O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Bismark tashqi siyosatining muvaffaqiyatlari



Download 2,34 Mb.
bet91/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Bismark tashqi siyosatining muvaffaqiyatlari
Yevropa markazida yangi qudratli davlatni paydo bo'lishida Prussiya maniaatiga mos keladigan qulay tashqi siyosiy vaziyat yuzaga kelgan edi. Prussiya boshchiligida Germaniya davlatlarini birlashtirishga faqat Avstriya va Fransiya qarshilik ko'rsatayotgan edi. Rossiya podshosi Alcksandr 11 Prussiya bilan avvalgidek, Yevropada inqilobiy xavfga qarshi hamkorlikda kurash olib borishda, Sharqda o'zining mavqeini mustahkamlashda va 1856 yilgi Parij sulb shartnomasini qayta ko'rib chiqish uchun uning yordamiga umid qilmoqda edi. Angliya hukumati yangi Germaniya davlatini Yevropada hukmronlik uchun da'vo qilayotgan Fransiyaga qarshi munosib raqib bo'Hshini istayotgan edi. Shuning uchun mazkur davlatlar va Yevropaning boshqa davlatlari ham Prussiyani birlashtirish siyosatiga qarshi munosabat bildirmadilar.
Bismark davlat to'ntaruvi qildi, armiyani qayta tashkil etish uchun byudjetdan tashqari mablag' ajratdi, maxsus farmoyish bilan matbuot erkinligi cheklandi, muxolif amaldorlar lavozimidan bo'shatildi. Prussiya 1863 yil Polsha qo'zg'olonini bostirishda hamkorlik qilish haqida Rossiya bilan konventsiya imzoladi. Bu xalq ommasining umumiy noroziligiga sabab boMdi. Berlinda namoyishlar uyushtirilib, aholining polilsiya bilan to'qnashuvi yuz berdi. Basmark Germaniyani Prussiya hukmronligida birlashtirish maqsadiga kuch bilan erishishga qat'iy kirishdi. Germaniyani Prussiya boshchiligida birlashtirlishiga. ta'kidlangandek. Avstriya va Franlsiya qarshilik ko'rsatmo'qda edilar. Avstriya german davlatlarini Prussiya boshchiligida birlashtirish Prussiyaning mavqeini kuchaytiradi, deb bunga yo'l qo'ymaslikka va o'z navbatida, german davlatlarini Avstriya atrofida birlashtirishga harakat qildi.
Fransiya esa o'zining sharqiy chegaralarida kuchli markazlashgan davlatni tashkil topishini istamay Germaniya ittifoqining zaifligidan foydalanib, Reynning so'l qirg'og'ini bosib olishga harakat qilayotgan edi. Napoleon III german davlatlarining Prussiya hukmronligiga qarshi siyosatini rag'batlantirib Janubiy Germaniyada o'zining ta'sirini mustahkamlashga intildi. 1863 yil yozida Avstriyaning tashabbusi bilan Germaniya' ittifoqini isloh qilishni muhokama qilish maqsadida german davlatlarining vakillarini Frankfurtga taklif etdi. Uchrashuvga Prussiya vakillari kelmadi.
Bismark Germaniyani birlashtirish ishini shaxsiy uniya asosida Daniya bilan birlashgan ammo, alohida konstitutsiyalariga ega bo'lib, aholisi asosan nemis miilatiga mansub bo'lgan Shlyozvig va Golshteyn gertsogliklarini Daniyadan tortib olishdan boshladi.
1863 yil Daniyaning yangi qiroli Xristian Shlyozvigga Daniya konstitutsiyasini joriy qildi. Bu butun Germaniya davlatlarida norozilik uyg'otdi va Bismarkka yangidan paydo bo'lgan ''shlyozvig-golsheyn muammosi"ga aralashish imkoniyatini berdi. Chunki. Golshteyn Germaniya ittifoqiga a'zo edi. Prussiya Daniyaga Shlyozvigni anneksiya qilishdan voz kechishni talab qiluvchi ultimatum e'lon qildi. Bu talabga keyinroq Prussiyadan orqada qolishni istamagan Avstriya ham qo'shildi.
Daniya qiroli Yevropa davlatlarining yordamiga urnid qilib, Prussiya va Avstriya talabini rad etdi. 1864 yil 1-fevralda Prussiya va Avstriya Daniyaga qarshi urush boshladi. Qisqa muddatda Daniya tor-mor etildi. 1864 yil 30 oktyabrda Venada imzolangan sulh shartnomasiga ko'ra Shlyozvig va Golshigen gertsogliklari Daniyadan tortib olinib, Avstriya va Prussiyaning hamkorligidagi boshqaruv ostiga o'tdi. 1865 yil Prussiya va Avstriya o'rtasida imzolangan konventsiyaga ko'ra, Golshteynni Avslriya, Shlyozvigni esa to'liq Prussiya boshqaradigan bo'ldi. Bu konventsiya ko'proq Prussiya manfaatlariga xizmat qilgan. Biroq, Golshteynni Avstriya tomonidan boshqarilishi Prussiyani qanoatlantirmadi.
Daniya urushiga buyuk davlallarni aralashmasligi haqida Bismarkning basborati to'g'ri chiqdi. Bismarkning galdagi vazifasi Avstriyani tor-mor etish va uning german davlatlariga bo'lgan ta'siriga barham berish edi.
Bismark Prussiyaning harbiy qudratidan kelib chiqqan holda ongli ravishda Avstriya bilan urushga tayyorlana boshladi. Avstriyani tezda tor-mor etish uchun 1866 yil bahorida Italiya bilan ittifoqchilik haqida maxfiy shartnoma imzoladi. Bismark Avstriya imperiyasiga qarshi urushda ittifoqchilik qiladigan Italiyaga Venetsiyani olib berishni va'da qildi. Vengriya emmigrantlari bilan muzokaralar olib borib, Avstriya imperiyasida milliy harakatlar chiqarishga urindi.
Avstriyaga qarshi urushda Fransiyaning betarafligini ta'minlash uchun Bismark Napoleon III bilan bo'lgan uchrashuvda Belgiyani bir qismi va Reynning so'l sohilini Fransiyaga qo'shib olinishiga qarshi emasligini ma'him qildi. Uzoqni ko'ra olmagan Fransiya imperatori Avstriya-Prussiya urushi har ikki tomoning zaiflashtiradi deb o'ylab, Bismarkning taklifiga rozi bo'ldi.
1866 yil bahorida Bismark Germaniya ittifoqini tubdan isloh qilishga Avstriyaning roziligini so'radi. Undan kutilgan javobni olmagan Bismark barcha german davlatlariga Germaniya ittifoqini isloh qilish va undan Avstriyani chiqarish haqidagi loyihani jo'natib, ittifoq seymiga Germaniya Jttifoqining yangi konstitutsiya loyihasini kiritdi va Prussiya harbiy qo'shinlarini Golshteynga tomon yo'naltirdi. Ittifoq seymi Avstriya tomonida turdi, bungajavoban Prussiya 1866 yil 14 iyunda Gennaniya ittifoqidan chiqqanligini e'lon qildi.
15 iyun kuni Prussiya Avstriyaga qarshi urush boshladi. Baden, Bavariya, Vyurtenberg, Gannover, Saksoniya Avstriya tomonida, Tyurintiyaning va Shimoliy Germaniyaning ayrim shaharlari Prussiya tomonida turib urushda qatnashdi.
Prussiya qo'shinlari Saksoniya. Gannover va Kurgessenga hujum qilib, 14 kunda Avstriyani qo'llab turgan Janubiy va Markaziy Germaniya kuchlari Mayn daryosi bo'ylab kesib qo'yildi. Yevropa jamoatchiligi tomonidan mutlaqo kutilmagan holda Prussiya armiyasi ilk bor temir yo'llar va telegrafdan foydalanib, Avstriya va uning ittifoqchisi Saksoniyaga ketma-ket harbiy zarbalar berishda davom etdi. Eski pilta miltiqlar o'rniga yangi minali o'qotar qurollar bilan qurollangan yaxshi harbiy tayyorgarlikdan o'tgan prus qo'shinlari general Moltkening qo'mondonligida Chexiya hududiga yurish qilib, 3-iyulda Sadova qishlog'i yaqinida Avstriya qo'shinini tor-mor etdi va Venaga yo'l oldi. Prussiya qo'shinlarining boshqa bir qismi Avstriyaga ittifoqchilik qilayotgan german davlatlari harbiy otryadlarini mag'lubiyatga uchratib, 15 iyul kuni Frankfurtni egalladi.
Avstriya Janubiga Italiyaning hujumi natijasida imperayator Frants-Iosif Prussiya bilan sulh tuzishga majbur bo'ldi. 1866 yil 23 avgustda Pragada imzolangan Avstriya - Prussiya sulh shartnomasiga ko'ra Avstriya Gennaniya ittifoqidan chiqarildi, german davlatlari orasida hukmronlik qilish da'vosidan kechdi va yangi uyushma Shimoliy Germaniya ittifoqiga kirishdan mahrum qilindi. Shuningdek, shartnoma Germaniya ittifoqini tarqatib yubordi. Shlezvig, Golshteyn, Gannover, Kurgessen, Nassau va erkin shahar Franklurg na Mayne Prussiyaga qo'shib olindi. Avstriya Venetsiyani Italiyaga berib, Prussiyaga harbiy kontributsiya to'lash majburiyatini oldi.



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish