Birinchi jahon urushi yillarida Xitoy amalda Yaponiyaga to‘liq qaram bo‘lib qoldi.
1919-yil Parij konferensiyasida Xitoy o‘z talablari bilan ishtirok etdi: yapon qo‘shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to‘xtatish, Shandun orolini ozod qilish, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olish. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmadi va Xitoyga rasman rad javobi berildi.
G‘azablangan xitoylik talabalar 1919-yil 4-may kuni Pekinda namoyish boshladilar. Talabalar harakati butun Xitoyni larzaga soldi va juda katta ijobiy natijalarga olib keldi.
1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag‘darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan U Peyfu keldi.
1921 – 1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladi.
Xitoy inqilobini tashkil qilishda Sun Yatsenning roli beqiyos. 1921-yili u Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq mamlakat shimoli va chet el davlatlari Sun Yatsenning hukumatini tan olmadilar. 1925-yil martda Sun Yatsen vafot etgandan so‘ng mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish imkoniyati yo‘qqa chiqdi.
1920-yillardagi «Buyuk milliy inqilob» Ingliz politsiyachilari talabalarning tinch namoyishini o‘qqa tutishi sabab 1925-yil bahorda shanxaylik burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizlarga qarshi harakat boshlashdi.
Nomi: 30-may harakati Shior: Xitoyning suverenitetini tiklash 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi va Uxan, Nankin, Nanchan, Shanxay kabi yirik shaharlari gomindanchilar qo‘liga o‘tdi.
Inqilobga Gomindan partiyasi (Milliy partiya) rahbarlik qildi.
1931-yili Xitoy Sovet Respublikasi e’lon qilindi va Mao Szedun uning raisi etib saylandi.
Gomindan bilan kommunistlar o‘rtasidagi kurash yigirma yil davom etgan fuqarolar urushiga aylanib ketdi.
Yaponiya bosqini 1932-yil 1-martda yaponlar Manchjuriyada Manchjou-Go davlati tuzilganligini e’lon qildi.
Yaponlar 1931-yil sentabrda Xitoyga qarashli Manchjuriyaga bostirib kirdi, bir kunda barcha yirik shaharlarini egalladi.
Hindiston Inglizlarning mustamlaka hukumati Birinchi jahon urushi yillarida Hindistonga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini va’da qilgan edi.
Ammo hind xalqining umidi ro‘yobga chiqmadi, Hindistonning maqomi o‘zgarmadi.
1920 – 1940-yillarda hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandining roli beqiyos bo‘ldi
Milliy ozodlik kurashining, zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatishning «Gandizm» deb nomlangan bu usuli Hindiston an’analarini va dehqonlar psixologiyasini chuqur bilishga asoslangan.
Bu usulda sabr-toqat va norozilik, konservatizm va inqilobchilik ajoyib bir tarzda uyg‘unlashib ketgan edi. Gandizm dehqonlarni, hunarmandlarni, milliy burjuaziyani birlashtirdi va qon to‘kiladigan qurolli kurashlarsiz mustamlakachilarning Hindistonni tark etishini talab qildi.
1939-yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi va Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Hindiston vitse-qiroli mamlakatni urush holatida deb e’lon qildi.
E’tiboringiz uchun rahmat Agar sizda yozuv shu tarzda ko’rinmasa, ushbu ssilka orqali shriftni yuklab olib ustanovka qilishingiz mumkin.