O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 176,39 Kb.
bet15/43
Sana22.07.2022
Hajmi176,39 Kb.
#837546
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
MAJMUA (Ifodali oqish)

III. “Ayiruv urg‘usi - gap bo‘laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo’llanadigan urg‘u. U ikki turga bo’linadi: logik urg‘u (mantiq urg‘usi) va emfatik urg’u.
1. Logik urg‘u lingvistik adabiyotlarda ba’zan gap urg‘usi, mantiq urg‘usi, mantiqiy urg‘u, ma’no urg‘usi nomlari bilan ham yuritiladi. Har bir nutq bo’lagi, misra yoki bandda shunday muhim so‘zlar uchraydiki, ular shu bo‘lak, misra va bandning mag‘zini o‘zida aks ettiradi. Bunday so‘zlar mantiqiy urg‘u olgan so‘zlar bo‘lib, ularni alohida ta’kidlash yoki ovozni kuchaytirish orqali ifoda qilinadi.
Matnda mantiqiy urg‘u olgan so‘zlar har doim ham aniq bilinib turmaydi. Shu boisdan ham, asarni ifodali o‘qishga kirishishdan oldin, matnni bir necha marta o‘qib, g‘oyaviy-badiiy xususiyatini aniqlash, muallif maqsadini tushunish lozim bo‘ladi. Mantiqiy urg‘u olgan so‘zni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma’noni kuchaytirish uchun qo‘ llangan takroriy so‘zlarga hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi so‘zlarga alohida e’tibor berish kerak. Odatda mantiqiy urg‘u olgan so‘zdan keyin qisqa pauza qilinadi. Masalan: Quyidagi she’riy parchalarni o‘qib, mantiqiy urg‘u olgan so‘zlarga e’tibor beraylik.
Sen qalbimda o‘chmas suratsan,
Qanday qilib seni soginmay?
Suvlar gocyo menga oqqanday,
Qarayman-da, dil ovutaman!
Ortiq chanqovlikda o‘stirgan
Gulzorim bor, oq gullarim bor,
Ular seni taniydi ko‘pdan,
Ular senga ko‘pdan intizor.
She’riy parchalardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar, mantiqiy urg‘u olgan so‘zlar bo‘lib, ular she’rning mazmun-yo‘nalishini belgilab beradi. Asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatini aniqlashga yordam beradi, shuningdek, lirik qahramonning kayfiyatini, ichki kechinmalarini ochishga xizmat qiladi.
Quyidagi matnda mantiqiy urg‘u qaysi so‘zlarga tushishini aniqlang. Matnni ifodali o‘qing.
Mirzo Ulug‘bek kechasi bo‘lsa ham, Samarqandni bir aylanmoq, tanish ko‘chalar, dahalardan o‘tib, dorussaltana bilan vidolashmoq, Go‘ri Amirga birrov kirib, bobosi bilan padari buzrukvorining sag‘analarini tavof qilmoq, keyin yo‘lga tushmoq niyatida edi. Lekin otga minishlari bilan ularni qurshab olgan suvoriylar pastga, Registon tomonga yo‘l olishdi.
“Ne qilay? Bu ayovsiz shahzoda qabringga sajda qilmoqqa ham ijozat bermadi. O‘zing afV etgaysen, jannatmakon!” - Mirzo Ulug‘bek, Go‘ri Amir tomonga qaray-qaray, ichida tilovat o‘qib, yuziga fotiha tortdi-da, otiga qamchi bosdi. Silliq tosh yotqizilgan jimjit ko‘chalar taqa qoqilgan ot tuyoqlaridan qarsillab ketdi...
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)

Download 176,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish