi nasriy asarlarining ko‘pgina o‘rinlari ham ritm asosiga qurilgan. XX asr o‘zbek adabiyotida 0 ‘lmas Umarbekovning “Bolgar qo‘shiqlari” turkumiga kirgan “Muhabbat qo‘shig‘i”, “Gayduk qizi”, “Cho‘pon Vasil va uning farzandlari”, “Gul vodiysi”, “Ota” kabi asarlari ham ritmli nasming o‘ziga xos ko‘rinishidir.
“Gul vodiysi” asaridan olingan parchani quyidagicha ritmik bo‘laklarga ajratish mumkin:
“Men tug‘ildim go‘zal voha / Gul vodiysi qo‘ynida / quloq soling,
so‘zlab beray / bu vodiy qissasini / so‘zlab beray, nega bu yurt / Gul
vodiysi atalmish”1.
TEMP. Temp lotincha (tempus) so‘zidan olingan bo‘lib, sur’at, daraja, vaqt, tezlik degan ma’nolami bildiradi. Demak, o‘qish tempi deganda o‘qish sur’ati, o‘qish tezligi tushuniladi. “Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap boMaklari, ulaming o‘mi, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta’sirida har xil bo‘ladi. Masalan, darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo’ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg‘u olsa, uning talaffuzida temp kuchayadi.
So‘roq gapda eganing talaffuzidagi tezlik darak gapdagi eganikidan bir oz ortiq boMadi, kesim talaffuzidagi tezlik esa nisbatan kamayadi. Buyruq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi so‘z talaffuzidagi tezlik keskin pasayadi”2.
Professor Jamolxonovning fikrlariga asoslangan holda quyida
keltirilgan matnning o‘qilish tempini belgilab chiqaylik.
(O’rtacha temp) Qobilboy bu so‘zni eshituvchi quloqlariga ishonmagandek, Anvarning yaqinrog‘iga surildi.
(Temp ko’tariladi) - Nima deyapsiz, Anvar, men yaxshi anglamadim?
(O’rtacha temp) Anvar yana o‘sha so‘zini takrorladi. Qobilboy, endi bir oz orqasiga tisarilib, ko‘zini katta ochdi va bir necha vaqt qotib turdi...
(Temp yanada ko’tariladi) - Siz nima qilmoqchisiz, uka. 0 ‘z oyog4ingiz bilan... Yo‘q, bu bo’lmagan gap! Balki bu - xonning unga po‘pisasidir, shu hiyla birlan maqsadga erishmoqchidir... Qo‘ying bu gapni, uka, qo‘ying!..
(O’rtacha temp) Anvar hamon boyagi vaziyatda, ko‘zini bir nuqtaga tikib, sandal ustidagi qog'ozni og‘asi yaqinrog‘iga surib qo‘ydi...
(Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”)
Nutq sur’atining tezlashishi yoki sekinlashishi, so‘roq va undov shakllarining kiritilishi badiiy nutq ruhini o‘zgartirib turadi, so‘zning ma’nosi bilan bog‘liq holda, uning ifodaviyligini kuchaytiradi.
Dialogik nutqda temp personaj laming xarakter xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidan olingan quyidagi parchada Xudoyorxonning nutqi shiddatli, g‘azabkor, yuqori tempda, mirzo Anvaming so‘zlari esa, ancha bosiq va pastroq tempda o‘qiladi:
- Sen bizga xiyonat qilding, it uvli!
Anvar bosh irg‘atdi.
- Iqrorman.
- Tuzumni unutding*!
- Tonmayman!
- Iqrorsan, tonmaysan, o‘bdon ish! - dedi zaharxanda qilib xon, - o’luvdan ham qaytmaysan!
- Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! - dedi iljayib Anvar, - o‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni qutqarish uchun kelganman!
Hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli kuldi.
- Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
- Albatta! - dedi Anvar, - boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men pusulmonchilik bilan o’lishni o‘bdan bildim!
Bu javob Xudoyomi qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi.
- Sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it uvli?!
- Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga, bir kambag‘al uylanmoqchi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qiblai olam!
- Chiqar buni, jallod!!!
Jallodlar harakatlandilar.
Demak, temp qahramonlaming ichki kechinmalari, his-hayajon, voqealar rivojining keskinligi darajasiga ko‘ra o‘zgarib turadi.
She’riy asarlarda tempning tezlashishi, ko‘tarilishi yoki pasayishi band tuzilishi bilan ham bog‘liqdir. Masalan, xalq dostonlaridagi yetti hijoli bandlar tezlik talab etilgan o‘rinlarda ishlatiladi. Qahramonlarning ot bilan safari ko‘pincha yettilik bilan beriladi:
Ot boradi arillab, - 7
Otgan o‘qday sharillab, - 7
Ot alqimi tong shamol, - 7
Mis kamayday zarillab, - 7
Suvsiz cho‘lda G‘irko‘k ot - 7
Borayotir parillab. - 7
(“Ravshan)
Bunday vazniy o‘zgarishlar mazmun bilan aloqador bo‘lib, ko‘pincha voqea holatini, qahramon xatti-harakati tempini ifodalaydi. Qisqa vaznli she’rlar tezlikni ifodalasa, 11, 12, 13 hijoli uzun vaznli she’rlar harakatning tinch va ohistaligini ifodalaydi.
Bekaslar uchrasa, tumshuq turmagin, - 11
Hajv aylab zinhor labing burmagin, - 11
Oting o‘ynoqlasa, ketma o‘zingdan, - 11
Kuchim bor deb kuchsizlami urmagin. - 11
(“Ravshan)
Yuqorida keltirilgan yetti bo‘g‘inli she’riy parchani og‘zaki ijro qilganda o‘qish tempi (sur’ati) tezlashadi, keyingi o‘n bir bo‘g‘inli, didaktik ruhdagi she’riy parchada esa, o‘qish sur’ati nisbatan sekinlashadi.
Shunday qilib, nutq tempi gapning ma’no jihatdan turlari, asar mazmuni, band tuzilishi va muallif maqsadiga ko‘ra ba’zan tezlashib, ba’zan esa pasayib, o‘zgarib turadi.
Ifodali o‘qishga kirishishdan oldin, muayyan asar matnini o‘rganib chiqish, uning temp va ritmini aniqlash lozim. Shundagina temp va ritm asarning g‘oyaviy-estetik mohiyatini ochishga xizmat qiladi, nutqning ta’sirchanligini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |