Rossiyada konstitutsiyaviy nizo va Otto Fon Bismarkning hokimyatga kelishi Italiyadagi voqealar ta'siri natijasida prus burjuaziyasi safida birlashtirishning turli yo'llari tarafdorlari o'rtasidagi kurashning keskinlashuvi Prussiya hukumatining siyosatiga ham ta'sir qildi. Yangi qirol Vilgelm 1 Manteytclni iste'foga chiqarib islohotlar o'tkazishga va'da berdi. Ammo islohotlar boshlash taraddudi cho'zilib ketishi natijasida hukumat bilan davlatdagi burjua muxolifati o'rtasida to'qnashuvlar boshlandi. To'qnashuvlar keyinchalik konslitutsiyaviy nizo, deb atalgan siyosiy inqirozga sabab bo'ldi. Bu nizoni 1860 yil fevralda harbiy ministr fon Roonning harbiy islohotlar haqida landtagdagi bildirgan takliti kellirib chiqardi. Prussiya hamon armiyaga suyanuvchi davlat bo'lib, unda yunkerlar hukmron mavqega ega edi. Yunkerlar liberal burjuaziya talablariga qarshilik ko'rsatayotgau asosiy kuch edi. Harbiy islohotlar to'g'risidagi fon Roonning loyihasi harbiy muddatini 2 yildan 3 yilga ko'paytirish, armiya hajmini oshirish va uning tuzilishini o'zgartirishdan iborat edi. Shahzoda regent Vilgelm (1861 yildan Vilgelm I Prussiya qiroli) Yevropa kontinentida bo'lishi mumkin bo'lgan xalqaro nizotar uchun katta hajmdagi zamonaviy armiya tuzishda va yunkerlarni mavqeini mustahkamlashga harakat qildi. Muntazam armiya safidan Napoleon urushlari davrida tuzilgan landver, deb ataluvchi xalq lashkarini chiqarib tashlash ham rejalashtirilgan edi, chunki landverdagi zobitlik lavozimlarini aksariyatini burjuaziya vakillari egallagan edi. Landtag mazkur loyihani rad etdi, biroq, hukumatga 9 mln. taler miqdorida favqulodda harbiy harakatlar uchun mablag' ajratdi. Ushbu summa taklif etilgan harbiy islohotlar loyihasini amalga oshirish uchun sarflandi.
Liberal burjuaziya vakillarining 1861 yilda tashkil qilingan "Progressistlar partiyasi" parlamentda qirol va hukumatga qarshi kurash boshladi. 1861 yilga landtag saylovlarida progressistlar katta muvaffaqiyat qozondilar. Yangi saylangan deputatlar palalasi bilan hukumat o'rtasida yangidan kurash boshlandi. 1862 yilning 11 martida qirolning maxsus farmoyishi bilan deputatlar palatasi tarqatib yuborildi, liberal ministrlar iste'foga chiqarildi. Qirol liberallashtirish siyosatiga chek quydi. Ko'pgina shaharlarda aholining hukumatga qarshi norozilik chiqishlari bo'lib o'ldi. 1862 yil bahoridagi yangi saylovlarda progressistlar yana g'alaba qozondilar.
Progressistlar hukumatga bosim o'tkazib, agar ularning talablari bajarilmaydigan bo'lsa, harbiy soha uchun mablag'lar ajratishni to'xtatishini ma'lum qildi. Keyinroq, harbiy kredillarni to'xtatilishi siyosiy inqirozni juda keskinlashtirdi, qirnl hatto laxtdan vo/ kechishga ham tayyor turdi. Ammo prus yunkerlarining konservatik militaristlari boshqacha yo'l tutdilar. Ularning taklifi bilan 47 yoshli Otto fon Bismark 1862 yil 24 sentyabrda qirol tomonidan prezidcnt - ministr (bosh ministr) qilib tayinlandi.
Otto fon Bismark (1815-1898) kelib chiqishi va tabiatiga ko'ra haqiqiy y tinker edi. U butun umri davomida Prussiya taxtiga sodiqlik bilan xizmat qildi va Germaniyada Prussiya hukmronligini o'rnatish tarafdorlarini qo'llab-quwatladi. Bismark "men birinchi o'rinda prusman va undan keyin nemisman" degan iborasi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Bismark o'zining 1848-1849 yillar inqilobi davrida demokratiyaga qarshi chiqishlari bilan rna'lum bo'lgan edi. Uning "1848-1849 yillar inqilobining eng katta xalosi shu cdiki zamonning muhim masalalarini aksariyat nutqlar va qarorlar bilan emas, balki qilich va qon bilan yechiladi" degan iborasi Germaniyani birlashtirish uchun mayda va o'rtacha gcrman davlatlaridagi partikulyarlik va legitimistik qarshiliklarni, umrini yashab bo'lgan Germaniya ittifoqini va Avstriya ta'sirini tugatishni nazarda tutar edi. Chunki Bismark juda boy siyosiy va diplomatik tajribaga ega bo'lib, Germaniyam' birlashtirish arafasida mavjud bo'lgan ichki va lashqi siyosiy vaziyatni munosib baholab, mamfakatning iqtisodiy laraqqiyolini ta'minlash uchun siyosiy tarqoqlikka barharn berish lozimligini tushungan edi.
Xalq ommasining inqilobiy chiqishlaridan vahimaga tushgan burjuaziya Bismark hukumatiga yon berishga majbur bo'Idi.
1863 yil mayda sanoati rivojlangan Saksoniyaning Leyptsig shahrida liberal burjuaziyadan mustaqil holda Ferdinand Lassal boshchiligida "Umumgerman ishchilar ittifoqi" tuzildi, ittifoqning asosiy maqsadi ishchilarning umumiy saylov huquqini qo'lga kiritish orqali tinch yo'l bilan sotsializmga o'tish edi. F.Lassal uinumiy saylov huquqini joriy qilish haqida Bismark bilan muzokaralar ham olib bordi. German davlatlarida ishchilaming namoyishlari va professional harakatlari 1863-1865 yillarda o'zining eng yuqori bosqichiga yetdi. Harakat davomida nemis ishchilari orasida Avgusl Bebel (1840-1913) va Vilgelm Libknext (1826-1900) kabi siyosiy rahnamolar yetishib chiqdi. F.Lasaldan farqli rayishda V.Libknext va A.Bebcl Germaniyani "quyidan" - inqilobiy yo'l bilan birlashtirish orqali respublika o'rnatish uchun harakat qilib, Bismarkning "qilich va qon" bilan birlashtirish siyosatiga qarshi kurashdilar.