Mavzu: XVIl asrning - oxiri XIX asr 70 -yillarida Xitoy REJA: l.XVII asrning ikkinchi yarmi XVIII asrning oxirida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli.
2.Maxfiy jamiyatlar faoliyati va xalq qo'zgolonlari.
3.Birinchi afyun urushi (1840-1842y)
4.Taypinlar qo'zgoloni (1850-1864y)
S.Ikkinchi afyun urushi (1856-1860y)
6.TaypinIar va boshqa xalq qo'zg'olonlarining bostirilishi.
XIX asr oxirida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
Xitoyning xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlari va tashqi siyosati.
Xalq qo'/g'olonlari va ijtimoiy harakat.
10.Xitoydagi chet el interventsiyasl.
TAYANCH IBORALAR: Tsin sulolasining hukumronligi. Davlat to'zumi. Yyerga egalik qilishning shakllari. Maxfiy jamiyatlar va diniy sektalar. «Oq nilufar jamiyati»ning faoliyati. Lin Szesyuy. Birinchi afyun urushi. Nankin shartnomasi. Taypin-tyango. Xun Syutsyuan. Taypinlarning ijtimoiy, iqtisodiy va diniy siyosati. Qo'zgolonning bosqichlari. Ikkinchi afyun urushi. Tyantszin sulh shartnomalari. Aygun shartnomasi. Pekin konventsiyasi. Taypinlar qo'zg'olonining bostirilishi va uning oqibatlari.
Xitoyning yarim mustamlakaga aylantirilishi. Kompradorlar. Muxolif jamiyatlar. Ixetuanchilar. Tsin hukumati. Sinxay inqilobi. Sun Yat Sen. Yuan Shi Kay. Gomindan. Xitoyga intyerventsiya. AQShning «ochiq eshiklar» siyosatL Xorijiy davlatlarning Xitoyga bo'lgan munosabatlari.
XVII ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVIII ASRNING OXIRILARIDA XITOYNING IJTIMOIY IQTISODIY VA STYOSIY AHVOLI XVII asrning 20-30 yillarida Shimoliy Xitoyda qudratli dehqonlar urushi boshlanib u 15 yildan ko'proq vaqt davom etdi. 1644 yilda impycriya poytaxti Pckin qo'zg'olonchilar. tomonidan olinib, Min sulolasi laxtdan agdarildi. Natijada Xitoyning shimoliy va markaziy viloyatlarida feodallar yer mulklaridan, imtiyozlaridan mahrum qilinib, ularning ko'pchiligi qirgin qilingan. Ana shunday bir vaqtda Xitoy feodallari manjuk nyazlariga yordam so'rab murojaat qiidilar.
Lyaodun yarim oroiining shimoliy qismida yashagan manjur qabilalari Min impyeriyasining vassal! edilar. 1644 yilda Xitoy armiyasining qo'mondoni U Sanguy manjurlarga vassal tushib, ularga buysunganligini ma'lum qilgach, manjur qo'shinlari Pekinni cgallab, Xitoyda manjurlarning Sinn sulolasi (1644-1911) hukumronligiga asos soldilar.
Manjur bosqinidan so'ng Xitoyning ijtimoiy iqtisodiy urzumida sezilarli o'zgarishlar yo'z bermadi, Xitoy avvalgidek agrar mamlakat bo'lib qolavyerdi. Min sulolasining hukumronligi da gi kabi Xitoyda ishlov beriladigan yerlar amaldorlar va fuqaro yerlari kabi 2 ta toifaga bo'lingan. Fuqaro yerlari ishlov beriladigan yerlarning 3\4 qismini tashqil etgan.
Xitoy qishlog'ining ijtimoiy iqtisodiy hayoti asosini o'zaro qarindoshchilik aloqalari bilan bog'langan, yerga jamoaa bo'lib egalik qiladigan qishloq jamoaalari tashkil etadi. Bundan tashqari jamoaada alohida individual tarzda yerga egalik qilish ham mavjud bo'lib. oldingisidan farqli holda bu yerlarni sotish yoki ijaraga berish mumkin bo'igan.
Qishloqni ekspulatatsiya qilishning asosiy ko'rinishi ijara chorakorlik bo'lib, ijara haqi hosilning 30% - 70% miqdorida olingan. Yyerlarning bir qismi impyeratorga, uning yaqin qarindoshlariga, manjur aslzodalari va zobitlariga legishli bo'igan. Davlat yer egaligining bir luri chegaradagi harbiy punktlarga tegishli bo'lib, ulardan keladigan daromad harbiy garnizonlar ta'minotiga sarflangan.
Xitoy o'zining siyosiy to'zumiga ko'ra muslabid tizimiga asoslangan bo'lib, yakka hukmdor bog'dixon cheklanmagan hokimiyatga ega bo'igan. Impyeratorning qonun chiqaruvchi hokimiyati impyeralor kotibiyati va harbiy kengashidan iborat ikkita maslahat organidan iborat bo'igan. Mamlakat ma'muriy jihatdan 18 ta provintsiyalarga bo'lingan va ularni gubernatorlar boshqargan. Har bir provintsiyada 10 tadan viloyatlar bo’ lib, viloyatlarda esa 1,5 mingga yaqin yezalar bo'igan. XVIII asrning oxirlarida Xitoyning mazkur 18 ta provinlsiyalarida 300 mln. ga yaqin aboli yashagan.
Tsin hukumali 1755-1757 yiilarda Xitoyning shimoli-g'arbidagi Jung'or va 1757-1759 yillarda esa qoshg'ar xonliklarini bosib oldi. 1768-1769 yiilarda juda katta harbiy yuqotishlar evaziga Birmada, 1788-1789 yillarda Vc'lnamda Xitoy syo'zyerentligi o'rnatildi. Bosqinchilik yurushlari natijasida XVIII asrning oxirilariga kelib, Xitoy tyerritoriyasi ancha kengaydi. Biroq harbiy yurushlarni uyushtirish. bosib olingan yerlarda qo'zg'otonlarni bostirish hukumatdan katta harajatlarni talab qildi. Natijada yangi soliqlar joriy qilindi. cskilarining miqdori oshirildi.
Xitoy aholisi juda tez ko'payib bordi va XIX asr o'rtalariga kelib .mamlakat aholisining soni 400 mlnga.yetdi. Natijada aholining turmush darajasi yomonlashib, joylarda isyon, qo'zg'alon ko'rinishidagi hukumatga qarshi xalqning norozilik harakatlari avj oldi.