Romanlarni ifodali o‘qish.
Roman epik turning keng qamrovli janr bo‘lib, uning asosiy xususiyati inson hayotini butun murakkabligi bilan har tomonlama aks ettirishdan iboratdir.
Romanda ishtirok etuvchi bosh qahramonlar ham, syujet chizig‘ida muhim o‘rin tutuvchi boshqa personajlar ham atroflicha yoritiladi. Shuning uchun roman til jihatidan murakkab, hajm jihatidan ko‘lamdor bo‘ladi. Romanda turli personajlar tasviri, tavsifi, voqeaning boshlanishi, u boshlangunga qadar pcrsonaj hayotida yuz bergan hodisa, uning voqea so‘ngidagi taqdiri, ekspozitsiyaning turli ko‘rinishlari birlashib, kompozitsiyani vujudga keltiradi.
Romanda ishtirok etuvchi turli toifaga mansub kishilar nutqining turli ko‘rinishlari - monolog, dialog, voqeani bayon etish usullari - chekinish, tavsif, tabiat tasviri va boshqalar ham bir butunlikni tashkil etib, murakkab hayotiy jarayonni tasvirlashga xizmat qiladi.
Epik turga mansub qissa, roman, doston kabi janrlarni ifodali o‘qishda ham asarda qo‘yilgan asosiy mavzu va g‘oyani aniqlash og‘zaki ijroning samaradorligini belgilaydi.
Mavzu. Roman janridagi asarlami ifodali o‘qishning o‘ziga xosligi shundaki, unda ishtirok etayotgan o‘nlab personajlarning xarakter xususiyatini, so‘zlash uslubini, madaniy saviyasini atroflicha o‘rganish lozim bo’ladi.
Har bir asarning mazmunini chuqur egallab olish uchun, oldin uning mavzusi aniqlab olinadi. Mavzu - yozuvchi tanlagan va tasvirlagan, hayot voqealari aks ettirilgan masalalardir.
Ma’lumki, asar mavzusini uning g‘oyasidan ajratib bo’lmaydi. Chunki yozuvchi tasvirlagan masala asar mavzusi bo‘Isa, g‘oya yozuvchining shu masalaga munosabati, unga bergan bahosidir.
Shunday ekan, ifodali o‘qishda asar mavzusi va g‘oyasi haqida aniq tasavvurga ega bo’lmay turib, o‘qishning mazmunli va ta’sirchan bo‘lishiga erishish qiyin. Muayyan romanning mavzusini aniqlashdan maqsad talqin paytida shu maqsadni ro‘yobga chiqarishdir, ya’ni ifodali o‘qishda mavzuni belgilab olish amaliy ahamiyatga ega.
Katta hajmli asarlardan parcha o‘qilganda, tanlangan parchaning konkret mazmuniga alohida e’tibor beriladi. Negaki, har bir katta asarda umumiy mavzu bilan bir qatorda, boshqa kichik mavzulari ham bo’ladi.
Mavzu. Roman tarixiy mavzuda bo‘lib, unda Bobur Mirzo avlodlarining dovonlari murakkab hayot bosqichlarida aks etgan. Asarda, asosan, Boburning to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyun va nevarasi Akbarshoh hayoti manzaralari jonlantirilgan. Bobuming vafotidan so‘ng ulkan Hind mamlakati hududida toj-taxt uchun kurash qizib ketadi. Mamlakatga Bobur tomonidan qonuniy hukmdor qilib tayinlangan Humoyunning boburiylar hukmronligini saqlab qolish uchun olib borgan kurashlari romanning asosini tashkil qiladi.
G ‘oya. Romanda Humoyunning ota ishiga cheksiz sadoqati, Bobur saltanalini og’ir sinovlardan omon saqlab qolish yo‘lidagi kurash va qahramonliklari, qalb kechinmalari, hayajonli lavhalarda aks ettirilgan. Ayni paytda hayot-mamot damlarida Humoyunni qo'llab-quvvatlagan Bayramxon va Nizom kabi oliyjanob kishi laming yuksak insoniy fazilatlari ulug’langan.
Mashq. “Avlodlar dovoni” romanidan parcha o’qish.
Orqadan yana yov otliqlari va fillari bostirib kelmoqda edi. Bayramxonning ovozi keldi.
- Hazratiinni daryo bo‘yiga olib ketinglar! Biz yog‘iyni o‘tkazmagaymiz! La’l Chand, filingiz bilan himoyada turing!
Humoyunning yelkasiga qadalib turgan uzun yoy o‘qi ot yo‘rtganda qattiq silkinar va jazillatib og‘ritar edi. Humoyun himoyachi navkarlar qurshovida ot choptirib borar ekan, yana yol ustiga engashib, chap qo‘lini o‘ng yelkasiga cho‘zdi-yu, qadalib turgan yoy o‘qini bir harakat bilan sugcurib tashladi. Shu payt og‘riqdan ingrab, otning yoliga yuzini bosdi. Javhar oftobachi o‘ng tomondan otini jips keltirib, uni qo‘ltig‘idan suyadi. Yelkadan oqayotgan qonni to‘xtatish uchun yaralangan joyni yumshoq salla matosi bilan besh-olti marta o‘rab, qattiq chirmadi-yu, qo‘ltiq tagidan tang‘ib bog‘lab qo‘ydi.
Bayramxon va La’l Chand markazdan o‘tib kelgan yovning yo‘lini to‘sgan bo‘lsa ham, ikki qanotdan yorib kirgan boshqa yuzlab otliqlar Humoyunga qarab yopirilib kelmoqda edi. Humoyun orqaga o‘girilib qarab, Bayramxon La’l Chand boshliq fillar yordamida himoyaga turganini ko‘rdi.
Qirg‘oqda birorta kema ham, qayiq ham yo‘q. Odam to‘la bir kema qirg‘oqqa yetay deb qolgan. “Mavludbek ayollar bilan bolalami o‘sha kemada olib chiqib ketgandir”, degan o‘y Humoyunga ozgina tasalli bergandek bo’ldi. O‘ng qanotdan otilib chiqqan yov otliqlari yuzdan ortiq. Humoyunni himoya qilib qirg‘oqqacha kelgan navkarlar esa, o‘ttiz-qirqtagina xolos. Qurshovda qolib asir tushish o‘limdan ham daxshatliroq. Humoyun qilich dastasini qidirib, belini paypasladi. Ammo bo‘sh, yengil qin salanglab osilib turganini ko‘rdi va boyagi yarador filni esladi.
Chug‘urchuqday behisob dushman otliqlari tobora yaqinlashib kelayotgani Nizomni ham sarosimaga soldi. U qo‘lidagi meshga havo puflab, uni tarang qilib shishirdi-da, og'zini mahkamlab bogiadi. Mesh yordamida narigi qirg‘oqqa suzib o‘tish uchun suvga qarab chopdi. Bo‘tana bo‘lib to‘lib oqayotgan toshqin daryo Humoyunning vahmini keltirdi. Lekin yaqin kelib qolgan dushmanlarga asir tushish undan ham dahshatliroq edi. Tagidagi saman - zo‘r ot, Humoyun suzishni biladi. Xos navkarlar yov ilg‘orlarining yoMini to‘sib, ular bilan qilich chopisha boshlagan paytda Humoyun Nizom suvga tushgan joydan sal nariroqda otini qirg‘oqdan daryoga sakratdi. Suv avval otning sonigacha keldi, keyin qorniga chiqdi. Humoyun egardan tushib sog‘ qo‘li bilan samanning bo‘ynidan quchoqlab oldi. O‘ng qo‘l butunlay ishdan chiqqan, sal qimirlatsa yelkadagi yara og‘rig‘iga chidab bo’lmaydi.
Daryo birdan chuqurlashib, otning oyog‘i yerga tegmay qoldi. Ot ustiga yopilgan og’ir zirhli kejim va uning bo'yniga osilib olgan yarador Humoyunning vazni samanni cho‘ktirib yubora boshladi. Ot pishqirib tumshug‘ini suvdan chiqardi-yu, birpas suzib ko‘rdi, ammo yana suvga botib ketdi. Humoyun otning bo‘ynini qo‘yib yuborib bir qo’llab suzib ko‘rdi. Ammo kutilmagan girdoblar uni pastga tortib ketayotganday bo‘ldi-yu, yana cho‘kayotgan otning yoliga yopishdi.
Bu orada Humoyun oqim kuchi bilan Nizomga yaqin borib qoldi. Meshga ko‘kragini berib qichab suzayotgan Nizom esa, podshoga bir joyi tegib ketishidan cho‘chib o‘zini nariroq oldi. Axir, daryolar oralig‘idagi bu bexosiyat joyni qarorgoh qilishga Nizom ham, boshqa hind suvchilari qatori, qarshi edi. Lekin Humoyun ulaming ogohlantirishiga quloq solmadi, yana xushomadgo‘y beklarning gapiga kirdi, chodirda may ichib yotib fursatni boy berdi. Bugun ko‘p qatori Nizom ham shu xatolaming kasofatiga qoldi. Bas, endi Nizom bu podshoga yaqin bormaydi. Laganbardor beklari Humoyunni “yengilmas botir” deb maqtashadi. Qani Karamnasa ichida shu botirligini bir ko‘rsatsin! Boya daryoga ot sakratib kirganiga qaraganda hash-pash demay narigi qirg‘oqqa suzib o‘tsa ajab emas. Bu kinoyali o‘ylar asnosida suv tagidagi allaqanday o‘pqon girdobi Nizomni oyoqlaridan pastga torta boshladi. U ko‘kragini qo‘ygan mesh ham kuchli girdobga tushib aylanib ketdi. To‘satdan Nizomning nafasi qaytib, ko‘zi tinganday bo‘ldi.
Hind kemachilarining Karamnasadan hayiqib, uni chetlab o‘tishlari bejiz emas edi. Bu daryoning tagida chuqur o‘pqonlar ko‘p, suv girdobi ularga quyilib tushayotganda odamni ham pastga tortib ketar edi. Yomg‘ir faslida tog’ ichidagi simob konlaridan Karamnasa daryosiga ko‘ngilni aynitadigan, hatto odamni es-hushidan ketkazadigan badbo‘y, zaharli narsalar oqib kelardi.
Zaharli hovurdan ko‘ngli ayniy boshlagan Nizom mesh ustiga yuztuban yotib oldi-yu, qo‘l-oyoqlarini eshkak o‘mida ishlatib, talpina-talpina girdob komidan chiqdi. Bir payt shunday yonginasida cho‘kayotgan Humoyunni ko‘rdi. Humoyun qo‘l-oyoqlarini kerib yuqoriga bor kuchi bilan talpindi-da, boshini bir lahza yuzaga chiqardi. Yutoqib nafas olarkan:
- Kim bor? Qutqaring! - deyishga ulgurdi-yu, yana loyqa girdoblar orasiga cho‘ka boshladi.Nizom uning chindan gbarq boMayotganiga endi ishondi va beixtiyor meshni unga yaqin olib bordi. Humoyun yana bir talpinib suv yuziga chiqqanda, Nizom uni yelkasidan tutib oldi-da, mesh ustiga ikki qo‘llab tortib chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |