Italiyada 1848-1849 yillar inqilobi va uning yakunlari Italiyada siyosiy tarqoqlik va Avstriuaning milliy zulmiga qaramasdan. unda XIX asrning 30-40-yillarida kapitalistik munosabatlar taraqqiyoti ancha tezlashdi. Mamlakat shimolida sanoat rivojlandi, ko'pgina pomeshchiklar xo'jalik yuritishning kapitaiistik shakllaridan foydalana boshladilar. Biroq, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga hamon feodal munosabatlarning hukmronligi, va absolyutizm to'siq bo'lmoqda edi. Pomeshchiklar va cherkov juda katta yer mulklariga egalik qilar edi. Mamlakatning siyosiy jihaldan birlashmaganligi va ajnabiylar hukmronligi umumiy yagona bozorni vujudga kelishiga yo'l bermayotgan edi. Iqtisodiy jihatdan Italiya nafaqat Angliyadan, balki Fransiyadan ham ortda edi. Aholining 4\5 qismi qishloq xo'jaligida band bo'lib, u sof agrar mamlakat edi. Italiyaning markazi va janubida iqtisodiy jihatdan ancha qoioq bo'lgan pomeshchiklarning latifundiyalari ko'pchilikni tashkil qilar edi.
Italiyaning iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha ilg'or qismlari bu Sardiniya qirollogi tarkibiga kiradigan Pe'monl va Avstriya zulmi ostidagi Lombardiya edi. Italiyada XIX asrning 40-yillaridan temir uo'llar qurilishi, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida burjuaziyaning va xo'jalik yuritishning kapitalistik usullaridan foydalanayotgan pomeshchiklarning iqtisodiy qudratini oshishi ularga kapitalistik taraqqiyomi ta'minlash uchun mamlakatni birlashtirish lozimligini anglatdi. Italiya davlatlarining bojxona siyosati ham mamlakat savdo va sanoatining rivojiga g'ov bo'lmoqda edi. Chunki dvoryanlarning manfaatiga mos ravishda kuritilayotgan xorijiy mahsulotlar uchun boj soliqlarining miqdori juda past bo'lgan. Shuning uchun yirik burjuaziya va burjualashgan dvoryanlar islohatlarni talab qilayotgan edi. Dehqonlar feodal zulmi ostida nihoyatda czilgan bo'lib, ko'pchilik dehqonlar va hunarmandlar xonavayron bo'lmoqda edi. Italiya manufakturalari va fabrikalardagi ishchilarning ish haqlari past bo'lib, minglab ishchilar ochlikka hukm qilingan edi.
Avstriya zulmidan ozod bo'lmay turib, Ttaliyaning iqtisodiy yuksallshini va milliy tiklanishini ta'minlash mushkul edi. Yaqinlashib kelayotgan Italiya burjua inqilobining eng asosuy vazifasi mustaqillik uchun va davlatni hirlashtirish uchun kurash, shuningdek feodal munosabatlarni tugatish va mayda italyan davlallarida absolyutizmni ag'darish edi.
Shu maqsad uchun kurashda feodalizmga qarshi milliy kuchlar orasida ikkita siyosiy oqim: 1) mayda va o'rta burjuaziya, burjua ziyolilaridan iborat ilg'or toifalarga tayanuvchi "inqilobiy dcmokratlar" va 2) yirik savdo sanoat burjuaziyasi va burjuallashgan dvoryan -pomeshchiklarga tayanadigan "mu'tadil -liberallar" vujudga keldi. Inqilobiy-demokratlar oqimini 30-yillardan Juzeppe Madzini (1805-1872) boshqardi. 1831 yilda u "Yosh Italiya'" nomli maxfly inqilobiy tashkilot tuzdi. Bu tashkilotning siyosiy shiori "Birlik va respublika" edi. Tashkilot a'zolari mamlakatni quyidan, ya'ni xalq qo'zg'oloni va burjua-dcmokratik o'zgarishlari asosida birlashtirishga harakat qildilar. Madzini ijtimoiy islohotlar uchun emas, asosan, siyosiy maqsadlar uchun harakat qildi. Bu esa yer mulklari uchun kurashayotgan dehqonlarni ushbu harakatga jalb qilmadi.
Nissalik dengizchi Juzeppe Garibaldi (1807-1882) 1833 yilda t!Yosh Italiya" jamiyatiga a'zo bo'ldi. Garibaldi keyinchalik Madzini kabi inqilobiy xalq harakatining rahbarlari darajasiga o'sib etdi.
"Mo''tadil liberal oqim'" 40-yillarda, asosan, Italiya shimolida faoliyat ko'rsatdi. Bu oqim Italiyani inqilobiy yo'l bilan "Quyidan" birlashtirishga yo'l qo'ymaslikka va llaliyani Rim papasi boshchiligida yoki Sardiniya qirolligi bosbchiligida italyan davlatlari federasiyasiga aylantirishga harakat qildi. Sardiniya qirolligi taxtida o'tirgan Savoyilar sulolasi vakillari burjua islohotlarini amalga oshirishga moyillik bildirayotgan bo'lib, ularning Italiya liberallari orasida nufuzi baland edi. Abbat Jobeti Italiyani papa boshchiligida birlashtirish harakatiga, Pemontlik markiz d'Azlio va graf Kavur Italiyani Sardiniya qirollogi boshchiligida birlashlirish harakatiga boshchilik qildilar. Kavur 1847 yilda "Uyg'onish" (Risorgimento") nomli siyosiy-iqtisodiy gazeta chiqara boshladi. "Risorjimento" harakati Italiyada XVIII asrning oxirlarida paydo bo'lgan bo'lib, italyan xalqining ma'naviy va siyosiy hayotini yangilashga yo'nallirilgan harakatini anglatar edi.
Appenin yarim orolida qurg'oqchiliklar, iqtisodiy inqiroz oqibatida 1 846-1847 yillarda xalq ommasining norozilik harakati va burjuaziya orasida muxoliflik kayfiyati kuchayadi.
1847 yil iyunda papalik taxtiga arxiepiskop Maston -- Feretti o'tirgach, muxolifat yanada faollashdi. Piy IX nomini qabul qilgan yangi papa liberallarga yaqin bo'lib, avstriyaliklarga ashaddiy dushman edi. Piy IX haqiqatdan ham yirik burjuaziya va dvoryanlarning liberal doiralariga yon bosdi, Rim viloyatida senzurani biroz yumshatdi, siyosiy avf e'lon qildi, alohida provinsiyalarning vakillaridan iborat davlat kcngashi (konsult)ni ta'sis etdi. Muxolifat kuchlarini bo'lib yuborishga va inqilobni oldini olishga qaralilgan papaning bu kabi islohotchiiik siyosati liberallar tomonidan zavq-shavq bilan kutib olindi.
Italiya davlatlarida amalga oshililgan islohotlar inqilobiy harakatlarni to'xtatib qoia olmadi. Ilaliyada dastlabki inqilobiy chiqishlar 1848 yilning 12 yanvarida Sitsiliya orolida boshlandi. Keyinchalik u Italiyaning janubiga va keyin Neapolga ham yoyildi. Xalq harakatining bosimi ostida qirol liberal minisrtliklar tashkil qilib, konstitutsiya joriy qilishga va'da berdi.
Fevral-mart oylarida Toskana, Pemont va Rim viloyatida ham inqilobiy harakatlar boshlandi. Bu hududlarda ham liberal ministrliklar tuzilib, ancha mo'tadil tabiatli konstitutsiyalar qabul qilindi. 18-22 mart kunlari Milan aholisi Avstriya qo'shiniga qarshi qahramonona kurash olib borib, g'alaba qildi. Lombardiyada hokimiyat muvaqqat hukumat qo'liga o'tdi. Milan voqealari bilan bir vaqtda Venetsiyada ham avstriyaliklarga qarshi xalq qo'zg'oloni g'alaba qilib, Venetsiya o'zining mustaqilligini e'lon qildi.
Lombardiyada muvaqqat hukumatni mu'tadil liberalchi graf Kavur boshqardi. U Sardiniya qiroliga murojaat qilib, Lombardiyaga zudlik bilan qo'shin kiritishni so'radi. Qo'zg'olonehilar ommasining talabi bilan Sardiniya qiroli Karl Albert Avstriya qo'shiniga qarshi harbiy harakatlar boshladi. Qirol Karl Albert xalq ommasining kuchidan to'liq foydalangan holda inqilobiy urush olib borishga qo'rqdi. Bu esa Avstriyaga qarshi urush harakatlarining borishiga salbiy ta'sir qildi.
Milliy ozodlik harakati joylarda xalq ommasining pomeshchik va kapilalistlariga qarshi chiqishlari bilan davom etdi. Bu ko'pchilik italyan davlatlarining hukmdorlarini tashvishga soldi. Endi ular Avstriyaga qarshi kurashni to'xtatib, inqilobni bostirishga kirishdilar.
Papa Piy IX 29-apreldagi "murojaati"da Avstriya bilan jang qilmasligini e'lon qildi. 15 mayda Heapolda Ferdinand II inqilobga qarshi davlat to'ntaruvi qilib, dcputatlar palatasini tarqatib yubordi. Heapolilaniya qirolining avstiiyaliklar bilan jang qilish uchun jo'natilgan qo'shinlari chaqirib olindi. Qarshi hujumga o'lgan Avstriya qo'shinlari 1848 yil 24-25 iyul kunlari Kustots ostonasida bo'lgan janglarda Sardiniya qo'shinini butunlay tor-mor etdi. 9 iyul kuni Karl Albert Avstriya bilan sulh shartnomasi imzoladi. Unga ko'ra, Lombardiya Avstriyaga qaytarildi. Moden va Parmada Gabsburglar xonadoni vakillrining hokimiyati qayta tiklandi.
Avstriya qo'shini tomonidan Milanni egallanishi bilan Italiya inqilobining birinchi davri nihoyasiga etdi. Biroq, Venesiyada Manini boshchiligidagi triumvirat* Avstriyaga qarshi urushni davom ettirdi.
Toskana va Rim viloyatida umum Italiya Ta'sis majlisini chaqirish haqidagi talab bilan chiqishlar kuchaydi. Hunarmand Chicherovakkio Rimdagi demokratik klublarda respublika g'oyasini targ'ib qildi. O'zining harbiy leginerlari bilan Rim viloyatiga kelgan J. Garibaldi ham respublika o'rnatish tarafdori edi. 1849 yilning 21 yanvarida Rimda Ta'sis niajlisi uchin saylov bo'lib o'tdi. Garibaldi taklifi bilan majlis papani dunyoviy hokimiyatdan mahrum qildi va respublika o'rnatdi. Shundan so'ng katolik ordenlari va monastir mulklarini musodara qilish, ruhoniylarning siyosiy imtlyozlarini bckor qilish.
Trimvirat - davlat ishlariga rahbarlikni qo'lga kiritish maqsadida uchta nufuzli siyosiy va harbiy arbobning ittifoqi inkvizilsiya va cherkov sudlarini lugatish, ilg'or daromad solig'ini joriy qilish kabi islohotlar e'lon qilindi.
Rim respublikasining e'lon qilinishi qo'shni Toskanada ham demokratik harakatlarni kuchaytiradi.Gersog Leopold II poytaxt Florensiyadan qochdi. Toskanada muvaqqat hukumat tuzilib, ta'sis majlisiga saylov o'tkazildi. Majlis respublika o'rnatilganligini e'lon qildi.
Italiya vatanparvarlari lombardiya va Venetsiya uchun kurashni davom ettirishni talab qildilar. Jamoatchilik fikrini bosimi va tojdan mahrum bo'lish xavfi ostida, 1849 yilning 12 martida Sardiniya qiroli Karl Albert Avstriyaga qarshi urush harakatlarini boshladi. U urushni umummilliy urushga aylanishini xohlamay, urush boshlangantigi haqida Rim respublikasi va Venetsiyani xabardor qilmadi. 23 martda Karl Albert qo'shini avstriyaliklar tomonidan tor-mor etildi. U tezda o'g'li Viktor Emmanuil foydasiga taxtdan voz kechib. mamlakatdan qochdi. Sardiniyaning yangi qiroli Viktor Emmanuil II mag'lubiyatdan so'ng Avstriya bilan ikkinchi sulh bilimini imzoladi.
Shimolda Gabsbyrglarning g'alabasi ilgarigidek butun yarim orolning siyosiy ahvoliga ta'sir o'tkazdi.
Sitsiliyada Ferdinad II hokimiyati, Toskanada gersoglik hokimiyati qayta tiklandi.
18 fevralda Piy IX Avstriya, Jspaniya va Fransiya hukumatlariga murojaat qilib, Rim viloyatida papaning dunyoviy hokimiyatini tiklashga yordam berishini so'radi. Rim respublikasi hukumatining ijtimoiy iqtisodiy dasturini cheklanganligi, ko'pchilik islohotlarning qog'ozda qoiib ketganligi, respublikani himoya qilish kurashiga xalq ommasini jalb eta olmadi.
Toskanaga Avstriya qo'shinlari kiritildi, 24 aprelda Rim yaqiniga pre/ident Lui -Napoleon Bonapart yuborgan frantsuz qo'shinlari kelib tushdi. Fransiya Rimda inqilobiy harakatlarni bostirib, Avstriyaga qarshi muvozanatni saqlash uchun Rimni egallamoqchi edi. May oyida Italiyaga Jspaniya qo'shini ham tushirildi.
Garibaldi boshchiligidagi respublikachilarning frantsuz hukumati bilan kclishishga intilishi xalq orasida hukumat nufuzini tushurib yubordi. 1849 yil 3 iyulda frantsuz qo'shinlari Rimni egallab, papa hokimiyatini qayta tikladi. Madzini va boshqa respublikachilar xorijga qochdilar. Garibaldi legionerlarining katta harbiy olryadi Venetsiya respublikachilariga yordam berish uchun shimolga yurish boshladi. Biroq, Venetsiyaga etmasdanoq, Avstriya qo'shinlari bilan bo'lgan to'qnashuvlar natijasida Garibaldi qo'shini tor-mor etildi.
Garibaldi yurishining mag'lubiyati va 22 avgustda Venetsiya respublikasini Avstriya qo'shini tomonidan egallanishi bilan Italiyada inqilob tugadi.
Italiya inqilobi mag'lubiyatining asosiy sabablari sifatida 1848-1849 yillardagi tashqi omillarning ta'siri, ya'ni, Fransiya, Avstriya va Ispaniyaning Italiya inqilobini bostirishda ishtirok etganligini, inqilobiy kuchlarni birlashmaganligini va Italiya davlatlari hukmdorlarining Avstriyaga qarshi urushdagi qat'iyatsizliklarini ko'rsatish mumkin. Inqilobning mag'lubiyati Italiya birlashtirilishini bir necha yilga kechiktirdi.