Mashq. Muhammad Fuzuliyning “Shifoyi vasl qadrin...” deb boshlanuvchi g‘azalini ifodali o‘qish.
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o ‘landan so‘r,
Zuloli zavq-shavqin tashnai diydor o‘landan so‘r.
Labing sirrin gelub gufitora bandan o‘zgadan so‘rma,
Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o‘landan so‘r.
Go‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g‘ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bemor o‘landan so‘r.
G ‘amingdan sham’tak yondim, sabodan so‘rma ahvolim,
Bu ahvoli shabi hijron banim-la yor oMandan so‘r.
Xarobi jomi ishqam, nargisi masting bilur holim,
Xarobat ahlining ahvolini xummor o‘landan so‘r.
Muhabbat lazzatindin bexabardir zohidi g‘ofil,
Fuzuliy ishq zavqin, shavqi ishqi vor o‘landan so‘r.
G'azaldagi notanish so‘zlarning izohi
О ‘landan - bo‘lgandan
Zulol - tiniq
G uftor- so‘zlash
Nukta - sir
Kavokib - yulduzlar
Fatton - fitnachi
Banim-la - men bilan
Xarobot ahli - iloh oshiqlari
Shabi hijron - hijron tuni
Nargisi masting - mastona ко‘zing
G’azalning nasriy bayoni
Ayriliq azobiga shifo bo‘luvchi vasl qadrini hijron dardida kuygandan so‘ra.
Labing sirlaridan so‘z ochmoqchi bo’lsang, buni mendan o‘zgadan so‘rama,
Bu pinhona so‘zni sirlardan voqif bo’lgan odamdan so‘ra.
Ko‘zi yoshlilaming holini g‘ofil olomon qayerdan ham bilsin,
Ko'kdagi yulduzlar sayrini ham tunlami bedor o‘tkazgan bemorgina biladi.
Fitnachi ko‘zlar jabrini chekkanlardan xabarsiz bo‘lma (oshiqlardan)
O‘zidan bexabar mastlar bedodligini hushyor bo’lgandan so‘ra.
G‘amingda shamdek yonganimni sabodan so‘rama,
Bu ahvolni hijron tunida menga yor bo’lgandan so‘ra.
Ishq mayini ichib harob bo’lgan holimni mastona ko‘zlaring biladi,
Ishq ahlining ahvolini ham ishqqa giriftor bo’lgan oshiqdan so‘ra.
G‘ofil zohid muhabbat lazzatidan bexabardir,
Fuzuliy, ishq zavqini faqat ishq-shavqi bor odamdan so‘ra.
Muhammad Fuzuliyning ushbu g‘azali o‘tmishda xalq o‘rtasida nihoyatda mashhur bo‘lgan. Fuzuliyxonlik kechalarida shoir she’riyatining ixlosmandlari uning mana shunga o‘xshagan g‘azallarini qayta-qayta o‘qib bahra olganlar. G‘azalni bir boshdan imkon darajasida o‘rganib chiqib, nima uchun uning bunchalik mashhur bo‘lgani sababini anglaganday bo‘lasiz. G‘azal an’anaviy yor va oshiq, oshiqning ishqiy kechinmalari tasviriga bag‘ishlangan. Mavzu an’anaviy, lekin tasvir uslubi nihoyatda o‘ziga xos bo‘lib, g‘azal “Kim tabib, boshidan o‘tkazgan tabib” degan hayotiy haqiqat asosiga qurilgan. G‘azal qahramoni fikricha, visolning qadrini, visolga erishganlar emas, hijron azobini chekkanlar biladi. Vasl - shifo, hajr - bemorlikdir. Shunday ekan, shifoning qadrini bemordan, zilol suvning qadrini tashna odamdan so‘ramoq lozim.
“Dilda darding bo ‘lmasa, sardaftarimni kovlama” deydi Mashrab.
Fuzuliy mana shu fikrlarga jo ‘r bo‘lib, ishq ahlining ahvolini faqat ishqqa giriftor bo‘lganlargina biladi deya o‘git beradi. Ko‘zi yoshlilarning holini g‘ofil kimsalar anglay olmaganidek, kechalari yulduzlar sayrini ham tunlami bedor o‘tkazuvchi bedorlar biladi.
Shu tariqa g‘azalda Fuzuliyning lirik qahramoni - mutafakkir, hayot haqiqatini chuqur anglab yetgan mushohadakor faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu g‘azal Sharq klassiklarining shu mavzudagi eng yaxshi she’rlari bilan hamohangdir. Biroq har bir buyuk shoirning iste’dodi har qanday mavzuni o‘ziga xos tarzda yoritishni taqozo etadi.
Fuzuliy ham barcha shoirlar kuylagan muhabbat mavzusini o‘z qarashlaridan kelib chiqib, o‘ziga xos shoirlik ehtirosi bilan talqin etadi. G‘azalni o‘rganar ekansiz, an’anaviy ishq mavzusi baytma-bayt tadrijiy rivojlanib teran falsafiylik, ijtimoiylik, ilohiy sirlilik darajasiga ko‘tariladi. G‘azaldagi “shifoyi vasl”, “tashnai diydor”, “labing sirri”, “voqifi asror”, “xarobot ahli” kabi istilohlar g‘azalni tasavvufiy nuqtai nazardan chuqurroq o‘rganishni, baytlar zamiridagi ma’no qatlamlarini teranroq talqin qilishni taqozo etadi. Biz faqat ifodali o‘qish
nuqtai nazaridan, g‘azalni imkon darajasida o‘rganishga harakat qildik. Bunday g‘azallar oddiy she’r sifatida o‘qilmaydi, balki o‘quvchini inson va insonning ko‘ngil olami haqida, hayot va hayotning sirli hodisalari haqida fikr yuritishga undaydi.
Shoir oshiqning ichki kechinmalari, dardu hasratini o‘git va nasihat tarzida bayon etar ekan, she’r mazmuniga uyg‘un mahzun ohang va ta’sirchan uslub tanlagan. G ‘azaldagi bemor, diydor, asror, bemor, hushyor, yor, xummor, vor kabi qofiyadosh so‘zlar va misralararo takrorlanib keluvchi “o'landan so 'r ” radifi g‘azalning musiqiyligini yanada oshiradi. G‘azaldagi tazod san’atiga asoslangan hajr va vasl, tashbehu istioralar asosiga qurilgan fatton ko‘z, nargisi mast kabi so‘z va so‘z birikmalari g‘azaldagi asosiy g‘oyani yorqin ifodalashga xizmat qilgan.
Muhammad Fuzuliyning “Shifoyi vasl qadrin...” deb boshlanuvchi ushbu g‘azalining vaznini aniqlash uchun uni hijo va ruknlarga ajratib chiqamiz.
Shi-fo-yi vas / - 1 qad-rin, haj / -ri-la be-mo / -roMan-dan so‘r,
V - - - v-- - V---V---
Ma Jo iy lun та fo iy lun та fo iy lun та fo iy lun
Zu-lo-li zav /- q shav-qin tash /- na-i diy-do /- roMan-dan so‘r.
V - - - v-- - V---V---
www.ziyouz.com kutubxonasi
La-bing sir-rin / ge-lub guf-to / ra ban-dan o‘z / ga-dan so‘r-ma,
V - - - V - - - V---V---
Bu pin-hon nuk / ta-ni bir vo / qi-fi as-ro / ro‘-lan-dan so‘r.
V - - - v - - - V---V---
G o‘-zi yosh-lu / la-ring holi / n na bil-sun / m ardum i g‘ofil,
v - - - V - - - V--- V---
Ka-vo-kib say / ri-ni shab to / sa-har be-do / ro‘-lan-dan so‘r.
v - - - V - - - V---V---
G ‘a-ming-dan sham’ / tak yon-dim, / sa- bo-dan so‘r / ma ah-vo-lim,
V - - - v - - - V---V---
Bu ah-voli / sha-bi hij-ron / ba-nim-la yo / ro‘-lan-dan so‘r.
V - - - v - - - V---V---
X-aro-bi jo / mi ish-qam, nar / gi-si mas-ting/ bi-Iur ho-lim,
V - - - V - - - V---V---
Xa-ro-ba-tah / li-ning ah-vo / li-ni xum-mo/ ro‘-Ian-dan so‘r.
V - - - V - - - V---V---
M u-hab-bat laz / za-tin-din be / xa-bar-dir zo / hi-di g‘o-fil,
V - - - v - - - V---V---
Fu-zu-liy ish / q zav-qin, zav / qi shav-qi vo / ro‘-lan-dan so‘r.
v - - - V - - - V---V---
Yuqorida kuzatganimizdek, hijo va ruknlar tartibidan ma’lum bo’ladiki, ushbu g‘azal aruzning hazaji musammani musabbag’ vaznida yaratilgan ekan. Har bir baytda sakkiz rukn mavjud. Demak, g‘azalni o'qish jarayonida sakkiz o'rinda qisqa tin olib (pauza) to‘xtab o‘tiladi. G‘azalda qisqa va cho‘ziq hijolardan tashqari, o‘ta cho'ziq hijolar ham mavjud. Chunonchi, birinchi baytdagi bemor, diydor so'zlarining ikkinchi bo‘g‘ini cho‘zib talaffuz qilinadi. Shuningdek, keyingi baytlardagi bemor, hushyor, yor, xummor, vor kabi qofiyadosh bo‘lib kelgan so‘zlar tarkibidagi o, yo tovushlari ham cho‘zib talaffuz qilinadi.
Ushbu g‘azalda vazn talabiga ko‘ra, ayrim yopiq hijolar oxiridagi undosh tovush o‘zidan keyingi unli bilan boshlangan so‘zga qo‘shilib o‘qiladi. Masalan, birinchi baytidagi “hajr ila” birikmasi haj-ri- la tarzida, “bemor о ‘ladan” birikmasi be-mo-ro‘-lan-dan tarzida o‘qiladi. Bundan keyingi baytlardagi bemor olandan deb takrorlanuvchi so‘zlarning barchasi ham shu tarzda o‘qiladi. Vazn talabiga ko‘ra, undosh bilan tugagan so‘zning unli bilan boshlangan so‘zga qo‘shilib ketish hodisasi “vasl” deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |