O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


XIX asrning 506 – 60 yillari boshida German davlatlarining ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy ahvoli



Download 2,34 Mb.
bet89/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

XIX asrning 506 – 60 yillari boshida German davlatlarining ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy ahvoli
Germaniyada 1848-1849 yillar inqilobi o'zining bosh vazifasi siyosiy jihatdan tarqoq Germaniya davlatlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirish masalasini hal qilmadi. Avstriya va Prussiya gerrnan davlatlari orasida hukmronlik qilish uchun o'zaro kurashni davom ettirdilar.
Bu borada 1849 yili Prussiya ayrim muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. May oyida Prussiya. Gannover va Saksoniya "Prussiya uniyasi" yoki "Uch qirol uniyasi" deb atalgan ittifoq tuzdilar, keyin unga yana Germaniyaning 28 ta katta kichik davlallari ham qo'shildi. 1850 yil marlida bu yangi ittifoqning ta'sis majlisi chaqirilib, u ittifoq konstitutsiyasi loyihasini muhokama qildi.
Inqilobni butunlay bostirishga crishgan Avstriya Rossiyaning qo'llab-quvvatlashi bilart Prussiya boshchiligida bunday ittifoq tuzilishiga e'tiroz bildirdl. Nihoyat, Prussiya va Avstriya vakillari bilan Rossiya podshosi Nikolay I 1850 yil oktyabrda Varshavada qilgan suhbatida Avstriyani quwatlashini qat'iy ravishda ma'lum qildi. Prussiya Germaniya davlatlari orasida hukmronlik uchun o'zining davolaridan voz kechdi. Noyabr oxirida Prussiya Avstriya bilan Olmyutsda Avstriya boshchiligida sobiq Germaniya ittifoqini tiklash haqida bitim imzoladi. Germaniya davlatlarini Prussiya boshchiligida birlashtirish uchun bo'lgan dastlabki urinish shu tarzda natijasiz tugadi.
1850 yil dekabrda Manteyfel prezi dent-mini str lavozimiga o'tishi bilan Prussiyada rcaktsiya davri boshlandi. 1851 yil oktyabrda Prussiya qiroli konstitutsiyani bekor qilib, ochiq ravishda absolyutizmni mustahkamlashga kirishdi. Germaniyaning boshqa davlatlarida ham reaktsiya boshlandi. 10 yil davom etgan og'ir siyosiy zo'rlik davri, Germaniya davlatlarini inqilobdan oldingi holatga qaytara olmadi. Germaniya feodal munosabatlarni tugatib, burjua yangilanishlari yo'liga o'tdi. 1857-1859 va 1866-1867 yillardagi iqtisodiy inqirozlarga qaramasdan Germaniyada sanoat to'ntaruvi muvalTaqiyatli ravishda amalga oshirildi. Dunyoning qudratli sanoat mamlakatlari orasida Angliya va AQSh dan so'ng 3-o'rinni egalladi. Germaniyada sanoat rivojlanishining bosh sababi qishloq xo'jaligida feodal munosabatlarni tugallanganligi edi.
1850 yil 2 martda Prussiyada dehqonlarni feodal majburiyatlardan to'lov asosida ozod qilish to'g'risida farmoyish chiqdi. 50-yillarda Germaniyaning Vyurtemberg, Baden, Gessen, Saksoniya kabi bir qator davlatlarida ham agrar islohotlar o'tkazildi. 1834 yilda Prussiya pariamenti uchun bo'lgan saylovlarda liberallar g'alaba qildi. Libcrallarning barcha oqimlari Germaniyani birlashtirish uchun kurashdilar.
Bu davrda Germaniyani birlashtirishning ikki yo'H mavjud bo'lib. biri "quyidan'" -xalq ommasining knyazlik sulolalarining hukmronliklariga qarshi inqilobiy kurashi asosida birlashtirish bo'lsa, ikkinchisi Germaniya davlatlarini Avstriya yoki Prussiya boshchiligida -"yuqoridan" birlashtirish edi. Keyingisi sulolalararo urushiar diplomatik muzokaralar va kompromisslar asosida amalga oshirilar edi.
1859 yil xalqaro siyosiy inqiroz yuz berdi. Itatiya shimolini. Gabsburglar hukmronligidan ozod etish uchun Avstriyaga qarshi Fransiya va P'emont urush boshladi. Fransiya tomonidan Reynning so'l qirg'oqlaridagi german yerlarini bosib olish xavfi tug'ildi, chunki Napoleon III mazkur hududni Fransiyaning qonuniy mulki, deb bilar edi. Germaniyaning mustaqilligi va uni birlashtirish istiqboltari xavf ostida qoldi, urush tezda Avstriyaning mag'lubiyati bilan tugadi. Avstriya Fransiya - Sardiniya urushida Italiya liberal burjuaziyasining g'alabasi Germaniyani Prussiya Gogenlsollernlari hukmronligi ostida birlashtirish tarafdorlari bo'lgan ncmis liberallarini ruhlantirdi. 1859 yil nemis ishchilarining ma'rifatchilik fereyentari tuzildi.
1859 yilning kuzida shimoliy german davlatlarining burjuaziyasi gannoverlik advokat Bennisen boshchiligidagi "Milliy ittifoq" deb atalgan siyosiy tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot german daviatlarini Avstriyasiz Prussiya hukmronligida birlashtirishga harakal qildi. Bu german davlatlarini birlashtirishning "Kichik germaniya" tuzish rejasi deb ataladi.
''Kichik Germaniya" rejasi Baden, Vyurtemberg, Bavariya kabi davlatlarda qo'Ilab qo'vvallanmadi. Chunki bu german davlallari aholisining azaldan prus amaldorlari va zobitlariga nafrati kuchli edi. Bundan tashqari, u yerlardagi burjuaziya sanoat sohasida ancha zaif bo'lib, prus burjuaziyasining iqtisodiy raqobatidan hayiqar edi. Shuning uchun janubiy German davlatlari o'z mustaqilligini saqlab qolishga harakat qildi. 60-yillarning boshlaridan mazkur german davlatlari o'zlari uchun nisbatan havfsizroq deb bilgan Avstriya bilan yaqinlasha boshladilar. Bavariya liberallarining tashabbusi bilan avstriya boshchiligida "Buyuk Germaniya" tuzish tarafdorlari 1867 yilda Milliy ittifoqqa qarshi "Islohotlar ittifoqi"ni tuzdi.



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish