Tayanch tushunchalar: 1848-1849 yillardagi inqiiobdan so'ng Italiya. J.Madzini. J.Garibaldi. "Milliy jaraiyal". Mo':tadil liberallar. Italiyani birlashtirish yo'llari. Graf Kavur. Plomberdagi maxfiy muzokaralar. Avstriyaga qarshi urush. Villafranka sulhi. "Minglar yurishi". Neapolitaniyadagi plebistsit. Italiyaning birlashtirilishi. J.Garbaldinining Rimga yurishlari. Veno’siya va Rimni qo'shib olinishi.
XIX asrning o`rtalarida Italiyani birlashtirish uchun kurash Italiyada 1848-1849 yillardagi inqilobning bosh vazifasi Germaniyadagi kabi siyosiy jihatdan tarqoq bo'lgan Italiya davlatlarini ajnabiylar hukmronligidan ozod qilish va ularni yagona milliy davlatga birJashtirish edi. biroq, inqilob bu vazifani bajara olmadi. P'emont qiroli Karl Albert Lombardiya va Veno’siya viloyatlarini ozod etib, P'emont boshchiligida Shimoliy Italiyani birlashtirish maqsadida 1848 yilning mart-avgusti davomida Avstriyaga qarshi olib borgan birinchi va 1840 yilning martidagi ikkinchi urushi muvaffaqiyatsiz tugadi.
1848-1849 yillardagi inqilob saboqlarini tanqidiy tahlil qilish jarayonida demokratlar va mo"tadillar o'rtasida milliy ozodlik va mamlakatni birlashtirish uchun kurash usullari haqida, unda cherkov, monarxiya va xalq oinmasining o'rni to'g'risida, milliy va jjtimoiy vazifalarning o'zaro munosabati haqida qizg'in munozaralar bordi. J.Madzini qo'zg'olonlar asosida yangi inqilobni keltirib chiqarishga harakat qildi. Lining ishtirokida 1853 yil Milanda ko'tarilgan qo'zg'olon, 1857 yil esa, Madzini boshchiligida Sitsiliyaga yuborilgan qurolli ekspeditsiya ham muvaffaqqiyatsiz bo'ldi. Shundan so'ng Madzini Italiyada endi paydo bo'lgan ishchilar harakatidan demokratiya va milliy mustaqillik uchun kurashda foydalanishga harakat qildi. Demokratlarning bir qismi "Madziniznf'dan voz kechib, Ttaliyadagi inqilobning istiqbollari va imkoniyatlarini turlicha tahlil qilib, sensimonizm/ anarxizm va federalizmni yoqladilar.
.I.Garbaldi va boshqa bir guruh demokratlar J.Madzini va lining tarafdorlaridan farqli holda miiliy mustaqillik va mamlakatni birlashtirish uchun demokratlarning liberal doiralar va Savoyi sulolasi bilan jips ittifoqcbiligi zarur, degan xulosaga keldilar. 1857 yilda Garibaldi P'emont liberallarining tashabbusi bilan tashkil qitingan "Milliy jamiyat" ning vitse-prezidenti qilib tayinlandi.
Benzo Kamillo Kavurning Italiyani birlashtirishdagi xizmatlari
XIX asrning o'rtalarida Italiyada liberalizmning asosiy markazi P'emont bo'lib qoldi. Qirol Viktor Emmanuil ommaviy inqilobiy harakatlarning takrorlanish ehtimolidan tashvishga tushib liberallar bilan hamkorlik qildi.
1852-1861 yillarda Pe'montning premer-ministri graf Benzo Kamillo Kavur liberal doiralarning mashhur vakili edi. Ajoyib siyosatchi va parlament kelishuvlarining tashabbuskori bo'lgan Kavur qirolga turli reaktsion kuchlarning bosimi va ta'sirini neytrallashga muvaiTaq bo'ldi. Boshqa arboblardan farqli ravishda Kavur Italiya, vatanpvrvarlari oldida turli asosiy maqsadga erishish ya'ni, Italiyani birlashtirish uchun mamlakatga kuchli iqtisodiy rivojlanish zarur ekanligini tushunib yetdi. Lining lashabbusi bilan 50-yillarda P'emontda temir yo'llar, irrigatsiya kanallari, ko'priklar qurilishi jadal bordi. Natijada savdo floti, qishloq xojaligi, to'qimachilik sanoatirmg rivoji uchun qulay sharoitlar yaratilib, Pe'montning tashqi savdosi ancha kengaydi.
Kavur Savoyya sulolasining manfaatlarini milliy ozodlik kurashi va Italiyani birlashtirish vazifasi bilan muvofiqlashtirishga harakat qildi. Tashqi siyosat bobida Kavur Avstriyaga qarshi kurashish uchun buyuk davlatlarning yordamidan foydalanishga intildi. Shu maqsadda P'emontning 15 ming kishilik harbiy korpusi 1853-1856 yillardagi Qrim urushi davomida Rossiyaga qarshi Angliya Fransiya va Turkiya tomonidan lurib urush qildi. Sbu davrdan P'emontning Fransiya bilan yaqinlashishi davri boshlandi. 1858 yilning iyulida Plomber shahrida Lun Napoleon III va Kavurning maxfiy uchrashuvi uyushtirildi. Linda Napoleon III kelgusida P'emontning Fransiya bilan birgalikda Avslriyaga qarshi urushda qatnashishga rozilik bildirib, Italiyaning shimoliy qismini P'emont boshchiligida birlashtirish va butun Italiya hududida papa boshchiligida Italiya konfederatsiyasini tuzish harakatini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Sunday iltifot uchun Kavur Napoleon III ga Italiyaning Fransiyaga chegaradosh bo'lgan Nitstsa va Savoyya viloyatlarini (bu viloyatlarning aholisi asosan frantsuzlardan iborat edi) luhfa qilishga va'da berdi. Fransiya imperatori O'rta Yer dengizi havzasida markazlashgan yagona Italiya davlatini tashkili topishi uchun emas balki Italiya hisobidan Fransiya hududini kerigaytirish va Italiyada Avstriyaning mavqeini oshirish maqsadida Avstriyaga qarshi urushda Pemont bilan ittifoqchilik qildi.