O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


XX asr boshlarida rivojlangan davlatlar o’rtasidagi



Download 2,34 Mb.
bet166/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

XX asr boshlarida rivojlangan davlatlar o’rtasidagi
ziddiyatlarning kuchayishi

XX asr boshlarida kelib dunyoning rivojlangan davlatlari o’rtasida bozor va hududlar masalasida o’zaro ziddiyatlar kuchayib ketdi. AQSH Ispaniyaga qarshi urush qilib, uning ustidan osongina g’alaba qozondi. Ispaniya Filippin orollarini, Puerto-Riko va Kubani AQSH ga berishga majbur bo’ldi. Ispaniya-Amerika urushi dunyoni qayta bo’lib olish yo’lidagi birinchi talonchilik urushi edi.


AQSH hukmron doiralari Xitoyni Amerika kapitalining istiqbolidagi muhim bozor deb qarardilar. Ammo, Xitoy boshqa yirik davlatlar tomonidan «ta‘sir doiralariga» allaqachon bo’lib olingan edi. Shuning uchun AQSH 1899 yilda davlat kotibi Xey orqali Xitoyda «ochiq eshiklar doktrinasini», ya‘ni Xitoyda iqtisodiy sohada erkin «kirib borish» va barcha davlatlar kapitalining faoliyati uchun teng imkoniyatlar yaratishni e‘lon. qildi,
AQSH hukumati Rossiyani o’zining Xitoydagi asosiy raqibi deb hisoblardi. Shuning uchun AQSH ham ingliz hukumati kabi Rossiyaga qarshi Yaponiyani ko’llab-kuvvatladi.
Ilgaridan mavjud bo’lgan xalqaro ziddiyatlar monopolistik kapital tufayli yanada keskinlashib ketdi.
Fransuz hukmron doiralari Elzas va Lotaringiyaning Germaniya bosib olgan qismini qaytarib olmoqchi bo’ldilar. Germaniya esa Fransiya qo’lida qolgan Bris va Longvi havzalarini bosib olmoqchi bo’ldi. Germaniyaning Fransiyaga qarshi kurashi o’z navbatida uning Yevropada gegemonlik qilish uchun kurashi ham bo’ldi. Angliya bilan Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlar XX asr boshlaridagi xalqaro urushga sabab bo’ldi.
Angliyada yuz bergan inqiroz tufayli taraqqiyot bir muncha orqaga ketdi. Germaniya kapitali esa Yevropada ingliz kapitalini siqib chiqara boshladi. Natijada ingliz-german munosabatlari keskinlashdi. Germaniya imkoni boricha Angliyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi harakat qila boshladi. Raqobatchilik janubiy Afrikada kuchaydi. Bu yerda Germaniya Angliyaga va uning Bur respublikasiga qarshi kurash boshlandi.
Vilgelm II ning 1898 yilda Konstantinopolga borgani, Turkiya sultonining nemis kapitalistlariga Bog’dod temir yo’lini konsessiyaga berishga va‘da qilishi Angliya hukmron doiralarining u yerdagi manfatlariga xavf soldi. Chunki Germaniyaning harbiy dengiz floti qurishga kirishilganligi inglizlarning xavotirlanishiga asos edi. Buning ustiga ingliz dengiz flotining nemis flotidan «orqada» qolayotgani ma‘lum bo’lib qoldi. Uzoq Sharq Rossiyaga qarshi kurash va Afrikada mustamlakachilik masalasida Fransiya bilan ziddiyatlarning mavjudligi Angliyani ma‘lum vaqt Germaniya bilan murosa qilib turishga majbur qildi. Hatto, Rossiya Port-Arturni egallagach, 1898 yidda Angliya Germaniya bilan ittifoq tuzish to’g’risida muzokaralar olib bordi. Chunki 1899-1902 yillarda ingliz qo’shinlari Bur respublikasida urush bilan band edi.
1900 yili sakkizta kapitalistik davlatning Xitoyni asoratga solishiga qarshi xalq ko’zg’oloni boshlanib ketdi. Qo’zg’olonchilar Pekinni bosib oldilar. Qo’zg’olonni bostirish uchun Angliya, Yaponiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya va Italiya, Avstriya-Vengriya xalqaro jazo korpusi yubordilar.
1900 yil 15 avgustda bu xalqaro korpus Pekinni ishg’ol qildi va qo’zg’olonni shafqasizlik bilan bostirdi. Pekindagi saroy va ibodatxonalar ajnabiy bosqinchilar tomonidan talandi. Shahar va qishloqlar to’pga tutildi. G’olib davlatlar Xitoyni yangi asoratli shartnomalari tuzishga majbur qildi.
Xitoy hukumati milliy manfaatlarga putur yetkazuvchi shartlarni qabul qilishga majbur etilib, G’arb davlatlariga«qo’zg’olon natijasida chet elliklar ko’rgan zarar evaziga» o’lpon to’lashga, Xitoyga qurol olib kirishni man qilishga rozilik berdi.
Bu davrda chor qo’shinlari Manjuriyaning bir qismini, Angliya chet el kapitali faollashgan Shanxayni bosib oldi va Angliya Rossiyani Manjuriyadan «siqib» chiqarishga urindi. Bunda u Germaniya madadiga «ko’z tikdi». Lekin Germaniya hukumati bilan Rosiyaga qarshi ittifoq tuzadi. Biroq inglizlar Rossiyaga qarshi ittifoqchi sifatida Yaponiyani «topdi».
1902 yilda tuzilgan shartnomaga ko’ra, ittifoqchilar ulardan biriga tashqaridan harbiy xavf yuzaga kelsa, o’zaro yordam berish haqida kelishib oldilar. Bundan tashqari Yaponiya Angliyaning moliyaviy yordamini oldi, busiz Yaponiya Rossiyaga qarshi urush boshlay olmas edi. Rossiyaga qarshi Yaponiyani qo’llab, AQSH ham unga moliyaviy yordam berib turdi.
1904 yili Yaponiya to’satdan urush e‘lon qilmay rus harbiy-dengiz flotiga hujum qildi. Rus-yapon urushi boshlanib ketdi. Urushda chor Rossiyasi mag’lubiyatga uchradi. Buning sababi chorizmning harbiy-iqtisodiy zaifligi va urushga mutlaqo tayyorgarlik ko’rmaganligida edi. Aslida?
Rossiya Yaponiyaning Mukden va Susimadagi mag’lubiyatdan keyin ham urushni davom ettirishi mumkin edi. Lekin chor hukumati Peterburgda va Rossiyaning boshqa shaharlarida boshlanib ketgan inqilobdan cho’chib, AQSH hukumati vositachiligida Yaponiya bilan sulh tuzishga shoshildi. Porsmutda tuzilgan sulh shartnomasiga binoan (1905 yil 23 avgust) chor hukumati Yaponiyaga Lyaodun yarim oroli va Port-SHrturni ijaraga olish huquqini Janubiy Manjuriya temir yo’liga va butun Manjuriyaga amalda hukmronlik qilish huquqini berdi. Rossiya Yaponiyaning Koreyada hukmronligini tan oldi va AQSHning «siquvi» ostida Yaponiyaga Saxalin orolining janubiy qismini berishga majbur bo’ldi.



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish