Erkin vazndagi she’rlarni o‘qish
Erkin vazndagi she’rlar tuzilishiga ko‘ra barmoq va aruz vaznidagi she’rlardan tubdan farq qiladi. Erkin she’rda misralardagi hijolarning soniga, urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘lishiga emas, balki ohang, ritm va intonatsiyasiga katta ahamiyat beriladi. Bunday she’rlarda qaysi so‘zni ajratib, ta’kidlab aytish zarur bo‘lsa, shu so‘z alohida misraga chiqariladi. Erkin she’rda shoir qaysi tartibda his-hayajon va fikrni ifoda etishga intilsa, so‘zlarni shu tartibda misralarga tizadi. Zero, fikrning jo ‘shqinligi va publitsistik ruhda bayon etilishi erkin she’rga xos muhim xususiyatlardan biridir:
Osiyo so‘zlaydi,
Tinglang ovozin!
Jo‘shqin daryo mavjin,
Hayqiriq sozin.
Osiyo uyg‘ondi,
uxlamas, uyg‘oq.
Rostlik, do‘stlik bo‘ldi
u bilan o‘rtoq.
(Mirzo Tursunzoda)
Erkin vazndagi she’rlar o‘zbek adabiyotiga o‘ttizinchi yillarda Yevropa adabiyoti ta’sirida kirib keldi. Minbarlardan turib omma oldida o‘qishga mo’ljallab yozilgan bunday she’rlar dastlab G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi ustoz shoirlar ijodida kamol topdi. Keng ommaga bevosita murojaat etish va shoir ruhiyatida paydo boMadigan ko‘tarinki hissiyot, pafos ko‘p jihatdan erkin vaznning xususiyatlarini belgilaydi.
Erkin vaznda she’rning musiqiyligi saqlangan holda, bu musiqiylik turlicha parchalarda o‘zgarib, tovlanib turadi. Shoir bir she’riy parchaning o‘zida bir necha ritmik o‘lchovlarni qo‘llaydi, bir turoq tartibidan ikkinchi turoq tartibiga o‘tadi, misralarni erkin ravishda zinapoya shaklidagi bo‘laklarga ajratadi. Bunday paytda shoir ba’zan misralarning qofiyalanishi bilan cheklanmasdan, misra bo‘laklarini ham qofiyadosh qilishga intiladi:
Ey, Farg‘ona!
Mushkul kunlar bolasini
tishida tishlab,
Yuvib,
tarab,
sevib,
o‘pib,
quchib,
opichlab,
Ey, baxtlami balog‘atga yetkazgan ona!
(Hamid Olimjon)
She’r misralarining hijolari turlicha bo‘lib, turoqlar bir necha misralardan keyin takrorlanadi, pauza va intonatsiya esa ritmni vujudga keltirishda muhim rol o‘ynaydi. Erkin she’rlar pauzalarga boyligi bilan ajralib turadi. Pauza she’rdagi ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini bo‘rttiradi, ulaming m a’no va ahamiyatini ta’kidlaydi, she’riy nutqqa xos his va hayajon bag‘ishlaydi. She’rdagi nafosat, noziklik, g ‘azab yoki istehzo ma’nolarini ifodalaydigan so‘zlarni alohida pauza bilan bo‘lib-bo‘lib aytish asaming ta’sirchanligini yanada oshiradi.
Demak, misralari turli miqdordagi hijolardan tashkil topgan, turoqlari alohida-alohida bo‘rttirib berilgan she’r tuzilishi erkin she V deyiladi. Quyida berilgan she’riy parcha ham erkin vaznda yaratilgan asarning yorqin namunasidir:
Bong uring,
hammani
uyg‘oting,
Bong uring
shahar-u
qishloqda.
Hayajon
ко‘taring,
to‘p oting,
O‘t ketdi
hammayoq
yonmoqda,
Ovozlar boricha
baqiring,
Odamlar!
Yo hayot,
yo mamot!
Sim qoqing!
Nol bimi chaqiring:
Yong‘in, deng
kerak, deng,
tez najot!
Dod soling,
ne kechar holimiz,
Alamdan
jonimiz
qiynoqda.
Olamda
topilmas
molimiz -
Vaqtimiz
Yonmoqda
yonmoqda.
(Erkin Vohidov)
Undov, chaqiriq, murojaat ohanglari bilan to‘lib toshgan bu she’rda shoirning kuchli his-hayajoni mujassamlashgan. Inson zotining vaqt atalmish qimmatbaho ne’matga loqaydlik bilan qarashi, demakki, umrining oltin daqiqalarini yelga sovurishi shoirda afsus va nadomat tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Umrga
o‘t ketdi
insonlar!
U yonar
biz majlis
qilamiz, -
deya vaqtini foydali ishga bag‘ishlash o‘rniga, quruq safsatabozlik, majlisbozlik bilan o‘tkazayotganlarga qarata chuqur taassuf bilan bong uradi. She’r misralaridagi deyarli har bir so‘z alohida urg‘u, o‘ziga xos intonatsiya bilan o‘qiladi.
Mashq. Quyida berilgan she’mi o‘qib, g‘oyaviy mazmunini tushuntiring. She’rning vaznini aniqlang, turoqlarga ajratib, ifodali o ‘qishni mashq qiling.
Kechikish
Na to‘yu na aza,
na ish, na bayram,
Hech qayga,
hech qachon,
hech bir holatda -
Vaqtida kelmagan
bu sho‘rlik odam.
Bir soat kechikar
kami, albatta.
Unda sira ayb yo‘q,
yugurik davr
Mos kelmadi uning
sustkash joniga,
Taqdir kechiktirdi
bir soat nadir,
Kamida bir asr
o‘z zamoniga.
(Erkin Vohidov)
Mashq. G‘afur G ‘ulomning “Vaqt” she’ridan olingan quyidagi parchalarni o‘qib mazmunini tahlil qiling. Sizningcha, Erkin Vohidovning “Bong uring”, “Kechikish”, G ‘afur G culomning “Vaqt” she’rlarini o‘zaro birlashtirib turuvchi mushtarak jihatlar nimada?
Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Yarim soat ichida tug‘ilib, o ‘sib,
Yashab, umr ko‘rib, o‘tguvchilar bor;
Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam - qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.
Bir onning bahosin o’lchamoq uchun,
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ayyuhannos ovoz.
Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o‘tajak har lahza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.
She’rning vaznini aniqlang, turoqlar o‘rnini belgilab, ifodali
o‘qishni mashq qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |