Italiya birlashtirilishining tugallanishi va uning tarixiy ahamiyati Yarim orolning shimolida boshlangan xalq harakati janubiy viloyatlarga ham tarqaldi 1860 yilning oxirida Italiyaning janubidagi Palermo shahrida qo'zg'olon ko'tarildi. Biroq bu qo'zg'olon Sitsiliya qirolining qo'shini tomonidan bostirildi. Shimolning rcspublika demokratchilari janubliklarga yordam berish uchun may oyida Gretsiyadan Sitsiliyaga J.Garibildi boshchiligida 1200 kishidan iborat harbiy otryad yubordi. Bu tarixda "minglar yurishi'" yoki "qizil kuylaklilar': (chunki uning qatnashchilari qizil rangli matodan qilingan kuylak kiyganliklari sababli shunday atalgan. Q.N) nomi bilan ma'lumdir. Kalabri shahriga yetib kelgan mazkur otryad xalq ommasining qo'llab-quvvatlashi natijasida 1860 yilning 7-sentyabrida ikki sitsiliya qirolining poylaxti Ncapolni jangsiz cgalladi. 1-oktyabr kuni Garibaldi otryadi qirol Frantsisk II qo'shinlarini Volturno daryosi bo'yidagi hal qiluvchi jangda tor-mor etib, Italiya janubida Burbonlar sulolasi vakillarining hokimiyatiga chek qo'ydi. Frantsisk II esa Rim viloyatiga qochdi.
1860 yil 21-oktyabda Neapolitaniyada Garibaldi plebistsit-referendum o'tkazdi.
Neapolitaniya qirolligi aholisining aksariyati P'emontga qo'shilishni yoqlab chiqdi.
Garibaldi kuzatuvida Pemonl qiroli Viktor Emmanuil tantanali ravishda Neapolga kirib keldi.
1861 yil fevralda P'emontning Turin shahrida Umumitaliya parlamenti ochildi. 14 martda Viktor Emmanuil Italiya qiroli. deb e'lon qilindi. Shunday qilib, "risorjimento"ning cng asosiy vazifalaridan biri Italiyaning birlashtirilishi vazifasi, deyarli bajarildi. Biroq, Ttaliya Rim va Venetsiya viloyatlarisiz birlashtirildi. Rim yoki papa viloyati mustaqil bo'lib, undagi dunyoviy hokimiyat papa qo'lida mujassamlashgan edi. Garibaldi boshchiligida harbiy olryadning 1862 yil papa viloyatini cgaliashga bo'lgan urinishi natijasiz bo'ldi.
Venetsiya viloyati Avstriya hukmronligi ostida bo'lib, 1866 yilda Prussiya va Italiyaning Avstriyaga qarshi urushida Avstriyaning mag'lubiyatga uchrashi oqibatida mazkur viloyal Italiyaga qo'shib olindi. 1867 yilda Garibaldi harbiy otriyadining Rimga yurishi ham muvaffaqiyatsiz tugadi, Rim viloyati 1870yilgacha alohida va mustaqil davlat bo'lib qolaverdi.
1870 yilda boshlangan Fransiya-Germaniya urushida Fransiyaning mag'lubiyatiga uchrashi Rim viloyatini Italiyaga qo'shib olinishini ta'minladi. Rim viloyatining Italiyaga qo'shib olinishi mamlakat birlashtirilishini nihoyasiga yetkazgan, ha! qiluvchi tarixiy voqea bo'ldi. Papa dunyoviy hokimiyatdan mahrum qilinib, Rim shahri birlashgan Italiyaning poytaxtiga aylantirildi.
Italiyaning birlashtirilishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi, Italiyaning siyosiy tarqoqligiga baham berildi, uning yagona davlat sifatida yaxlitligi saqlab qolindi. Mamlakatni birlashtirish uchun bo'lgan kurash uni zamonaviy burjua davlatiga aylantirdi. Bu kurash natijasida Italiyada Avstriya gabsburglari va Fransiya Burbonlari xonadoni vakillarining hukmronligiga barham berildi. Biroq mamlakatning birlashtirilishi burjua inqilobining oldida turgan barcha vazifalarni bajarmadi. Shuning uchun kapitalistik munosabatlarning keyingi taraqqiyoti Italiyada nisbatan sekin bordi.