Tayanch tushunchalar:
Aruz tizimidagi she’rlar. “Mezon ul-avzon” va aruz haqidagi ma’lumotlar.
Hijo. Hijo turlari.
Hijo - aruz tizimidagi she’rlarda dastlabki o‘lchov birligi.
Rukn - aruz tizimidagi she’rlarda asosiy o‘lchov birligi.
Ilmi balog‘a - til qoidalariga to‘la amal qilgan holda, so‘zlash va yozish bilan bog‘liq fan.
Ilmi fasohat - yoqimli, chiroyli so‘zlash va yozishni o‘rgatadigan fan.
Garmoniya - (musiqada, she’rda) tovushlaming bir-biriga mosligi, uyg‘unligi.
Vasl - undosh bilan tugagan tovushning o‘zidan keyingi unli bilan boshlangan so‘zga qo‘shilib ketish hodisasi.
Savol va topshiriqlar
1. Aruz terminining kelib chiqishi haqida Alisher Navoiy qanday ma’lumotlar keltiradi?
2. O‘zbek aruziga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
3. Qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolar qanday aniqlanadi?
4. Rukn nima? Ifodali o'qishda ruknning qanday ahamiyati bor?
5. Bahr nima? Aruz vaznida qanday bahrlar*bor?
6. Amz tizimidagi asarlami ifodali o‘qish uchun qanday qoidalarga amal qilish lozim?
7. Fasohat ilmi deganda nimani tushunasiz?
8. Abu Ali ibn Sino “She’r san’ati” asarida she’r uch xil narsa bilan xayolga ta’sir etadi, deydi. Bu uch xil narsa nima?
Adabiyotlar:
1. Abu Ali ibn Sino. She’r san’ati. - Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1980.
2. Anvar Hojiahmedov. Maktabda aruz vaznini o‘rganish. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Alisher Navoiy. Asarlar. 0 ‘n besh to‘mli|c. 14-to‘m. // Mezon ul-avzon. -Toshkent: G ‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1967.
4. A.Rustamov. Aruz haqida suhbat. -Toshkent: Fan, 1972.
5. Abdurauf Fitrat. Aruz haqida. -Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
10-mavzu: Nasriy asarlarni ifodali o‘qish
Reja
1. Latifa va hikoyalarning g‘oyaviy xususiyatini aniqlash va ifodali o‘qish.
2. Ertaklarni ifodali o‘qishda mavzu va g‘oyani aniqlashning ahamiyati.
3. Qissalami ifodali o‘qish.
4. Romanlarning mavzu va g‘oyasini aniqlash. Romanlarni ifodali o‘qishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qish lirik turdagi asarlami o‘qishdan tubdan farq qiladi. Bu farq, awalo, asarning janr xususiyati bilan belgilanadi. Lirik turdagi asarlarda shoiming oniy hissiyoti, voqelik haqidagi kechinmalari butun harorati bilan ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, she’r shoiming voqelikdan olgan taassurotlarini jo‘shqin aks ettiruvchi ehtiros mahsuli sifatida yuzaga keladi. She’rni o‘qiganda ham mana shu harorat, jo ‘shqinlik aks etib turadi.
She’r o‘qishdagi bu shiddatkor uslubni butunligicha nasriy turdagi janrlarga qo‘llab bo‘lmaydi. Muallif nasriy asarda kishilarning hayoti va xarakterlarini ularning bir-birlariga bo‘lgan murakkab munosabatlari orqali aks ettirar ekan, asar qahramonlarining ruhiy olami, urf-odatlarini tasvirlaydi, tabiat manzaralarini yoritishga joy beradi. Demak, nasriy turdagi asarlarda biz (ayniqsa, qissa va romanlarda) hayotning keng manzarasini ko‘ramiz. Nasriy asarlarda, odatda, voqealar bayoni yetakchi o‘rin egallaydi. Bu turdagi asarlarni ifodali o‘qish she’riy janrlardan farqli o ‘laroq, nisbatan osoyishta kechadi. Albatta, bu “osoyishta”likni muayyan asarning hamma o‘rinlariga ham qo‘llab boMmaydi, chunki voqealar davomida shiddatkor o‘rinlar, hayajonli lavhalar ham uchraydi. Badiiy asarning qaysi o‘rinni qanday ohangda, qanday tempda o ‘qish lozimligini aniqlash uchun, dastlab asarning g‘oyaviy mazmunini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Chunki asarda qo‘yilgan hayotiy haqiqatni aniqlash, uni mantiqan
tushunib o‘qishga, ayni paytda ifodali o‘qishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |