O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Germaniyada 1848-1849 yillar inqilobi, uning borishi



Download 2,34 Mb.
bet81/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Germaniyada 1848-1849 yillar inqilobi, uning borishi
va natijalari
XIX asrning 30-40-yillarida Gcrmaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, o'rta asrlar davridan meros qolib kelayotgan feodalizm qoldiqlarini va eng asosiysi, siyosiy tarqoqlikni tugatmasdan turib, mamlakalning ishlab chiqarish kuchlarini o'sishiga va mamlakatni birlashlirishga crishib bo'lmasligini ko'rsatdi. 40-yillarning oxirlarida burjuaziya muxolifatini kuchayishi va xalq ommasining norozilik harakatlarini ko'tarilishi siyosiy ahvolni yana keskinlashayotganligidan dalolat berdi. Fransiyada respublika eMon qilinishi haqidagi xabar, Germaniya davlatlarida inqilobiy harakatlarni boshlanishiga turtki bo'ldi.
Baden gersorligida xalq namoyishlari 1848 yil fevraldayoq boshlandi. Namoyishchilar palataga taqdim etgan talabnomada matbuot, majlis erkinligi,xalq militsiyasi,umumgerman Ta'sis majlisini chaqirish haqidagi xalqning qat'iy talablari aks etdi.Vahimaga tushgan gertsog Leopold bu lalablarning aksariyatini qondirishga majbur bo'ldi.
Mart oyida Prussiyada ham xalq ommasi demokralik islohotlarni talab qilib chiqdi.Berlinda xalq ommasining politsiya va hukumat qo'shini bilan qurolli to'qnashuvlari boshlandi. 18-mart kuni qirol konstitutsiya joriy qilish haqida farmoyish chiqardLalohida farmoyish bilan senzura bekor qilindi.Qirol Fridrix Vilgelm IV liberal ministirlardan iborat yangi hukumat tuzdi. Bu hukumat ayrim burjua islohotlarini amalga oshirish bilan qirol hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi.Prussiyadagi mart voqealari larixga "Mart inqilobi"nomi bilan kirdi.
Germaniya davlatlarida xalqning norozilik harakatlari burjuaziya orasidatezroq umumgerman Ta'sis majlisini chaqirish fikrini tug'dirdi. 31-martdan 3-aprelgacha bo'lgan muddatda Frankfurt-na-Maynida german davlallari vakillarining parlament oldi majlisi (Syc'zdi) chaqirildi.Sye'zd majlis uchun saylovlar o'tkazishga qaror qildi.
1848-yil parlamentga saylovlar bo'lib o'tdi.!848-yil 18-may kuni Frankfurlda parlament Markaziy Germaniya hukumatini tuzdi. Germaniya impcriyasining muvaffat noyibi lavozimiga Avstriya erts gersgi logann saylandi, liberal ministrlardan iburat hukumat tuzildi, Markaziy hukumat Germaniyada real hokimiyatga ega bo'lmasdan, hokimiyat amalda alohida german davlatlarining monarxlari qo'lida qolaverdi.
Parlament tuzgan maxsus komissiyaning feodal soliq va majburiyatlarini bekor qilish, savdodagi soliq turlarini tugatish, mehnat qilish huquqini joriy qilish haqida olib borgan' uzoq muzokaralari mustamlakachilikni qo'llab-quvvatlab.Poznanni bo'lg'o'si Germaniya imperiyasining ajralmas tarkibiy qismi deb hisobladi.
1848-1849 - yillarda (iermaniya davlatlarida bo'lib o'tgan inqilobning bosh masalasi Germaniyani birlashlirish edi.Germaniyani birlashtirishnig 2 ta yo'H mavjud bo'lib,ulardan biri - xalq ommasining inqilobiy harakatlari bilan "quyidan" birlashtirish yoki Germaniya davlatlari orasidagi yirik davlatlar (Avstriya,Prussiya) ning biri boshchiligida iLyucloridan'' birlashtirish edi.
Shimoliy german davlatlari burjuaziyasining aksariyati Prussiya boshchiligida Avstriyasiz ;'Kichik Germaniya"imperiyasini tuzishgajanubi-g'arbiy german davlatlarining burjuaziyasi esa iqtisodiy jihatdan qudratli bo'lgan prussiya burjuaziyasining raqobatidan cho'chib.Avstriya ham qo'shilgan "Buyuk Germaniya" imperiyasini tuzisbga harakat qildilar. Keyingisiga Avstriya imperiyasining burjuaziyasi ham intilmoqda edi.
Frankfurt parlamentining demokratik so'I oqimi Germaniya federativ respublikasini tuzishga harakal qildilar.
Daniya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan Shlezvig va Golshteyn gertsogliklarida mart oyida qo'zg'olon boshlanib,mazkur gertsogliklarda muvaqqat hukumat tuzildi.Bu gertsogliklar aholisi asosan nemislardan iborat bo'lib,muvaqqat hukurnat Daniyadan ajralib chiqish uchun german davlatlaridan yordam so'radi. Xalqni inqilobiy harakatlardan chalg'itish maqsadida Prussuya Daniyaga harbiy qo'shin kiritdi. Tezda bu 2 gersoglik Daniyadan ajratildi, biroq Rossiya, Angliya va Fransiyaning aralashuvi bilan Shvetsiyaning MaPmyo shahrida kelishuv bitimi imzolandi. Bu bitimga ko'ra mazkur xalqaro nizo echilmaguncha Prussiya qo'shinlari Daniyadan chiqib ketishi lozim edi.
Germaniyani birlashtirishning maqsad va vazitalari mazkur kelishuv bitimini tuzishni taqozo etar edi, aks holda. u german davlatlarining Rossiya, Angliya va Fransiya bilan to'qnashuvini kcltirib chiqarar edi. Shuning uchun 16-sentyabr kuni Frankfurt parlamenti Mal'myo kelishuv bitimini ma'qulladi. Bunga qarshi xalq ommasining Frankfurt-na-Mayneda yangidan norozilik chiqishlari hoshiandi, lekin, u Prussiya va Avstriya qo'shinlari tomonidan tezda bostirildi.
1848 yilning kuz fasliga kelib, Germaniya davlatlarida hukumatlarning inqilobga qarshi kuchlari ustunlikni qo'lga kirita boshladilar. Vena qo'zg'oloni bostirilgandan so'ng, Prussuya qiroli Fridrix Vilgclm IV inqilobning eng ashaddiy dushmanlarini ministrlik lavozimlariga tayinlay boshladi. Ichki ishlar ministri qilib O.Manteyfel tayinlandi. 1848 yil 9 noyabrda qirol Ta'sis majlisi yig'ilishini Berlindan aholisining soni kamroq bo'lgan provinsiai shahar Brandenburgga ko'chirish haqida farmoyish chiqardi. Bu voqelik 9 noyabr davlat to'ntaruvi nomi bilan ataldi. 5-dekabrda Millal majlisini bekor qilinganligi haqida farmoyish chiqdi. Bu konstilutsiya keyinchalik Manteyfel konstitutsiyasi deb ataldi. Konstitutsiya mart inqilobi qo'lga kiritgan yutuqlarmng ko'pchiligini saqlab qoldi. Biroq, u qirolga qonun chiqaruvchi palatalarning bar qanday qarorini bekor qilish huquqini berdi.1849 yil 30 maydagi saylov haqidagi yangi qonun Prussuyada yana senzti saylovni joriy qildi. 1850 yil 2 martida dehqonlarning mayda fcodal soliq va majburiyatlari bekor qilindi.
1849 yil 28 martda Frankfurt parlamenti imperiya konstitusiyasini qabul qildi. Unga ko'ra, Germaniyada meros o'tuvchi imperator hokimiyati va ikki palatadan iborat reyxo’ag joriy qilindi. Konstitusiya xalqqa qonun oldida barchaning tengligi, shaxs va xususiy mulkning daxlsizligi va bosgqa burjua erkinliklarini berdi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish