Grammatik pauza. Ma’lumki, o ‘zbek tilida nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo‘shtironq kabi tinish belgilari mavjud. Gapirish jaiayonida mazkur tinish belgilariga rioya qilgan holda nutq amalga oshiriladi. Masalan, vergulda ozroq, nuqtada ko‘proq, uch nuqtada yanada ko‘proq pauza qilinadi. Shuningdek, boshqa tinish belgilari pauzasi ham o‘ziga xos. Demak, tinish belgilariga asoslangan pauza grammatik pauza deb yuritiladi. Masalan: Nuqta qo‘yilgan o‘rinlarda pauza:
Har kim o‘z baxti, o‘z dardi bilan band,
Turmush qozonida qaynab yotamiz.
Kuni kecha edik o‘zimiz farzand,
Bugun farzandlarga ona, otamiz.
(E.Vohidov)
Vaqt tun yarmidan oshgan. Rasadxona teran sukutda. Odatdagiday, kechasi samoviy holatlami kuzatib o‘tirgan mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi bir payt vujudida xiyol noxushlik sezib, o'rnidan turdi. Lekin qo‘llaridagi asboblarni joyiga qo‘yib ulgurmagan ham ediki, qayerdadir yuqorida, birinchi oshiyonada, oyoq tovushlari eshitildi. Bu tovushlar rasadxona tolibi ilmlarining sharpasiz odimlariga o'xshamas, sipohlaming betakalluf qadamlarini eslatardi.
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)
Keltirilgan she’riy parcha ham, nasriy matn ham mazmunan darak gaplardan tashkil topgan. Darak gaplar, odatda, tinch ohang bilan o‘qiladi va nuqtadan keyin ma’lum muddat pauza qilinadi.
So‘roq belgisi qo‘yilgan gaplarda pauza. So‘roq gap orqali so'zlovchi o‘zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga undaydi. So‘roq gaplardagi pauzada so'roq ohangi ustivorlik qiladi:
- Bu yerni kim obod qilgan? Bu og‘ir toshlarni kim olib kelgan? - dedi Asqar ota va o‘z-o‘ziga javob berdi. - Kim olib kelardi? Bu yerga meni kim olib keldi? Shunday odamlar ham bo'ladiki, tug‘ilganda hech kim sevinmagan bo'lsa ham, o'lganda butun yurt aza tutadi. Qizim, Bahri, shunaqami? Shunaqami, Sobiraxon?
(Abdulla Qahhor)
So‘roq gaplarning yana bir turi ritorik so'roq gaplardir. Bunday gaplarda yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g'azab, gumon, kuchli hayajon ma’nolari ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ham, ritorik so‘roq gaplardagi pauza ifodali nutqqa kuchli emotsionallik, yorqinlik va ta’sirchanlik baxsh etadi.
O‘rtada taloshdur kechmish va bu kun,
Tuproq sochar, ingrar, qo‘ltig‘ida tig’.
Axir haqiqat bor, valvala nechun?
Buncha osmon yiroq, buncha yer qattiq?!
Aqlu hushdan ayro, vola munajjim,
Rad boMmish, olamdan ko‘zin yumdi jim.
Muhabbat ne o‘zi? Nadir sadoqat?
O‘zingdan ming bora so‘rarsan o‘zing.
Titrab toqatingga tilarsan toqat,
Aytursan xilqatga ilohiy So‘zing.
(Rauf Parfi)
Alisher Navoiyning “Qoshi yosinmu deyin...”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Charxning men ko‘rmagan javru jafosi qoldimu?!” deb boshlanuvchi g‘azallari ritorik so‘roqning go‘zal namunalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |