O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Shimoliy Germaniya Ittifoqining tuzilishi va Germaniyaning birlashtirilishi



Download 2,34 Mb.
bet92/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Shimoliy Germaniya Ittifoqining tuzilishi va Germaniyaning birlashtirilishi
Avstriya mag'lubiyatidan so'ng Germaniya ittifoqi tarqatib yuborilib, Prussiya 1867 yil boshida qabul qilingan ittifoq konstitutsiyasiga muvofiq butun hokimiyat prezident Prussiya quroli Vilgelm I ning meros o'tuvchi hokimiyati ostiga o'tdi. Bavariya, Vyurtemberg, Baden va Gessen-Darmmtadtdan iborat Janubiy Germaniya davlatlari vaqtincha mustaqillikni saqlab qoldi. Biroq, keyinroq Prussiya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi.
Ycvropa davl at! arming hech biri Prussiyaning tajovuzkorona ravishda Germaniya davlatlarini birlashtirish siyosatiga qarshi chiqmadilar. Ular german davlatlaridagi inqilobiy harakatlarni faqat Prussiya boslirishga qodir deb o'ylab unga erkin tashqi siyosiv faoliyat yuritish imkoniyatini berdi.
Bismark 1865 yilda yozganidek: "hech qanaqa german xalqi yo:q bizning siyosatimiz Germaniyaning Prussiyaga aylantirishdan iborat" degan shiorga amal qilib 1866 yil urush nihoyasida Prussiya lashqi siyosatining so'nggi maqsadlarini ochiq bayon qildi. Prussiyadagi tartib qoidalar majburiy ravishda butun Shimoliy Germaniya ittifoqiga joriy qilina boshlandi. Ittifoq prezidenti Vilgelm Ittifoq armiyasining bosh qo'mondoni bo'lib, u urush e'lon qilish va sulh tuzish ittifoq boshqaruvidagi lavozimlarga nomzodlarni tayinlash va vazifasidan ozod qiiish ittifoqning qonun chiqaruvchi palatasini o'z xohishiga ko'ra chaqirish yoki yuborish, uning qarorlariga veto (taqiq) qo'yish va o'zining o'rinbosari-ittifoq kantsleri lavozimiga nomzodni tayinlash vakolatlariga edi. Ittifoq kantsleri doimiy ravishda Prussiya fuqarolaridan tayinlanib, u ittifoq kengashi deb ataluvchi yuqori palatada raislik qilgan. Bu kengash ittifoqqa a'zo bo'lgan davlatlarning vakillaridan iborat bo'lib, uning 43 ta vakillaridan 17 tasi Prussiyaga tegishli edi. Qo'yi palata reyxstag esa 297 la deputatdan iborat bo'lib, u umumiy saylov asosida saylashgan quyi palata qonunlarni va byudjetlash huquqiga ega bo'lgan xolos. Ittifoqga kirgan alohida davlatlar o'zlarining monarxlarini konstitutsiyasi sudlari va byudjetini saqlab qolgan. Biroq ular ittifoq bayrog'i sifatida Prussiyaning oq-qora va quyi qismida qizil chiziq tortilgan bayrog'ini qabul qildilar va Prussiya hukmronligini e'lirof etdilar.
Germaniyani yuqoridan birlashtirish jarayonidagi muvaffaqiyatlar, Avstriya va Daniya ustidan qozonilgan g'alabalar, konstitutsiyayiy nizo paydo bo'Igandan buyon Prussiyada Bismarkka qarshi muholiflikda turgan liberal burjuaziya-progressistlar Bismark oldida tiz cho'kishga majbur qildi.
1866 yil kuzida burjua progresstsstlar partiyasi safida bo'linish yuz berdi. Ittifoq ro'yxatiga va Prussiya davlatida burjuaziyaning Bismark siyosatlni yoqlovchi nisbalan kattaroq qismi yangi partiya milliy liberallar partiyasini tuzdi.
A.Bebei va V.Libknextlar 1868 yil ochiqdan-ochiq marksizm pozitsiyasiga o'tganligini e'lon qildilar. A.Bebei va V.Libknextlar tashabbusi bilan shu yil kuzida Pyuriberi shahrida nemis ishchilari itlifoqining s'ezdi chaqirildi S'ezd sotsialistik dastur qabul qilib, inlernatsional (xatqaro ishchilar harakati)ga qo'shilish uchun qaror qabul qildi.
1869 yil 7-9 avgustda Eyzenaxda umumgerman ishchilar kongressi chaqirildi. Unda lassachilar ishchi fereynlari kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar birlashtirilib, > A.Bebei va V.Libknextlar tomonidan "Germaniya demokratik ishchilar partiyasi" tashkil etildi.
1866 yilgi urushdan so'ng Shimoliy Germaniya ittifoqi tuzilishi bilan Germaniyaning milliy birlashtirilishi, asosan, nihoyasiga yetdi. Biroq, Germaniyani tuliq birlashlirish uchun Bismarkka yana bitta g'alaba kerak edi. Bu g'alaba german davlatfarini Rossiya boshchiligida birlashtirishga jon-jahdi bilan qarshilik ko'rsatayotgan Fransiya ustidan bo'lishi lozim edi.
60-yillarning oxirlarida Fransiyada boshlangan siyosiy inqirozdan chiqish yo'lini Napoleon III Prussiyaga qarshi urushda ko'rdi. 1869 yil kuzida Bismark "Sllimoliy Germaniya ittifoqining Fransiya bilan urushini imtihoni shunchaki bor emas, balki shunday urush uning uchun juda zarurdir" degan edi.
1870 yilda Fransiya va Prussiya boshchiligidagi german davlatlari o'rtasida urush boshlandi. Urushda german davlatlari g'alaba qildi, biroq sulh shartnomasi imzolanmasdan turib, 1871 yilning 18 yanvar kuni Versalda Germaniya imperiyasining tuzilganligi. Purssiya qiroli Vilgelm II Germaniya imperiyasining imperatori deb e'lon qilindi. Fransiya - Germaniya urushi Germaniyaning birlashtirilishini nihoyasiga yetkazdi.



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish