O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,34 Mb.
bet168/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

1907 yilgi Angliya-Rossiya kelishuvi

1904 yilda Fransiya-Rossiya ittifoqi Rossiyaning Angliya bilan yaqinlashuviga yordam berdi. Urush va inqilobdan zaiflashgan Rossiyaga fransuz zayomlaridan tashqari birinchi marta ingliz kapitali kirib kela boshladi.


Bu «yaqinlashuv»ning yana bir sababi, bu paytda Angliya mustamlakasi bo’lgan Hindistonda ham Rossiyadagidek inqilobiy harakatlar boshlanayotgan edi. Buning oldini olishda Angliya Rossiyani o’z ittifoqchisi deb bilardi. Eronda inqilob ko’tarilganidan chor Rossiyasi bilan Angliya birgalashib, bu inqilobga qarshi yurish qilishdi. O’zaro munosabatlardagi bu o’zgarishlar 1907 yilda Angliya bilan Rossiya o’rtasida bitim tuzilishiga olib keldi.
Bu bitimga ko’ra, Eron uch zonaga bo’lindi. Shimoliy Eron (eng boy va aholi ko’p qismi) Rossiyaning «ta‘sir doirasida» ekanligi e‘lon qilindi. Markaziy Eron «betaraf zona» deb e‘lon qilindi, neftga boy hamda Hindistonga o’tadigan yo’llar mavjud janubiy-sharqiy Eron inglizlar «ta‘sir doirasiga» o’tdi. Ingliz-rus bitimi Afg’onistonga ham taalluqli edi. Bu mamlakat Angliya «ta‘sir doirasida» deb tanildi. Tibet Xitoyning suvereniteti ostida bo’lsada, amalda inglizlarning bosqinchilik niyatlari ob‘ekti bo’lib qoldi. Shunday qilib uch davlatning yaqinlashuvi 1907 yili Antantaning tarkib topishi bilan yakunlandi.


Birinchi jahon urushi arafasida Yevropa

Italiya Usmoniy turk imperiyasining bir viloyati bo’lgan Tripolitaniyani bosib olishga ko’pdan harakat qilib kelardi. 1900 yilgi Fransiya-Italiya shartnomasiga ko’ra, Italiya mustamlakasini egallashga qaratilgan bu urushga Fransiyaning roziligini oldi.


Italiya qo’shinlari Tripolitaniyada joylashgan, uncha kuchli bo’lmagan, turk partizanlari ustidan osonlik bilan g’alaba qozondilar. Lekin Tripolitaniyadagi arab qabilalari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Turk hukumati Tripolitaniyaning bosib olinishiga qarshi norozilik bildirib keldi. Biroq Bolqonda boshlanib ketgan urush tufayli Turkiya 1912 yilda sulh shartnomasini imzolashga va Tripolitaniyani Italiyaga berishga majbur bo’ldi.
1912 yilda Bolgariya bilan Serbiya chor Rossiyasining, shuningdek Antantaga kirgan boshqa davlatlarning yordami bilan o’zaro ittifoq bo’lish haqida shartnoma tuzdilar. Bolqon masalasi Yevropa davlatlarining aralashuvi bilan yanada murakkablashdi.. Turkiyani o’ziga bo’ysundirmoqchi bo’lgan Germaniya va uning ittifoqchisi Avstriya-Vengriya Bolqon xalqlarining ozodlik kurashiga to’sqinlik qilmoqchi bo’ldilar. Rossiya Bolqon davlatlarini qo’llab- quvvatlardi.
Bolqon ittifoqi davlatlari Turkiyaga qarshi 1912 yil oktyabrida urush boshladilar. Rossiya ularning bu xatti-harakatlarini ma‘qullamadi. Chunki Rossiyaga Bolqon ittifoqi Turkiyaga qarshi urush uchun emas, balki Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi kurashish uchun zarur edi.
Turkiya juda tez fursatda yengildi. Bolqon qo’shinlari Konstantinopol tomon yo’l oldilar, grek ko’shinlari Salonikini ishg’ol qildi. 1912 yil noyabrda Turkiya sulh tuzishni so’radi. Muzokaralar uzoq davom etdi. Kelishmovchilik tufayli vaziyat murakkablashdi. Serbiya Albaniyani ololmaganidan so’ng buning evaziga Makedoniyani «bo’lishda» o’zining hissasini ko’paytirishga Bolgariya hukumatining rozilik berishini talab qildi. Gresiya bu masalada Serbiyani quvvatladi. Serbiya bilan Gresiya Bolgariyaga qarshi ittifoq tuzdilar Bu janjalga buyuk davlatlarning aralashishi natijasida ahvol yanada murakkablashdi. Bolqon ittifoqini barbod etish maqsadida Germaniya bilan Avstriya-Vengriya Bolgariyani Serbiya va Gresiyaga hujum qilishga undadi. 1913 yil 29 iyunda bolgar ko’shinlari serb armiyasiga qarshi urush boshladi. Shu tariqa Ikkinchi Bolqon urushi boshlandi.
Serbiya, Gresiyaga Ruminiya va Turkiya ham qo’shildi. Bolgariya yengildi. 1913 yil 10 avgustda Buxarestda sulh shartnomasi imzolandi. Bolgariya Ruminiyaga Dobruajdani, Serbiyaga Makedoniyaning kattagina qismini Turkiyaga Adrianopolni qaytarib berishiga majbur bo’ldi. Gresiya Bolqon urushlari natijasida Egey dengizidagi barcha orollarni, Janubiy Makedoniyani, Saloniki va Kiprni qo’lga kiritdi. Bolqon urushlari asosan,
Bolqon slavyanlarining turklar zulmidan ozod bo’lishi bilan tugallandi.
O’sha davrdagi mavjud notinch vaziyatda har bir xalqaro nizo va janjal jahon urushiga olib kelishi mumkin edi. Avstriya-Vengriya va Serbiya o’rtasidagi ziddiyatlardan biri jahon urushi boshlanishiga bahona bo’ldi. Serbiyada janubiy slavyanlarni Avstriya-Vengriya zulmidan ozod qilishni maqsad qilgan juda ko’p milliy tashkilotlar bor edi. Ularning ko’pchiligi yakka terrorchilik taktikasini qo’llar edi. Avstriya-Vengriya armiyasining bosh qo’mondoni Ers-gersog Frans-Ferdinand Bosniyadagi harbiy mashqlarda qatnashayotgan edi. Milliy tashkilotlardan «Mlada Bosna» («Yosh Bosniya») Frans Ferdinandni o’lim jazosiga hukm qildi. Harbiy mashqlardan Saraevoga qaytib kelgan shahzoda «Mlada Bosna» inqilobiy vatanparvarlik tashkilotining a‘zosi Gavrilo Prinsip tomonidan o’ldirildi. Frans-Ferdinand Avstriya-Vengriya monarxiyasining taxt vorisi edi. Voqealarning bunday rivojidan foydalanmoqchi bo’lgan Avstriya-Vengriya 1914 yil 28 iyulda Serbiyaga qarshi urush e‘lon qildi. Dunyo ikki tarafga bo’linib, jahon urushi boshlanib ketdi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish