4. Temir yo`l estakadasi soni va uning uzunligini aniqlash. Yuk ortilgan vagon – tsisternalari temir yo`l estakadasiga kirib keladigan marshrutlar soni va ulardagi tsisternalar soni, neft mahsuloti omborining mahsulot almashtirish ko`rsatkichiga bog`liq bo`ladi. Shularga ko`ra estakada soni hamda uning uzunligi hisoblash orqali aniqlanadi va quyidagicha amalga oshiriladi. 1. Yillik yuk almashinish miqdoriga ko`ra, sutkalik va almashish (mahsulotlar bo`yicha) miqdori aniqlanadi. Qcyt=Qй K2/365; tonna Bu yerda Q – yillik yuk almashish miqdori, t. K1- neft mahsulotining olib kelish va olib ketishdagi notekislik koeffitsienti = 1,5. K2 – temir yo`l transportining bir xilda kelmaslik koeffitsienti = 1,5. 2. Har bir neft mahsuloti uchun kerakli tsisternalar soni aniqlanadi.
Nц = Qcут/Qц; dona
Q – tsisternaning yuk ko`taruvchanlik qobiliyati, t. 3. Marshrutdagi mahsulotlar bo`yicha tsisternalarning soni quyidagicha aniqlanadi.
nцi = nц АБ + nцДТ + …..+ va boshqalar
4. Umumiy tsisternalar soniga va ularning uzunligiga ko`ra (jadval bo`yicha) temir yo`l estakadasining turi (tipi) aniqlanadi.
Eslatma: Marshrutdagi tsisternalar soni 6 tadan ortiq bo`lsa, ikki tomonli estakada turi tanlanadi.
5. Quyuvchi (to`kuvchi) moslamalar sonini aniqlash.
Quyuvchi (to`kuvchi) moslamalar sonini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi.
Mahsulotlar bo`yicha (umumiy miqdori) sutkalik yuk almashishi miqdoriga ko`ra (jadval bo`yicha) to`kuvchi moslamaning turi va uning ishlab chiqarish qobiliyati tanlanadi va quyidagi ifoda yordamida uning soni aniqlanadi.
N=ΣQсут/qkτρ, dona
Bu yerda Q – neft mahsulotlari bo`yicha sutkalik yuk almashishning umumiy miqdori;
q – to`kuvchi moslamani ishlab chiqarish qobiliyati – m3/ soat;
- tarqatadigan moslamalarning sutkadagi ishlash vaqti = 7 soat;
K – to`kuvchi moslamalardan foydalanish koeffitsienti;
- neft mahsulotining zichligi, t/m3;
р – neft mahsulotining zichligi, t/m3.
N a z o r a t s a v o l l a r i .
1. Temir yo`l transportida necha % mahsulot tashiladi.
2. Asosan neft mahsulotlarining necha foizi vagon – tsisternalarida tashiladi.
Necha foizi bochka, bidon, konteynerlarda tashiladi.
Termos tsisterna qachon va qaerda ishlatiladi.
Bug` kuylagini vazifasi nima.
Temir yo`l estakadasi deganda nimani tushunasiz.
Mahsulotni nasos yordamida to`kish.
Mahsulotni bosimli to`kish.
Pastdan va yuqoridan to`kish.
13 – Ma‘ruza
Mavzu: quvur, suv va avtomobil transportlarida neft - gaz va
neft mahsulotlarini tashish.
Reja:
1. Gazni quvur transporti orqali tashish.
2. Magistral quvurning kompressor stantsiyasi.
3. Suv transporti orqali tashish.
4. Suv transportning xususiyatlari.
5. Avtomobil transporti orqali tashish.
Adabiyotlar: (1;2;3;4)
Tayanch so`zlar: quruq gaz, quvur diametri, o`tkazuvchanlik qobiliyati, turbin yoki elektrdvigatel, porshinli motokompressor, suvli va havoli sovitgich, gazomotokompressorlar, GRS, GRP, kafedrom konteyner.
1. Gazni quvur transporti orqali tashish.
Bu transport yordamida ko`p miqdordagi neft va uning mahsulotlarini hamda gazlarni iste‘molchilarga yetkazib beriladi. Ayniqsa «quruq» metan gazini tashishda asosiy transport vositasi hisoblanadi. U orqali 100 foiz gazi tashiladi. Keyingi paytlarda gazlar diametri 1220 va 1420 mm bo`lgan magistral gaz quvurlari orqali 7.5 MPa gacha bo`lgan bosimda tashilmoqda. Bugungi kunda «O`zbektransgaz» ixtiyorida shunday magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi 12*103 km dan ortiq. Ularning mahsulot o`tkazuvchanlik qobiliyati (diametriga ko`ra) 15-25 mlrd. m3 / m3 yilni tashkil etadi.
Jo`natishga tayyorlangan gaz hisobli bosimda bosh kompressor stantsiyasi orqali magistral quvurlarga haydaladi. Quvur orqali oqishi davomida, gidravlik qarshiliklar ta‘sirida, gazning birlamchi bosim ko`rsatgichi kamaya boshlaydi. Bu o`z navbatida, quvurning birlamchi o`tkazuvchanlik qobiliyatini pasayib borishiga olib keladi. quvurning gaz o`tkazuvchanlik qobiliyatini hamda pasaygan gaz bosimini hisobli bosim darajasiga ko`tarish, oraliq kompressor stantsiyalarida amalga oshiriladi.
Oraliq stantsiyalarida gazni tozalash bosimini oshirish va sovutish ishlari amalga oshiriladi.
Gazni tozalash (qattiq zarrachalar va korroziya mahsulotlaridan) chang ushlagichlarda amalga oshiriladi. Tozalangan gaz kompressor tsexiga keladi. U yerda turbina yoki elektrodvigatel yordamida harakatlanuvchi porshenli matokompressorlar yoki markazga intilma nasoslar yordamida gazning bosimi kerakli bosim darajasigacha sikib ko`tariladi. Siqish jarayonida gaz qiziydi. Qizigan gazning harorati suvli yoki havoli sovutgichlarda 50 – 600С gacha sovutiladi. Keyin magistral quvuriga haydaladi. (umumiy chizmaga qarang).
Kompressor stantsiyasining umumiy chizmasi.
1 – magistral gaz quvuri; 2 – chang ushlagich; 3 – kompressor tsexi; 4 – tashqi ta‘sir; 5 – sovutgich qurilmalari; 6 – qo`shimcha isituvchi qurilma; 7 – chetga chiqish; 8 – OK; 9 – OK; 10 – aholi.
2. Magistral quvurning kompressor stantsiyasi.
Kompressor stantsiyasining ishlab chiqarish qobiliyati 12 mln m3/sutkagacha bo`lsa, porshenli gazomotokompressorlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish qobiliyati undan yuqori bo`lsa, markazga intilma nasoslardan (nagnetatellardan) foydalaniladi. Quvur trassa uzunligi bo`yicha quriladigan oraliq kompressor – stantsiyalar orasidagi masofa gidravlik hisobi orqali aniqlanadi. Amaliy mashg`ulotlarga ko`ra, ular orasidagi masofa 100 – 120 km ni tashkil etadi. Agar oraliq KS qaramog`idagi yer osti gaz ombori bo`lsa, gazni yer osti gaz omboriga haydash va kerak bo`lgan paytida gazni u yerdan olish kabi texnologik jarayonlar bajariladi (jarayonlar to`g`risida, gazlarni saqlash ma‘ruza matnida batafsil tanishasiz).
Magistral quvurlardan oqib keladigan gaz, iste‘molchilarga magistral quvurning oxirgi bo`limida joylashgan, gazni taqsimlash stantsiyasi (GRS) orqali tarqatiladi. GRS ning asosiy vazifasi yuqori bosimda oqib kelayotgan gaz bosimini kerakli bosimgacha kamaytirish, qo`shimcha mexanik iflosliklardan tozalash, qo`shimcha odorlash hamda ishlatish uchun kerak bo`lgan bosimdagi gazlarni gaz tarmoqlariga oqizib, iste‘molchilarni gaz bilan ta‘minlashdan iborat.
GRS da gaz bosimi 3.6 va 12 kg/sm2 atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshirildi. Magistral quvurdan kelayotgan gaz berkituvchi blok moslamasi orqali gazni tozalash kurilmasiga keladi (yog`li chang ushlagichga), u yerda gaz qattiq qo`shimchalardan tozalanadi. Tozalangan gaz quvurlari orqali bosimni kamaytiruvchi jihoz moslamalariga keladi. U yerda gazning bosimi kerakli gaz tarmoqlari orqali, iste‘molchilarga tarqatiladi.
Avtomatlashtirilgan GRSlar, gaz o`tkazuvchanlik qobiliyati bo`yicha 10, 50, 100 va 200 m3/sutka larga bo`linadilar. GRS dan keyin gaz, gazning bosimini moslab turuvchi punktga keladi (GRP). GRP turli bosimda ishlaydigan (past, o`rta va yuqori) quvurlarni birlashtirib, bosimni moslab boradi.
3. Suv transporti orqali tashish.
Bu transport orqali asosan neft va uning mahsulotlari tashilib, ular dengiz daryo tankerlarida, kemalarda va barjalarda amalga oshiriladi. Suv yo`llari bo`lgan mintaqalarda bu transport orqali umumiy tashiladigan neft va uning mahsulotlarini 13 foizi tashiladi. Suv transporti temir yo`l transportiga nisbatan ko`pgina avzalliklarga ega. Masalan, tashilayotgan mahsulotning massa birligiga sarf bo`ladigan yoqilg`ining kamligi; xizmat qiluvchi ishchilarning kamligi; harakatdagi transport sostavi (tarkibi), yuk ko`taruvchanlik birligiga bo`lgan metall sarfining kamligi va boshqalar. Suv transportida, sostav (tarkib) umumiy og`irligini ular orqali tashilayotgan mahsulotlar og`irligiga bo`lgan nisbatini ko`rsatuvchi koeffitsienti qiymati 0,4 tashkil qiladi. Temir yo`l transportida esa, bu koeffitsient 0,7 – 0,8 ni tashkil qiladi. Undan tashqari, suv transport sostaviga (tarkibiga) sariflanadigan kapital harajatlar (vlojenie) temir yo`l transportiga ko`ra bir necha bor kam sariflanadi.
4. Suv transportning xususiyatlari.
Suv transportining boshqa transportlarga qaraganda asosiy kamchiliklaridan biri – suv transportining mahsulot tashiladigan geografik yo`nalishiga to`g`ridan – to`g`ri mos kelmasligidir. Bu o`z navbatida yuk tashish masofasini uzoqlashtiradi.
Neft quyuvchi (nalivne) kamalar, o`zi yuruvchi (tankerlar) va tortib yuriladigan (barjalar) ga bo`linadilar. Tankerlar o`z navbatida dengiz va daryo turlariga bo`linadilar. Dengiz tankerlarining yuk ko`taruvchanligi (ularning turlariga ko`ra) 4000 – 50000 tonnani, kul – daryo tankerlarining yuk ko`taruvchanligi 500 – 5000 tonnani va sudrab yuriladigan barjalarning yuk ko`taruvchanligi 1000 – 120000 tonnani tashkil qiladi. Yuk ko`taruvchanlik 100*103 tonnadan ortiq tankerlar ham mavjud. 1975 yilda qurilgan «qirqim» supertankerlarining yuk ko`taruvchanlik 150*103 t. tashkil qiladi. Uning uzunligi 330 m, kengligi 45 m va cho`kishi 17 m, yuk ko`taruvchanligi 450*103 t. bo`lgan ayrim gigant – tankerlar ham bor. Uning uzunligi 380 m, kengligi 62 m va balandligi 36 m.
Tankerlar uzunligi bo`yicha 3 qismga bo`linadilar: bosh, o`rta va burun bo`limlariga. Tankerlarni o`rta qismida neft va uning mahsulotlari tashiladi. U tankerni bosh va burun bo`limlaridan kafedrom yordamida ajratib quyilgan. Kafedrom ikki qavatli to`siq bo`lib, ularning o`rtasi suv bilan to`ldirilgan. Burun qismida, asosan, quruq yuklar tashiladi. Tankerlarda yuklarni tushirish va ortish ishlari gavanlarda amalga oshirladi. Neft mahsulotlarini tushirish va haydash uchun tankerlarda ishlab chiqarishda qobiliyati soatiga 2000 m3 mahsulotlarni tushira oladigan nasos guruhlari o`rnatilgan.
5. Avtomobil transporti orqali tashish.
Avtomobil transporti, neft mahsulotlarini taqsimlovchi neft mahsuloti omborlaridan to`g`ridan – to`g`ri iste‘molchilarga tashishda keng foydalaniladi. Bu transport yordamida temir va suv yo`li transportlari orqali yuk olib kelib bo`lmaydigan rayonlarga, yuk tashish mumkin. Yuklarni iste‘molchilarga tashish: avtotsisternalarda, yoqilg`i quyuvchilarda hamda konteynerlarda, bochkalarda va kichik idishlarda amalga oshiriladi. Avtotsisternalarning hajmi 25 m3 bo`lib, u neft mahsulotlarini quyish uchun quvur (patrubok), nafas oluvchi klapan, mahsulot balandligini ko`rsatuvchi moslama nasos va boshqa jihozlar bilan ta‘minlangan.
Avtoyoqilg`i quyuvchilar, avtotsisternalar bo`lib, ular avtomashina transportlarini: qishloq xo`jalik mashinalarini va samalyotlarni yoqilg`i va surkovchi moylar bilan ta‘minlashga mo`ljallangan. Ular tegishlicha asbob va jihozlar bilan jihozlangan. Avtoyoqilg`i quyuvchilar, yuk tashuvchi mashinalarning shossesiga o`rnatilgan bo`lib, ularning tsisternalar hajmi 2,8 – 8,0 m3 gacha bo`ladi. Yog`larning neft mahsuloti omborlaridan tashuvchi, hamda statsionar sharoitlarda transport vositalarining yog` mahsulotlari bilan ta‘minlovchi avto yog` quyuvchilar, isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo`ladilar. Avtotransporti neft va uning mahsulotlarini konteyner va kichik idishlarda tashishda ham ishlatiladi. Konteynerlarning hajmi 1 – 5 m3 gacha bo`lib, keltirilgan mahsulot (konteyner bilan birga) kran yordamida tushiriladi. Konteynerlar metalldan yoki elastik rezina materialidan tayyorlangan bo`ladi. Ular yuk tashuvchi GAZ–51 yoki ZIL-164 avtomashinalariga o`rnatilgan bo`ladilar. Kichik idishlarda bochka, bidonlar kiradi. Bochkalar neft mahsulotlarni neft mahsuloti omborlarida iste‘molchilarga tashishda keng foydalaniladi. Ular metall va fanerlardan tayyorlanadi. Metaldan yasalgan bochkalarda suyuq mahsulotlar (benzin, kerosin), fanerli bochkalarda surkovchi moylar (quyuq smazkalar) tashiladi. Metall bochkalarni hajmi 50 – 500 l gacha, fanerli bochkalarniki esa 50 l gacha bo`ladi.
Bidonlarda ham metaldan va fanerda qilingan bo`ladi. Metall bidonlari benzinlar uchun ishlatilib, avtomobil transportida va qishloq xo`jaligida keng foydalanildi. Ularning hajmi 5 – 62 l gacha bo`ladi. Metall – faner bidonlari quyuq surkovchi neft mahsulotlarini tashishda ishlatiladi.
14-Mavzu
Mavzu: Suyultirilgan gazlarni tashish.
Reja:
1. Suyultirilgan gazlarni temir yo`l transportida tashish.
2. Suyultirilgan gazlarni suv transportida tashish.
3. Suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish.
4. Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish.
Adabiyot: (2;1;3;4)
Tayanch so`zlar: Suyuq gaz, tsisterna, maxsus tsisterna, saqlovchi klapan, geometrik, ballon, izolyatsiya, izotermik, tanker, supertanker.
Suyultirilgan gazlarni temir yo`l transportida tashish.
Suyultirilgan uglevodorod gazlarni – propan, butan va izobutan aralashmasidan tashkil topgan bo`lib, ular ma‘lum bir yuqori bosim ko`rsatgichida (0,8 MPa) suyuq holatga o`tadilar. Oddiy sharoitda gaz holatda bo`lishligi, ularning kimyo sanoatida xom – ashyo sifatida va iste‘molchilar tomonidan esa yoqilg`i sifatida ishlatish imkoniyatini sodir etadi. Undan tashqari ularning suyulishi natijasida hajmlarini kamayshi, barcha turdagi transport vositalari: temir yo`l, quvur transporti, suv yo`li, avtomobil hamda aviatsiya transporti orqali tashish mumkin bo`ladi.
Suyultirilgan gazlarni temir yo`l transporti orqali – tsisternalar va ballonlar bilan jihozlangan vagonlarda tashiladi. Maxsus konstruktsiyaga ega bo`lgan tsisternalar hajmi va ishlatish maqsadlariga ko`ra bir – biridan farq qiladilar. Propanni tashishda hajmi 54 m3 bo`lgan tsisternalardan, butanni tashishda 60 m3 tsisternalardan foydalaniladi. Ikkala turdagi suyultirilgan gaz aralashmalarini tashishda esa, 98 m3 tsisternadan foydalaniladi. Tsisterna vagonlar: saqlovchi klapan, xizmat qilish maydonchasi, narvon, monometrni ushlab turuvchi quvurchalar bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan, tsisterna ichida hosil bo`ladigan ortiqcha bosim – 2,16 MPa ga moslangan. Tsisternalarning asosiy texnik ko`rsatkichlari jadvalda keltirilgan.
Jadval: Suyuq gazlarni tashuvchi vagon – tsisternalarning asosiy ko`rsatgichlari.
-
Ko`rsatgichlar
|
Suyultirilgan gazlarni tashish uchun tsisternalar
|
|
Propan
|
Butan
|
Propan va butan
|
Tsisterna hajmi, m3
|
|
|
|
Geometrik
|
54
|
60
|
98
|
Ruxsat etilgan bosim, kg/sm
|
20
|
8
|
18
|
Foydali
|
46
|
54
|
83
|
Tashqi o`lchamlari, m
|
|
|
|
Tsisterna diametri
|
26
|
2,8
|
3,0
|
Uzunligi
|
10,65
|
10,65
|
14,5
|
Idish (tara) og`irligi, t.
|
39
|
35,6
|
43
|
Temir yo`l orqali suyuq gazlarning ballonlarda tashish, yopiq vagonlarda amalga oshiriladi. Ballonlarning hajmi 50 l. dan bo`lib, ularning 360 tasi bitta 4 – o`qli vagonga ortiladi ballonlar vagonga tik yoki yotiq holatda otiladi. Xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida, ballonlar tik holatda bo`lganda ularga rezina xalqasi kiygaziladi, yotiq holatda bo`lganda esa, ular orasiga maxsus izolyatsiya materiali quyiladi.
Suyultirilgan gazlarni suv transportida tashish.
Suv orqali suyultirilgan gazlarni tashish dengiz va daryo transportlarida, ya‘ni rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlarda amalga oshiriladi. Rezervuarlarning turiga ko`ra tankerlar: bosim ostida ishlovchi rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlarga (propan uchun 1,6 MPa gacha) va issiqlik izolyatsiyasi bilan uralgan, past bosimli rezervuarlar o`rnatilgan tankerlarga bo`linadilar. Keyingi holatda suyultirilgan gaz atmosfera bosimiga yaqin bo`lgan bosimda va past haroratda tashiladi. Masalan: propan – 450С da, etilen – 1030С da, suyultirilgan tabiiy gaz 1620С da tashiladi bosim ostidagi yarim izotermik holatda bo`lgan gazlar, hajmi 2000 m3 gacha bo`lgan tankerlarda tashiladi. Bu holda gazlarni tik tsilindr, yotiq va sferik ko`rinishdagi rezervuarlarga solib tashiladi. Tik o`rnatilgan tsilindr ko`rinishidagi rezervuarlarda tashiladigan suyultirilgan gazlarning bosimi 1,6 MPa gacha bo`ladi. Gorizontal va sferik ko`rinishidagi rezervuarlarda yarim izotermik holatda tashiladi. Mahsulotlarni ortish va tushirish uchun tankerlar markazga intilma nasoslar, kompressorlar va boshqa jihozlar bilan ta‘minlangan bo`lib, ular sovutish sistemasi bilan bog`langan bo`ladilar.
Izotermik tankerlarning hajmi 10*103 m3 gacha bo`ladi. Daryo orqali suyultirilgan gazlar, o`zi yuradigan hamda ortib yuriladigan barjalarda tashiladi. Ularning yuk ko`taruvchanlik qobiliyatlari, tagishlicha, 60, 100, 200 va 300 t bo`ladi. Tashishda hajmi 27 litrli idishlarda yoki quyib olinadigan rezervuarlardan (RS – 1600, ya‘ni hajmi 1600 l) foydalaniladi.
Suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish.
Quvurlar orqali suyultirilgan gazlar (propan, butan) bosim ostida, suyuq holatda tashiladi. Tashilayotgan suyuq gazni quvuridagi bosimi shunday bo`lish kerakki, bu bosimda aniq haroratda suyuq gaz bug`lanmasligi kerak. Umuman, quvuridagi gaz bosimi 0,6 – 0,8 MPa da ushlanadi. Agar gaz bosimi ko`rsatilgan chegaradan pasaysa, gaz bug`lanib, quvur ichidagi gaz «kopi» hosil bo`ladi. Bu o`z navbatida, quvurning ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Quvur transportida suyultirilgan gazlar, asosan, gazni ko`p miqdorda ishlatadigan korxonalarga (neft kimyosi korxonalariga) tashiladi.
Suyultirilgan gazni tashuvchi quvurlarning uzunligi 100 – 500 km atrofida bo`ladi. Uning umumiy chizmasi quyida keltirilgan.
Suyultirilgan gazlarni tashuvchi quvurlarning umumiy chizmasi.
1 – gazni saqlash rezervuarlar, 2 – nasos stantsiyasi, 3 – o`lchash punkti, 4 – oraliq nasos stantsiyasi, 5 – quvur, 6 – oxirgi va taqsimlash, 8 – punktidagi nasos stantsiya.
Suyultirilgan gaz saqlovchi rezervuarlardan (1) nasos (2) orqali o`lchash punktiga beriladi (3). U yerda sarflanayotgan gaz hajmi aniqlanib, keyin nasos yordamida (4) xaqiqiy quvur ichiga haydaladi (5). Quvurning oxirgi punktidagi gazning bosimi 0.6 – 0.8 MPa da bo`lishligi ta‘minlanadi. Suyuq gaz quvur (5) orqali oxirgi punktdagi gaz saqlovchi rezervuarga (6) keladi. U yerdan suyultirilgan gaz nasos stantsiyasida (7) o`rnatilgan nasoslar yordamida, iste‘molchilarga tarqatiladi.
Suyultirilgan gaz tashuvchi magistral quvurlar, aholi yashash joylaridan tashqarida va yer ostidan o`tkazilgan bo`lishi kerak.
Quvurlar orqali suyultirilgan gazlarni tashish samarador hisoblanib, temir yo`l orqali tashishga nisbatan ikki marta kam harajat sarflanadi.
Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish.
Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish, avtotsisternalarda, ballonlarda va «sirpanuvchi» rezervuarlarda amalga oshiriladi. Avtotsisternalar ishlatilish maqsadiga ko`ra: tashuvchi va taqsimlovchilarga bo`linadilar. Tashuvchi avtotsisternalar suyultirilgan gazlarni, gaz beruvchi zavoddan oraliq bazalari va gaz to`ldiruvchi stantsiyalarga tashish uchun foydalaniladi. Tarqatuvchi avtotsisternalar, suyultirilgan gazlarni iste‘molchilar ballonlariga quyish uchun mo`ljallangan. U tegishli nasos va boshqa moslamalar bilan jihozlangan. Tsisternalar, tsilindr ko`rinishidagi idish bo`lib, avtomobil shosseyiga o`rnatilgan. Tsisternaning turlariga ko`ra, hajmlar 4 – 15 m3 gacha bo`ladi. Suyultirilgan gazlarni ballonlarda tashish oddiy bort mashinalarida va maxsus kassetali avtomashinalarda tashiladi. Bu mashinalar orqali, birdaniga 55 tadan 77 tagacha bo`lgan ballonda gaz tashish mumkin. Ballonlar andozalar (GOST) bo`yicha tayyorlanib, ular 1.6 MPa gacha bo`lgan bosimda ishlashlari mumkin. Standart bo`yicha ballonlar hajmi 2.6, 5, 12, 27, 50 va 80 l bo`ladi. «Sirpanuvchi» (olib quyiladigan) rezervuarlarda suyultirilgan gazlarni tashish, oraliq va gaz to`ldiruvchi stantsiyalardan uzoq joylashgan iste‘molchilar uchun foydalaniladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 0.5 – 3.5 m3 bo`ladi. Bularning ichida ko`proq ishlatiladigan rezervuarlar RS – 1600 (hajmi 1600 l) bo`lib, 1.8 MPa bosim ostida ishlashga mo`ljallangan. «Sirpanuvchi» rezervuarlarda suyultirilgan gazlarni tashish, ballonlarda tashishga qaraganda 20 – 25 foiz arzonga tushadi.
N a z o r a t s a v o l l a r i .
1. Suyuq gaz nima.
2. Suyuq gazlar katta hajmni egallaydimi.
3. Suyultirilgan gazlarni temir yo`l transportida tashish.
4. Suyuq gazlarni quvurlar orqali tashish.
5. Maxsus tsisterna va ballonlar vazifasi va ruxsat etilgan bosimi qanday.
6. Suyuq gazlarni tashuvchi vagon – tsisternalarning asosiy ko`rsatgichlari qanday.
7. Suyuq gazlarni suv transportlari orqali tashish.
8. Suyuq gazlar tankerlarda necha foiz (%) tashiladi.
9. Izotermik tankerlarning hajmi nechiga teng.
10. Suyuq gazlarni avtomobil transportida tashish.
15 – Mavzu
Mavzu: Neft va uning mahsulotlarini saqlash.
Reja:
1. Neft mahsulotlari omborlari klassifikatsiyalari.
2. Neft mahsuloti omborlarida bajariladigan ishlar.
3. Neft mahsuloti omborlarini va ularning joylanishlari.
4. Neft mahsuloti omborining rezervuar saroyi hajmini aniqlash.
Adabiyotlar: (4;5;6;7)
Tayanch so`zlar: mustaqil neft mahsulotlari, taqsimlovchi va uzatuvchi omborlar, uzatuvchi SniPni tushuntiring, AZS yordamchi operatsiyalar.
Neft mahsulotlari omborlari klassifikatsiyalari.
Neft mahsulotlarini saqlovchi omborlar ikki guruhga: mustaqil neft mahsuloti amborlari va korxona karamog`idagi neft mahsulotini saqlovchi omborlariga (skladlar) olinadilar.
Mustaqil neft mahsuloti omborlari (1 – guruh) neft mahsulotlarini saqlash, iste‘molchilarga taqsimlash, uzatish kabi ishlarni bajaradi. Korxona qaramog`idagi (2 – guruh) neft omborlari, kichik sklad ko`rinishida bo`lib, ular neft mahsulotlarini saqlash hamda korxona tsexlarini va boshqa xo`jalik tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun xizmat qiladilar. Ular to`g`ridan – to`g`ri joylashgan xizmat qilayotgan korxona rahbariyatiga bo`ysunadilar.
Ular neft mahsulotlarini taqsimlovchi yoki uzatuvchi neft mahsuloti omborlaridan oladilar.
Neft mahsuloti ombori rezervuarlar saroyining hajmiga ko`ra 3 ta kategoriyaga bo`linadilar. 1 – kategoriyaga – umumiy hajmi 100*103 m3 va undan ortiq bo`lgan neft mahsuloti omborlari; 2 – kategoriyaga – umumiy hajmi 20*103 m3 dan 100*103 m3 gacha bo`lgan neft mahsuloti omborlari; 3 – kategoriyaga – umumiy hajmi 20*103 m3 gacha bo`lgan neft mahsuloti omborlari kiradi.
Operativ bajaradigan ishlariga ko`ra neft mahsuloti omborlari taqsimlovchi va uzatuvchilarga bo`linadilar. Taqsimlovchi (1 – guruh) neft mahsuloti omborlari o`z sferasi karamog`ida barcha korxona, tashkilot va boshqa iste‘molchilarga neft mahsulotlarini taqsimlash (ta‘minlash) ishlarini bajaradilar. Uzatuvchi neft mahsuloti omborlari esa, bir transport orqali olib kelingan neft mahsulotlarini qabul qilib, keyin ularni boshqa transport vositalari orqali iste‘molchilarga (taqsimlovchi neft mahsuloti omborlariga) uzatadilar. Masalan, suv transportida keltirilgan mahsulotlarni qabul qilib (saqlab), keyin ularni boshqa tur transportlar (temir yo`l, quvur) orqali iste‘molchilarga uzatiladi.
Neft mahsuloti omborlari yong`indan xavfsizlik talablariga ko`ra korxona va boshqa ob‘ektlardan ma‘lum uzoqlikda, maxsus ajratilgan maydonda joylashadilar. Ular orasidagi masofa qurilish norma va qoidalari orqali aniqlanadi (Sni P).
Neft mahsuloti omborlarida bajariladigan ishlar.
Neft mahsuloti omborlarida bajariladigan operatsiyalar (ishlar) asosiy va qo`shimcha operatsiyalarga bo`linadilar.
Asosiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- Barcha turdagi transport vositalari orqali kelingan neft mahsulotlarini qabul qilib olish;
- Neft mahsulotlarini rezervuarlarda va idishli omborlarda saqlash;
- Katta partiyadagi neft mahsulotlarini temir yo`l tsisternalarida yoki quvurlarda tarqatish (otpusk);
- Kichik partiyadagi neft mahsulotlarini yoqilg`i quyuvchi stantsiyalar orqali (AZS) quyuvchi idishli skladlar orqali iste‘molchilarga tarqatish.
Yordamchi operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- Yuqori qovushqoqlik neft mahsulotlarini va yog`larni tozalash;
Ishlatish yog`larni regeneratsiya qilish;
Kichik idishlarni tayyorlash va ta‘mirlash.
Yordamchi operatsiyalar, asosan, quvvati katta bo`lgan neft mahsuloti omborlarida bajariladi.
Neft mahsuloti amborlari va ularning joylanishlari.
Neft mahsuloti omborlari, asosan, 6 ta zonadan (bo`limdan) tashkil topgan bo`ladi.
- neft mahsulotlarini qabul qilish zonasi (temir yo`l yoki suv transportidan) ;
- neft mahsulotlarini saqlash zonasi;
- operativ zona;
- yordamchi texnik qurilishlar zonasi;
- administrativ va yordamchi imoratlar zonasi;
- tozalash qurilmalari zonasi.
Neft mahsuloti omborining umumiy tarzdagi chizmasi quyidagidan iborat.
Temir yo`l neft mahsuloti omborining bosh rejasi bo`yicha zonalarga bo`linish chizmasi.
I – zonada temir yo`l transportida olib qilingan neft mahsulotlarini tushirish (ortish) operatsiyalari bajariladi. U yerda to`kuvchi – quyuvchi estakada, nasoslar, mahsulotlarni idishlarda saqlovchi omborlar, laboratoriya va boshqa qurilmalar joylashgan.
II – zonada neft mahsulotlari saqlanib, tegishlicha, rezervuarlar, gaz yig`uvchilar, nasoslar joylashgan.
III – zona operativ zona (tarqatuvchi) bo`lib, u yerda neft mahsulotlarini kichik partiyada avtotsisternalarda, konteynerlarda va bochkalarda tarqatadi. Bu yerda nasoslar, idishlarda saqlovchi omborlar, quyadigan kalonnalar va boshqa maydonchalar joylashgan.
IV – bu yordamchi qurilishlar zonasi bo`lib, bu yerda mexanik payvandlash ustaxonalari, bug`latuvchi qurilmalar, elektrostantsiya, transformator podstantsiyasi, isituvchi qozonlar, yoqilg`i va materiallar skladi, laboratoriya va boshqalar joylashgan.
V – boshqaruv – xo`jalik imoratlar va qurilishlar zonasi bo`lib, boshqaruv idoralari, qoravulxona, garaj va boshqalar joylashgan.
Neft mahsulotlari omborlarining maydoni ularning mahsulotlarni saqlash hajmiga bog`liq bo`ladi. Masalan, mahsulot saqlash hajmi 10000 m3 bo`lganda maydoni (8 ÷ 10) · 104 m2; 20000 m3 bo`lganda (15 ÷ 19) · 104 m2; 50000 m3 bo`lganda (27 ÷ 29) · 104 m2 bo`ladi va x.k.
4. Neft mahsuloti omborining rezervuar
saroyi hajmini aniqlash.
Rezervuar saroyi, neft mahsuloti omborining eng qimmat ob‘ektlaridan biri bo`lib, uning hajmini kelgusidagi rivojlanishini hisobga olib aniqlash katta ahamiyatga ega. Rezervuar saroyining hajmi ortiq ham va kam ham bo`lishi kerak emas. Bu transportlarni bo`sh qolishini va texnologik jarayonlarning izdan chiqishini sodir etadi. Saroy hajmi, neft omborining turiga, yuk almashishiga va yuk olib kelish va olib ketish sharoitiga bog`liq bo`ladi. Agar olib kelish va olib ketish sinxron tarzda bajarilsa, rezervuar saroyi kerak bo`lmaydi. Aniq sharoitlarda olib kelish bilan olib ketish to`g`ri kelmaydi. Bu o`z navbatida rezervuar saroyining bo`lishini taqozo etadi.
Olib kelish olib ketishdan ko`p bo`lsa, ma‘lum vaqtdan keyingi neft mahsulotini maksimal hajmi – Vmax teng bo`ladi.
Uning teskarisi bo`lsa, neft mahsulotining minimal hajmi – Vmin ga teng bo`ladi. Tegishlicha, kerakli aylanma rezervuar saroy hajmi eng ko`p va eng kam mahsuloti qoldigining ayirmasiga teng bo`ladi.
V = Vmax – Vmin
Neft ombori rezervuar saroyining hajmini aniqlash uchun yillik yuk almashish miqdoriga ko`ra xaftalik yoki dekadalik, oylik yuk olib kelish va olib ketish to`g`risidagi (absolyut qiymatda yoki foizda) ma‘lumotlar kerak bo`ladi. Mahsulotlar turi bo`yicha, uzatuvchi neft mahsuloti omborining rezervuarlar saroyining hajmi quyidagicha aniqlanadi.
Bu yerda: Q – neft mahsulotining yillik reolizatsiyasi – m/yil;
R – neft mahsuloti zichligi – kg/m3;
К3 – rezervuarni to`ldirish koeffitsienti = 0.95 ÷ 0.97
К0 – rezervuarning yil davomida to`lish – bushashini ko`rsatuvchi (oborochivaemost) koeffitsienti – 1/yil.
«Oborochivaemost» koeffitsienti yillik yuk almashinish hajmini (Vй), o`rnatilgan rezervuar hajmiga (Vр) bo`lgan nisbati
K0 = V0/Vp
Bu koeffitsient neft mahsuloti omborlari rezervuarlarining ishlatilish darajasini ko`rsatadi.
Ko`p yillik kuzatish ma‘lumotlariga ko`ra:
Suvli uzatuvchi neft mahsuloti omborlari uchun maqbul K0 ning qiymati 18- 20 ga teng. Temir yo`lli taqsimlovchi neft mahsuloti omborlari uchun K0 = 6÷8 ga teng.
Mahsulotlar bo`yicha, taqsimlovchi neft mahsuloti omborining rezervuarlar saroyining hajmi quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin.
Vтак = QКН103/12рК3 = м3
Bu yerda: KN – neft mahsulotini kelishini va uni realizatsiya qilishni bil xilda bo`lmasligini hisobga oluvchi koeffitsienti.
SHunday qilib, har bir neft mahsuloti uchun rezervuar saroyining xajmi aniqlanib, ularni umumlashtiriladi. Umumiy rezervuarlar saroyining hajmi, neft mahsuloti omborining hajmini ko`rsatadi.
N a z o r a t s a v o l l a r i .
Neft mahsulotining klassifikatsiyasi.
Saqlovchi omborlar necha guruhlarga bo`linadi.
3. Neft mahsulot ombori rezervuarlar saroyi hajmiga ko`ra necha kategoriyaga bo`linadi.
4. Omborda yong`inga qarshi chora tadbirlar.
5. Neft mahsulot omborlarida bajariladigan ishlar.
6. Neft mahsuloti omborlari.
7. Neft mahsulot omborlarining joylanishi.
8. Zonalarga bo`linishi.
9. Rezervuarlar saroyining hajmi qanday aniqlanadi.
10. Necha zona bor va ularni sanab bering.
16 – Ma‘ruza
Mavzu: Neft mahsuloti rezervuarlari, ularning
konstruktsiyasi va jihozlari.
Reja:
Rezervuarlar to`g`risida umumiy ma‘lumotlar.
Po`lat rezervuarlar.
Nometall rezervuarlar.
Po`lat rezervuarlarining jihozlari.
Adabiyotlar: (1;2;5;6)
Tayanch so`zlar: rezervuar, saqlagich, Ponton, Nometall, statsionar tomli, tomchi ko`rinishli, konus va gorizontal, yotiq rezervuar.
Rezervuarlar to`g`risida umumiy ma‘lumotlar.
Rezervuarlar neft mahsulotlarini saqlashdagi asosiy qurilmalar bo`lib, ularda ko`p miqdordagi qimmatbaho mahsulotlar saqlanadi. Neft mahsulotlarining saqlanish sharoitlari bir – biridan farq qilinganlik sababli, rezervuarlar tiniq va qora neft mahsulotlarini saqlovchilarga bo`linadilar. Tayyorlanadigan materiallari bo`yicha: metalldan va nometalldan yasalgan rezervuarlarga bo`linadilar. Metall rezervuarlari asosan po`latdan, ayrimlari alyumindan yasalgan bo`ladilar. Nometall rezervuarlariga temirbeton va har xil sintetik materiallardan tayyorlangan plastmass rezervuarlari kiradi
Rezervuarlar yer yuzasida, yarmi yer ostida quriladilar (chizmaga qarang).
Rezervuarlarning yer yuzasiga nisbatan joylashishini ko`rsatuvchi chizma. a – yer osti yuzasida; b – yarim yer yuzasida; v – yer ostida.
Yarim yer osti rezervuarlarining balandligini yarim yer yuzasidan pastda joylashgan bo`ladi. Tuzilishi (tashqi ko`rinishi) bo`yicha rezervuarlar: to`g`ri to`rtburchakli, tsilindr, konus, sferik, tomchi ko`rinishidan bo`ladilar. Rezervuarlarning formasini (ko`rinishini) tanlash, uning ishlatilish maqsadiga neft mahsulotining xossasiga va saqlash sharoitiga ko`ra aniqlanadi. Hozirgi paytda ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi 5 m. dan 120000 m. ni tashkil etadi. Tiniq neft mahsulotlarining saqlash uchun, asosan, po`latdan yasalgan rezervuarlar hamda ichki yuzasi benzinga chidamli qoplamalar bilan qoplangan temir beton rezervuarlaridan foydalaniladi. Qora neft mahsulotlarini saqlash uchun, temir beton rezervuarlari ishlatiladi. Surkovchi moylar po`lat rezervuarlarida saqlanadi.
Yer yuzasidagi guruh rezervuarlarining orasidagi masofa. So`zib yuruvchi qopqoqli rezervuarlar uchun 0,5 diametrini (20 m dan ortiq bo`lmasligini) pontonli rezervuarlar uchun – 0,65 diametrni tashkil etadi. Lekin 30 m dan ortiq bo`lmasligi kerak.
Statsionar tomli rezervuarlar uchun – 0,75 diametrni (lekin 30 m dan ortiq bo`lmasligi kerak) tashkil qilish kerak. Bir guruhdagi yer osti rezervuarlarining devorlari orasidagi masofa 1 m dan kam bo`lmasligi kerak. Ikki guruh yer yuzasi rezervuarlarda guruhlar devorlarining orasidagi masofa 40 m dan kam bo`lmasligini va yer osti guruh rezervuarlarniki esa 15 m dan kam bo`lmasligi kerak.
Po`lat rezervuarlari.
Hozirgi zamon po`lat rezervuarlarining ko`rinishi texnologik maqsadga ko`ra: tik tsilindr, tomchi, yotiq (tsisternalar) ko`rinishida bo`ladilar.
Tik tsilindr ko`rinishidagi po`lat rezervuarlari o`z navbatida past bosimli “atmosfera”, pontonli va suzib yuruvchi tomli rezervuarlarga bo`linadi. “Atmosferali” guruh rezervuarlarining ichki havo bo`shlig`idagi bosim, atmosfera bosimiga yaqin bo`ladi va uning qiymati 2000 MPa (0.02 kg/sm) ga teng bo`ladi. Bunday rezervuarlarga konus va sferik ko`rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi. Bunday rezervuarlar kam bug`lanadigan neft mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi. Masalan, kerosin, dizel yoqilg`isi va boshqalar.
Yengil uchuvchi neft mahsulotlarini maxsus konstruktsiyaga ega bo`lgan rezervuarlarda: suzib yuruvchi tomli, potonli yoki yuqori bosimli – tomchi ko`rinishidagi (0.7 kg/sm2 gacha bosim ostida ishlaydigan) rezervuarlarda saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Gorizontal ko`rinishdagi rezervuarlardagi ko`p turdagi neft mahsulotlari saqlanib, asosan ular sanoat korxonalarda va qishloq xo`jaligida tarqatuvchi ombor sifatida foydalaniladi.
Konus ko`rinishida yopilgan tik tsilindrik ko`rinishdagi rezervuarlarning hajmi 100 – 5000 m3 bo`ladi. Bunday rezervuarlarning markazda (hajmi 100 va 200 m3 dan tashqari) tayanch ustuni bo`lib, bu ustun tomning yopadigan bo`laklari (xitlari) mahkamlanadi. Sferik ko`rinishda yopilgan rezervuarlarning hajmi 10000, 15000 va 20000 m3 bo`ladi. Bularda tom bo`laklari rezervuar korpusiga o`rnatilgan qattiq xalqa konturi bo`yicha mahkamlanadi. Rezervuar devor metall o`rinlarining (varog`ining) qalinligi (pastdan yuqoriga) 6 – 14 mm, tom metallining qalinligi 3 mm bo`ladi.
Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarning statsionar (qo`zg`almas) tomi bo`lmaydi. Tom vazifasida metall bo`ladigan (varog`idan) yasalgan, suyuqlik yuzasida yuruvchi disk bajaradi. U maxsus konstruktsiyaga ega bo`lib, uning suyuqlik ustidagi harakati qo`zg`aluvchan narvon yordamida amalga oshiriladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 100 – 50000 m3 ga bo`ladi.
Suzib yuruvchi pontonli rezervuarlarga tomli metall bo`laklari (xitovaya pokritiya) bilan yopilgan rezervuarlar kiradi. Ponton pukak ko`rinishidagi disk bo`lib, suyuqlik yuzasiga tegib turadi, ya‘ni suyuqlik bilan harakatlanadi. Suyuqlik yuzasi bilan uning o`rtasida havo bo`shlig`i yo`qligi sababli, yengil bug`lanuvchan mahsulotlarni isrof bo`lishligi 4 – 5 marta kam bo`ladi.
Tomchi ko`rinishidagi rezervuarlar, oddiy tik o`rnatilgan rezervuarlarning ishlatish mumkin bo`lmagan hollarda, yengil bug`lanuvchan neft mahsulotlarini saqlash uchun foydalaniladi.
Havo bo`shlig`idagi ichki bosim 0.04 – 0.2 MPa (0.4 – 2 kg/sm2) ga mo`ljallangan. Yengil bug`lanuvchi mahsulotlarni saqlashda, umuman ularning isrof bo`lishligi sodir bo`lmaydi. «Kichik» nafas olishdagi yo`qolish bo`ladi. Faqat to`ldirishda bug`lar havoga chiqaziladi («katta» nafas olishdagi yo`qolish).
Yotiq rezervuarlar taqsimlovchi neft mahsuloti omborlarida va tarqatuvchi omborlarida, neft mahsulotlarini tashishda va saqlashda ko`p ishlatiladi. Ular 0.07 MPa ichki – 100 m3 ni tashkil etadi.
Nometall rezervuarlar.
Neft mahsulotlarini saqlashda nometall rezervuarlardan ham foydalaniladi. Bunday rezervuarlar: temir beton (t/b), ipli rezina (rezinatkanovue) rezervuarlari kiradi. Temir beton rezervuarlari: mazut, neft, yog` va tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Tiniq neft mahsulotini saqlovchi nometall rezervuarlarni ichki yuzasi yupqa po`lat varog`i bilan qoplangan bo`ladi.
Tsilindr ko`rinishidagi t/b rezervuarlarning hajmi 100 – 30000 m3, ayrim hollarda ularning hajmi 100000 m3 ni tashkil etadi. Gaz bo`shlig`idagi ichki bosim ≈ 2000 MPa (0.02 kg/sm2) tashkil etadi. Ipli rezina rezervuarlari avtomobil benzinini reaktiv yoqilg`isini, kerosin, dizel yoqilg`isini va moyni tashish va saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p ishlatiladigan bunday rezervuarlarni hajmi 2,5 – 5,0 m3 tashkil etadi. Ayrim hollarda, hajmi 400 m3 bo`lganlari ham tayyorlanadi.
Po`lat rezervuarlarining jihozlari.
Rezervuarlardan to`g`ri foydalanish va ularning xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ular kerakli asbob uskunalar, jihozlar bilan ta‘minlangan.
Masalan: qabul qiluvchi – tarqatuvchi quvur (patrubka), yorig`lik kiruvchi, o`lchovchi lyuklar (murkanlar), “xlopushka” nafas oluvchi klapan, gidravlik saqlovchi klapanlar olovdan saqlovchilar, satx o`lchovi, ko`pik genaratori va boshqalar.
Qabul qiluvchi – tarqatuvchi quvur, mahsulotni qabul qilib olish tarqatish ishlarini bajaradi. O`lchovchi lyuk – neft mahsulotini, suv osti mahsulotni balandlik sathini aniqlashda hamda namunalarni olish uchun xizmat qiladi. Kirish lyuki, rezervuarni pastki qismida joylashgan bo`lib, u orqali ichki qismini tozalash, ta‘mirlash hamda shu ishlarni bajarish davomida shamollatishga mo`ljallangan. Yorug`lik lyuki, tepada joylashgan bo`lib, rezervuar ichiga yorug`likni tushishi va shamollatish uchun xizmat qiladi. Xlapushka qabul qiluvchi – tarqatuvchi quvurning ishdan chiqqan paytida, neft mahsulotlarini to`kilishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Nafas oluvchi klapan rezervuarning ichki bo`shlig`ini atmosfera bilan bog`lash uchun xizmat qiladi. Gidravlik saqlovchi klapan, nafas oluvchi klapanning ishdan chiqqan paytida rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Olovdan saqlovchi klapan – olov yoki uchquni nafas oluvchi klapanlar orqali rezervuarlar ichiga kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi.
N a z o r a t s a v o l l a r i .
1. Rezervuarning vazifasi nimadan iborat.
2. Metall rezervuarlar haqida umumiy ma‘lumot bering.
3. Nometall rezervuarlar haqida nimalarni bilasiz.
4. Rezervuarlarning yer yuzasiga nisbatan joylashishini tushuntiring.
5. Hozirgi kunda ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi qanday.
6. Po`lat rezervuarlar.
7. Suzib yuruvchi tomli rezervuarlar.
8. Nometall rezervuarlar.
9. “Totrubka” nima.
10. Tsilindr ko`rinishli rezervuarlar.
17 – Ma‘ruza
Mavzu: Neft va gazlarni quvur orqali tashishda
atrof – muhitga bo`lgan ta‘sirlar.
Reja:
1. O`simlik va yer qatlamiga bo`lgan ta‘sirlari.
2. Suv havzalariga bo`lgan ta‘sirlari.
3. Atmosferaga bo`lgan ta‘sirlar.
4. Neft mahsuloti va gazlarni ruxsat etilgan kontsentratsiyalari.
Adabiyotlar: (7;8)
Tayanch so`zlar: qaynash harorati, fraktsiya, regenratsiya, suzib yuruvchi sharlar.
1. O`simlik va yer qatlamiga bo`lgan ta‘sirlar.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, magistral neft va gaz quvurlarida sodir bo`ladigan turli avariyalar natijasida urlar orqali tashilayotgan neft va uning mahsulotlari yerga, suv havzasiga to`kiladi; gazlar esa, atmosferaga tarqaladi. Natijada, atrof – muhit komponentlari, gidrosfera, metosfera, atmosfera va biosfera bo`lgan. Har qanday moddalar singari neft va uning mahsulotlari va gazlar ham, ma‘lum zararli ko`rsatgichlarga ega bo`lib, atrof – muhit komponentining tashkil etuvchilarining (insonlarni, hayvonot va o`simlik dunyosini va boshqalarning) ekologik sharoitlarini yomonlashtiradi.
Magistral quvurlardan to`kilgan neft va uning mahsulotlari, yerning biologik unumdorligini pasayishiga olib keladi. amaliy kuzatishlarga (tekshirishlarga) qaraganda, neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanmagani yerga ekilgan o`simliklarga qaraganda, buyining 3 – 4 marta past bo`lishligi hosildorligini esa 5 – 6 marta bo`lishligi aniqlangan.
Neftning qaynash harorati 1500S dan 2750S bo`lgan fraktsiyalar yuqori zaharli hisoblanadilar. Qaynash harorati past bo`lgan fraktsiyalar, tez buluvchi fraktsiyalari, kam zaharli – xavfsiz hisoblanadilar. Chunki bunday fraktsiyalar tez bug`lanishi natijasida, yer qatlamiga kirishga ulgirolmaydilar.
Yuqori haroratda qaynovchi og`ir fraktsiyalarning qovushqoqligini yuqori bo`lishligi, ularning yer – o`simlik qatlamiga bo`lgan ta‘sirini sekinlik bilan amalga oshishini sodir etadi.
Umuman, neft va uning mahsulotlari bilan bo`lgan yer – o`simlik qatlamining o`ziga tozalanish jarayoni, ayniqsa shimoliy rayonlarda 10 yillar vaqtni talab etib, natijada o`simlik dunyosiga bo`lgan ta‘siri ham uzoq vaqt davom etadi.
To`kilgan neft va uning mahsulotlarini yer – o`simlik qatlamiga bo`lgan ta‘sirini kamaytirish (oldingi holatiga qaytarish), kirib olish va regenratsiya usullari yordamida amalga oshiriladi.
Yer osti suv balandligi uning yuzasidan chuqur joylashgan bo`lsa, tuproqni neftdan tozalashda kirib olish usulidan foydalanadi. Aksincha, regenratsiya (erni yuvish) usulidan foydalaniladi. Bu usullarni bajarilishi va texnologik chizmalari bilan ma‘ruza vaqtida batafsil tanishtiriladi.
2. Suv havzalariga bo`lgan ta‘sirlari.
Suv havzalarini neft va uning mahsulotlari bilan bug`lanish, ular orqali (ustidan yoki tagidan) o`tkazilgan magistral neft quvur bo`limlarining yoki mahsulotini tashuvchi tanker, birjalarining ishdan chiqish bo`yicha yoyilib, uning yuzasida yupqa neft pardasini hosil qiladi. Ma‘lumotlarga qaraganda bir tonna to`kilgan neft 20-30 km2 maydonga suv yuzasiga yoyilib, uni ifloslantiradi. Natijada, suv bilan atmosfera o`rtasidagi havo almashish buziladi. Bu o`z navbatida suvning ekologik sharoitini yomonlashtiradi. Undan tashqari, suv tarkibidagi (erkin, emulsiy va kolloid zarrachalar ko`rinishidagi) neftlar, suvning fizik, kimyoviy xossalariga ta‘sir ko`rsatib, unda yashayotgan o`simlik va hayvonot dunyosining yashash faoliyatini yomonlashtiradi, suvdan foydalanishni qiyinlashtiradi. Ayniqsa, neft bilan ifloslangan suvning baliq xo`jaligiga bo`lgan ta‘siri katta bo`ladi. Masalan, neft yoki uning mahsulotini suvdagi kontsentratsiyasi 0.5 MG/l bo`lganda 10 sutkadan keyin shu suvlarda yashayotgan baliq go`shtining mazasi neft mahsuloti ta‘miga o`tishi aniqlangan. Undan tashqari katta baliqlar olib quygan tuxumlari va ikralari nobud bo`ladi.
Suv tarkibidagi neft va uning mahsulotlari miqdorining kamayishi, ularning tabiiy parchalanish, kimyoviy oksidlanishi va suvda yashovchi mikroorganizmlarning ta‘sirlarida biologik parchalanish natijasida sodir bo`ladi. Lekin bu jarayonlar bir necha yillar davomida amalga oshadi. Bu o`z navbatida suvda yashovchi o`simlik va tirik organizmlarni ekologik sharoitini yomon holatda uzoq vakt davom etishini sodir etadi. Shuning uchun suvlarning ekologik sharoitlarini birlamchi holatiga qaytarish, ular tarkibidagi to`kilgan neftlarni tezlikda ajratib (yig`ib) olish samarador hisoblanadi. Buning uchun suv xavzasining holatiga qarab (oqar yoki oqmas) to`kilgan neftlar to`planadi, keyin esa ularni maxsus moslamalar (suzib yuruvchi sharlar) yordamida suvdan ajratib olinadi. Ajratib olish texnologiyasi va sharoitlari bilan ma‘ruza vaqtida batafsil tanishtiriladi.
Atmosferaga bo`lgan ta‘sirlar.
Neft, neft mahsulotlari va gazlarni tashishda ham, atmosferaning bug`lanishi, quvurlarni ishdan chiqish va ularning tarkibiga kiruvchi qurilmalarni, asbob va anjomlarni nosozligi natijasida sodir bo`ladi. Ayrim hollarda havoga tarqalayotgan gazlar va yerga to`kilgan neft va neft mahsulotlari (ayniqsa, botqoqli joylarda) yoqib yuboriladi. Yonish jarayonida zararli moddalar: uglerod oksidi, oltingugurt angidrit va boshqalar hosil bo`ladi. Oltingugurt angidrid (SО2) inson va o`simliklar uchun zaharli modda hisoblanadi. Bu rangsiz, kuchli hidli gaz bo`lib, uning havodagi kontsentratsiyasi 20 – 50 MGF m3 bo`lganda nafas yo`llarini, kuz likopchalarini yallig`lanishini sodir etadi. Undan yuqoridagi kontsentratsiyasida bug`ilish, xo`shidan ketish xodisalari sodir bo`ladi. Nam atmosfera havoda SО2 suv tomchisi bilan sulfat kislotasining aerozalini hosil qiladi. Nafas olganda, nafas yo`llari va kuz qopqog`ini yallig`lantiradi. Undan tashqari, o`simliklarda tana jarohatlarini hosil qiladi.
Yerga to`kilgan neft va uning mahsulotlarining yonishi natijasida yerdagi o`simliklar va yashovchi tirik organizmlar nobul bo`ladi.
1. Neft mahsuloti vagazlarni ruxsat etilgan kontsentratsiyalari.
Har qanday moddalar singari neft, neft mahsulotlari va gazlar ham, ma‘lum zararli ko`rsatgichlarga egadirlar. Shuning uchun har bir moddaning zararli xususiyatlarini hisobga olib, ularning atmosfera, suvdagi ruxsat etilgan kontsentratsiyalari belgilangan (PDK). Moddalarning ruxsat etilgan kontsentratsiyada insonlar organizmida cheksiz vaqt davomida, patologik o`zgarishlar yoki kasalliklar sodir bo`lmaydi.
Masalan, neft mahsulotlarining suvdagi ruxsat etilgan kontsentratsiyasi: baliq xo`jaligi uchun 0.05 MG/l, ichimlik suvlari uchun 0,1 MG/l ga teng.
Zararli moddalarning ruxsat etilgan kontsentratsiyasi ikki ko`rinishda belgilanadi: o`rtacha sutkalik va bir marotaba (razovaya). Moddalarning bir marotaba ruxsat etilgan kontsentratsiyasi, shu moddalarning ishlab chiqarish joylari uchun belgilangan, ya‘ni inson shu joyda qancha vaqt bo`lishligi aniqlanadi. O`rtacha sutkalik ruxsat etilgan kontsentratsiya ko`rsatgichida, inson cheksiz vaqt davomida o`z faoliyatlarini davom ettiradilar. Quyidagi jadvalda aholi yashaydigan joy havosidagi ayrim moddalarning ruxsat etilgan kontsentratsiyalari keltirilgan.
Modda
|
PDK, MG/m3
|
Modda
|
PDK, MG/m3
|
Yukori bir marotaba
|
Urtacha sutkalik
|
Yukori bir marotaba
|
Urtacha sutkalik
|
Ammiak
|
0.2
|
0.2
|
SO2
|
0.5
|
0.05
|
Benzin
|
5
|
1.5
|
H2O
|
0.008
|
0.008
|
Butan
|
200
|
-
|
Uglerod oksidi
|
3
|
1
|
Metenol
|
1
|
0.5
|
Этилен
|
3
|
3
|
Bir vaqtning o`zida atmosferada bir nechta zararli moddalar mavjud bo`lsa, ularning umumiy kontsentratsiyalar yig`indisi birdan katta bo`lmasligi kerak.
С=с1/ПДК1 + с2/ПДК2 + . . . . . . + сn/ПДКn ≤ 1
Bu yerda: с1 с2 . . . . . . сn – bir joydan zararli moddalarning kontsentratsiyalari.
PDK1, PDK2, PDKn – zararli moddalarning maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiyalari.
N a z o r a t s a v o l l a r i .
1. Neftni quvurlar orqali tashishda atrof – muhitga bo`lgan ta‘siri.
2. Gazni quvurlar orqali tashishda atrof – muhitga bo`lgan ta‘siri.
3. Neftni temir yo`l transporti orqali tashishda atrof - muhitga bo`lgan ta‘siri.
4. Neftni avtomobil transporti orqali tashishda atrof – muhitga bo`lgan ta‘siri.
5. Neftni suv transporti orqali tashishda atrof – muhitga bo`lgan ta‘siri.
6. O`simlik dunyosiga bo`lgan ta‘sirlar.
7. Yer qatlamiga bo`lgan ta‘sirlar.
8. Insonlarga bo`lgan ta‘sirlar.
9. Ifloslanishni oldini olish chora tadbirlari.
10. Sog`lom ekologik muhitni tashkil etish.
18 – Ma‘ruza
Mavzu: Neft va gazni tashishda va saqlashda
atmosferaning bug`lanishi.
Reja:
1. Tashishdagi atmosferaning bug`lanishi va uning salbiy ta‘sirlari.
2. Neft mahsulotlari va gazlarni saqlashda atmosferaning bug`lanishi.
3. Neft mahsuloti omborlarida oqova suvlarining hosil bo`lish manbalari.
4. Tozalash usullari va ularni tozalash mexanizmi.
1. Tashishdagi atmosferaning bug`lanishi va
uning salbiy ta‘sirlari.
Musaffo yer usti atmosferaning tarkibi 78 foiz azotdan, 21 foiz kisloroddan va bir foizga yaqin turli gazlardan iborat. Atmosferaning bunday tarkibi insonlarning hamda tirik va o`simlik dunyosini yashash faoliyati uchun maqbul ekologik sharoit hisoblanadi. lekin, xalq xo`jaligining turli tarmoqlarini rivojlanishi, uning tarkibini har xil ko`rinishdagi zararli moddalar bilan bug`lanishiga olib kelmoqda. Masalan, 1985 yil O`zbekiston Respublikasi bo`yicha atmosferaga 1 mln. 320 ming tonnadan ortiq turli ko`rinishdagi zararli moddalar chiqarilgan («Toshkent xaqiqati», 1 iyul 1989, №125).
Barcha tarmoqlar singari neft va gazni tashish va saqlash tizimida ham atmosferaning bug`lanishi sodir bo`lmoqda. Bug`latuvchi manbalarga tashishda – tashuvchi transport vositalarining avariyalari, saqlashda – rezevuarlardagi neft va uning mahsulotlarining bug`lari hamda neft – gaz va neft mahsulotlarining yonishi natijasida hosil bo`ladigan mahsulotlar kiradi.
Atmosferaga chiqarilgan har bir modda, shu jumladan neft – gaz va ularning komponentlari, o`zlariga xos zararli ko`rsatgichlarga egadirlar. Moddalarning salbiy ta‘sirlari ularning zaxarlik va organizmga ko`rsatadigan (qichitish, yallig`lanish) ko`rsatgichlari orqali harakterlanadi.
Avariya natijasida, magistral neft va gaz quvurlaridan to`kilayotgan yoki havoga tarqalayotgan mahsulotlarning yonishida bo`ladigan uglerod va oltingugurt oksidlari, eng xavfli havo bug`latuvchilari hisoblanadilar.
Uglerod oksidi – rangsiz gaz bo`lib, markaziy nerv va yurak – oshqozon tizimiga katta ta‘sir ko`rsatadi.
Oltingugurt angidriti – kulonsik hidga ega bo`lgan rangsiz gaz. Uning havodagi kontsentratsiyasi 20 – 50 MG/m3 bo`lganda, kuz va nafas yo`llarida qichitishlar chodir bo`ladi. Undan yuqori kontsentratsiyada, odamlarda bug`ilish va xushdan ketish bo`ladi. Undan tashqari SО2 gazi havodagi suv tomchisi a‘rozolini hosil qiladi. Bu o`z navbatida, nafas yo`llarida kichitish va yallig`lanishlarni sodir etadi. O`simlik dunyosiga ham katta salbiy ta‘sir ko`rsatadi.
Atmosferaga tarqalayotgan gazlar havo bilan aralashma hosil qiladilar. Ularning aralashmadagi miqdori ma‘lum miqdorga yetganda aralashmada portlash va yonish hodisalari sodir bo`ladi. Ayniqsa, suyultirilgan gazlar (propani) diffuziyalanish qobiliyatining kichikligi va o`zicha o`t olish haroratining pastligi, uning havo bilan aralashmasida statsionar tez yonish yoki detonatsiya (portlash) bo`limini hosil qiladi. Detonatsiya natijasida hosil bo`lgan havo to`lqini atrofga tovush tezligidan yuqori tezligida tarqalib, katta vayronagarchiliklarni sodir etadi. Buni AQSHda olib borilgan kuzatish natijalaridan ko`rish mumkin. Propan quvurining to`kilishi natijasida, undan 119 m3 suyultirilgan propan gazi tashqariga oqib chiqadi. Besh minutdan keyin balandligi 15 – 25 m bo`lgan propan – havo aralashmasining buluti hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan bulutning tarqalishi natijasida bir vaqtning o`zida chaqnash (o`t olish) va kuchli to`lqin hosil bo`ladi va keyin olov buroni (shturmi) hosil bo`ladi. Portlashda hosil bo`lgan havo to`lqini natijasida radiusi 8 km gacha bo`lgan maydondagi barcha qurilmalar vayron bo`lgan. Atmosferaga tarqalgan gaz va neft mahsulotining bug`lari, atrof – muhit komponentlarining tashkil etuvchilarini (odamlar, hayvonot va o`simlik dunyosini) yashash faoliyatlariga katta zarar ko`rsatadilar. Shularni hisobga olib, boshqa moddalar qatori, gaz va neft komponentlarining havodagi o`rtacha sutkalik ruxsat etilgan kontsentratsiyalari (PDK) belgilangan (MG/m3). Masalan: metanol – 5 v.k. moddalar xavo tarkibida ruxsat etilgan kontsentratsiya chegarasida bo`lsa, shu havodan nafas olayotgan tirik organizmda bevosita va bilvosita ta‘sirlar sodir bo`lmaydi. Agar bir vaqtning o`zida, havo tarkibida bir nechta zararli moddalar bo`lsa, ularning ta‘sirlari bir yo`nalishda bo`lsa, ularning umumiy miqdori birdan katta bo`lmasligi kerak bo`ladi va u quyidagicha hisoblanadi.
С=с1/PDK1 + с2/PDK2 + . . . . . . + сn/PDKn ≤ 1
Bu yerda с1, с2, сn – bir joydagi zararli moddalarni atmosferadagi kontsentratsiyalari. PDK1, PDK2, PDKn – atmosfera tarkibidagi zararli moddalarni ruxsat etilgan kontsentratsiyalari.
2. Neft mahsulotlari va gazlarni saqlashda
atmosferaning bug`lanishi.
Neft mahsuloti omborlarida bajariladigan texnologik jarayonlar (qabul qilish, saqlash va tarqatish) natijasida neft mahsulotining bug`lari atmosferaga tarqalishi (isrof bo`lishi) sodir bo`ladi. Ayrim hollarda ularning isrof bo`lish miqdori ko`p (2 – 5 foiz) bo`lib, xalq xo`jaligiga katta ziyon keltiradi. Ayniqsa, yengil bug`lanuvchi neft mahsulotlarida, isrofgarchilik miqdori katta bo`ladi. Bug`lanish natijasida mahsulot miqdorining kamayishi bilan qatorda uning sifati yomonlashadi (pasayadi). Chunki, bug`langanda mahsulot tarkibidagi yengil fraktsiyalari yo`qoladi. Bu o`z navbatida yoqilg`ilarni fizik – kimyoviy xossalarining pasayishiga olib keladi.Masalan, mahsulotning zichligi oshadi, oktan soni kamayadi va boshqalar.
Isrof bo`lish (yo`qotish) harakteriga ko`ra: foydalanishdagi va avariyalardagi isroflarga bo`linadi.
Foydalanishdagi yo`qotish o`z navbatida: miqdoriy, miqdoriy – sifat va sifat yo`qotishlariga bo`linadi. Miqdoriy yo`qotish, neft mahsulotlarining tashiydigan kommunikatsiyalarni va saqlaydigan rezervuarlarni tashilishi, quyuvchi – to`kuvchi moslamalarning nosozligi hamda rezervuarlarni, neft quyuvchi kemalarning va har xil idishlarning to`lib ketishi natijasida sodir bo`ladi. Sifat yo`qotish – turli xildagi neft mahsulotlarining bir – birlari bilan aralashishi, suvlanishi, mexanik iflosliklar bilan ifloslanishi natijasida sodir bo`ladi.
Sifat – miqdor yo`qotish, asosan neft mahsulotlarini rezervuarlarda saqlash (quyish – to`kish) jarayonlarida hosil bo`lib, bunda mahsulotlarining bug`lanishi natijasida ikki ko`rsatkichning o`zgarishi bir vaqtning o`zida sodir bo`ladi.
Yengil bug`lanuvchan neft mahsulotlarining rezervuarlardagi yo`qolishi katta va kichik «nafas» olish jarayonlarida amalga oshadi.
Kichik «nafas» olishdagi yo`qotish – rezervuarlarda statsionar (o`zgarmas) holda saqlanayotgan neft mahsulotlarini sutka davomida haroratning o`zgarishi natijasida isrof bo`lishidir (yo`qolishidir). Kunduzlari rezervuarning isishi natijasida ularda saqlanayotgan neft mahsulotlari bug`lanadi. Hosil bo`lgan bug`lar rezervuarning havo bo`shlig`ida to`planib, tegishlicha, rezervuar ichidagi bosimning ortishiga olib keladi. Bosim ko`rsatgichi nafas oluvchi klapanning moslangan bosim ko`rsatgichidan oshsa, klapan ochilib, rezervuar ichidagi ortiqcha havo – bug` aralashmasi tashqariga chiqib ketadi. Kechasi esa, teskari jarayon bo`ladi. Havo haroratining pasayishi natijasida rezervuarlardagi bug`larning qisman kondensatsiyalanishi natijasida bosim kamayib, vakuum hosil bo`ladi. Bu o`z navbatida klapanning ochilishini sodir etadi va tashqaridan tegishli hajmdagi havo rezervuarga kiradi. Yuqorida keltirilgan jarayonlar mahsulotni saqlash muddatida uzluksiz davom etadi va tegishlicha, saqlanayotgan mahsulotda sifat – miqdor o`zgarishlari to`xtovsiz davom etaveradi. Katta «nafas» olishdagi yo`qotish rezervuarlarini mahsulot bilan to`ldirish hamda mahsulotni ulardan to`kib olish jarayonlarida sodir bo`ladi. Rezervuarlarni neft mahsuloti bilan (benzinlar) to`ldirish jarayonida, ularning ichidagi hosil bo`lgan havo – bug` aralashmasi siqilib, yuqoriga ko`tariladi va rezervuarlar havo bo`shlig`ining bosimi oshadi. Natijada nafas oluvchi klapan ochilib, rezervuar ichidagi tegishli bug` – havo aralashmasi tashqariga chiqib ketadi, ya‘ni katta «nafas» olish sodir bo`ladi. Mahsulotni rezervuardan to`kishda esa, tegishli hajmdagi yangi havo klapan orqali rezervuar ichiga kiradi. Kirgan havo yana neft mahsuloti bug`i bilan aralashma hosil qiladi. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan jarayonlar (to`ldirish – to`kish) natijasida rezervuarlarda katta «nafas» olishdagi yo`qotish sodir bo`laveradi.
Ma‘lumotlarga qaraganda rezervuarlarni benzin bilan to`ldirish jarayonida, katta «nafas» olishdagi yo`qotish: yoz oylarida taxminan 0.55 kgFm3 ni qish oylarida esa 0.35 kgFm3 tashkil etadi. Mahsulotni (benzinni) rezervuardan to`kish jarayonida katta «nafas» olishdagi yo`qotish 0.1kgFm3 ni tashkil etadi. Shunday qilib, hajmi 5000 m3 li bitta 500 kg ni, quyida 2700 kg (yozda) va qishda 1750 kg (qishda) tashkil etadi.
Katta va kichik «nafas» olishdagi yo`qotishlarni kamaytirish uchun quyidagilar kerak:
- yengil bug`lanadigan neft mahsulotlarini pontonli yoki suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarda saqlash;
- gaz bo`shlig`ida hisobli bosimni oshirish, O`rta Osiyo uchun 0.026 MPa gacha, qolgan janubiy rayonlar uchun;
- ,019 MPa gacha, o`rta klematik zonalar uchun – 0,016 MPa gacha;
- shimoliy rayonlar uchun – 0,015 MPa gacha.
- rezervuarlarni to`la – to`ldirish, ya‘ni qo`zg`almas (statsionar) qopqog`igacha to`ldirish;
- neft mahsulotlarini katta hajmdagi rezervuarlarda saqlash, ya‘ni hajm shishi bilan solishtirma yo`qotish kamayib boradi. (Yillik yo`qotish rezervuarlar hajmiga bog`liq bo`ladi).
Masalan, V = 200 m3 – 5.75 foiz (yillik yo`qotish), V = 2000 m3 – 3.75, V = 10000 m3 – 2.75 foiz v.k.z.
- bir xil neft saqlanayotgan rezervuarlarni “nafas” oluvchi rezervuar bilan ulab quyish;
- neft mahsuloti bug`larini ushlatish va ularni sun‘iy sovutish va sorbtsiyalash yordamida kondensatsiyalash (suyultirish);
- rezervuarlarni oq rangga buyash;
to`kish va quyish (to`ldirish) oralig`ini kamaytirish va x.k.
3. Neft mahsuloti omborlarida oqova suvlarining
hosil bo`lish manbalari.
Oqova suv deganda, ishlab chiqarish korxonalarining (neft mahsuloti omborlari, haydovchi nasos stantsiyalari va bosh.) mahsulotlari hamda korxona maydonlarida hosil bo`lgan yomg`ir suvlari va madaniy suvlar bilan ifloslangan suvlar tushuniladi. Bu suvlar atrof – muhitning ifloslantirishdagi asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Neft mahsulotlari omborlaridan foydalanish jarayonida, saqlanayotgan mahsulotlar bilan ifloslangan oqindi suvlar hosil bo`ladi. Hosil bo`layotgan oqindi suvlarning miqdori: katta neft mahsuloti omborlarida 1000 m3F. sutka va kichik omborlarda esa 5 dan 100 m3F sutkagacha hosil bo`ladi. Neft mahsuloti omborlarida hosil bo`ladigan oqindi suvlar ishlab chiqarish va yomg`ir oqindi suvlaridan tashkil topgan bo`ladi. Ishlab chiqarish oqindi suv manbalariga quyidagilar kiradi:
rezervuar saroyi – mahsulotosti suvlari;
yopiq ishlab chiqarish maydonlarida va quyish – to`kish estakadalarida idishlarni yuvishda hosil bo`lgan suvlar;
- qora neft mahsulotlarini isitishdagi ifloslangan kondensatlar;
- nasos kolniklarini mahkamlash va podshipniklarini sovutishda hosil bo`lgan suvlar;
- naft mahsulotlari bilan ifloslangan ma‘lum miqdordagi laboratoriya suvlari;
- neft va neft mahsuloti tashuvchi kemalardagi (tankerlardagi) balast suvlari.
Neft omborlari oqindi suv aralashmasining umumiy tavsiyanomasi jadvalda berilgan:
-
Ifloslanish miqdori
|
Miqdori mg/l
|
Ifloslanish miqdori
|
Miqdori mg/l
|
Neft mahsulotlari
|
400 – 15000
|
Quruq qoldiq
|
600 – 850
|
SHu bilan birga
|
Kuydirilgan
|
Tomchilar (suzib yuruvchilar)
|
350 - 14700
|
Quruq qoldiq
|
300 – 600
|
Aralashgan (emul-siyalangan)
|
50 – 300
|
BPK5
|
140 – 700
|
Eriganlar
|
5 - 20
|
Turetil kurg`oshin (С2Н5)4Rv
|
1– 2
|
Suzib yuruvchi moddalar
|
100 – 600
|
РН к7.2 – 7.8
|
|
Neft mahsuloti omborlari maydonlarida ham neft mahsulotlari bilan ifloslangan yomg`ir oqindi suvlari hosil bo`ladi. Rezervuarlar, temir yo`l estakadasi va boshqa maydonlarda hosil bo`lgan yomg`ir oqova suvlari tarkibida, neft mahsulotlarining miqdori ko`p bo`lib (20mgFl gacha), ular ham ishlab chiqarish oqindi suvlari kabi tozalash qurilmalari orqali tozalanib, tashqariga oqiziladi.
Tozalash qurilmasiga keladigan yomg`ir oqindi suvining yillik hajmi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi.
Q = FНφ+
Keltirilgan ma‘lumotlardan (jadvalga qarang) ko`rinib turibdiki, oqindi suvlar tarkibida neft mahsulotlarining miqdori ko`p bo`lib, ular turli holatda bo`ladilar (emulsiya, suspenziya, kolloid zarrachalari va eriganlar). Ularning suv manbalariga oqizilsa, yuqorida ko`rsatganimizdek (23 – ma‘ruzaga qarang), suvlarda yashovchi o`simlik va tirik organizmlarga nisbatan katta ta‘sir ko`rsatiladi. Undan tashqari toza ichimlik suv zahirasining kamayishiga olib keladi. Neft mahsuloti omborlari oqindi suvlarining zararli ko`rsatgichlarini va mahsulotlarini hisobga olib, hosil bo`lgan suvlarni tozalash qurilmalarida tozalab, keyin suv manbalariga oqizishni talab etiladi.
4. Tozalash usullari va ularni tozalash mexanizmi.
Neft mahsuloti omborlarida hosil bo`lgan oqindi suvlarni tozalashda: mexanik, fiziko – kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. Tozalash qurilmalarini texnologik chizmasi, (tarkibi) oqindi suvlarning neft maxsulotlari bilan ifloslanish darajasiga va ularning suvdagi holatiga qarab tashkil qilinadi, ya‘ni tozalash qurilmasiga kirib kelayotgan chiqindi suv tarkibidagi qo`shimchalar miqdori 400 – 15000 mgFl dan 0 – 3 mgFl gacha kamayishi kerak bo`ladi.
Masalan:
Tozalashdagi ayrim texnologik chizmalar tarkibi OS – oqindi suv; KU – qum ushlagich; NU – neft ushlagich; BFJ – bosimli flotatsiya jihozi, MF – mexanik filtr, YuKF – yutuvchi ko`mir filtri.
Mexanik tozalash, qum, neft ushlagich va qo`shimcha hovuzlarda amalga oshiriladi. Bu usul dag`al tozalash uslubi bo`lib, suv tarkibidagi dag`al mexanik qo`shimchalardan va suspenziya holatda bo`lgan neft mahsulotlaridan tozalanadi. Bu usul cho`ktirishga asoslangan bo`lib, qum ushlagichda suvning solishtirma og`irligidan katta bo`lgan qo`shimchalar (qum, tuproq) qurilmaning past qismiga cho`kadi, neft ushlagichda esa, suvdan yengil bo`lgan neft mahsulotlari suv yuzasiga suzib chiqadi. Suv yuzasiga ko`tarilgan neft mahsulotlari maxsus moslama (teshikli aylanuvchi quvur) yordamida ajratib olinadi.
Fizik – kimyoviy tozalash flotatorlarda (rezervuarlarda) amalga oshiriladi va bu flotatsiya tozalash deb ham yuritiladi. Tozalashning asosiy mexanizmi flotator ichidagi oqindi suv tarkibida havo sharchalari hosil qilish va hosil bo`lgan sharchalar yuqoriga ko`tarilishi davomida o`zi bilan birga neft zarrachalarini olib chiqishiga asoslangan.
Suv tarkibida havo pufakchalarini hosil qilish mexanik, pnevmatik va vakuum usullarida amalga oshiriladi. Mexanik usulda, flotatorning pastki qismida suv bilan havo oqimini aylantirgich (meshalka) yordamida aralashtirgich orqali o`lchami 0.5 – 5 mm bo`lgan havo pufakchalari hosil qilinadi. Bu pufakchalar ko`tarilishi davomida suvdagi neft mahsuloti zarrachalarini suv yuzasiga olib chiqadilar. Suv yuzasida tuplangan havo – neft mahsulotining ko`pigi ajratib olinadi. Mexanik flotatsiyaning tozalash samaradorligi juda yuqori bo`lmay 20 – 30 min. ishlash davomida 60 – 70 foiz neft mahsulotlari ajralib chiqadi. Buning asosiy sababi mexanik flotatsiya jarayonida hosil bo`lgan mayda neft emulsiya zarrachalari pufakchalar yuzasiga qiyin yopishadilar.
Pnevmatik flotatsiya, havo pufakchalari oqimining kompressor yordamida g`ovvak moslamalari orqali siqib chiqarish natijasida hosil qilinadi. Flotatorning pastki qismida hosil qilingan, o`lchami 1 – 10 mm bo`lgan, havo pufakchalari suv tarkibidagi neft mahsuloti zarrachalarini yuqoriga olib chiqadi. Tozalash samaradorligi, mexanik flotatsiyanikiga o`xshash bo`ladi.
Vakuum flotatsiyada, havo pufakchalari flotator ichidagi bosimni kamaytirish orqali amalga oshiriladi. Oqindi suv ustidagi bosimni kamayishi bilan undagi erigan havo pufak ko`rinishida ajraladi. Vakuum flotatsiyaning samaradorligini oshirish uchun, vakuum hosil qilmasdan oldin, oqindi suvni bosim ostida havo bilan to`yintiriladi. Vakuum hosil qilinganda hosil bo`ladigan pufakchalar soni ko`payadi va tegishlicha tozalash samaradorligi yuqori bo`ladi. Fizik usullardagi tozalashning samaradorligini oshirish maqsadida, kimyoviy usuldan ham foydalaniladi. bunda oqindi suvlar tarkibida koagulyant va flokulyantlar qo`shiladi. Bu moddalar turg`un agregat holatda turgan neft – suv tizimini buzib, mayda disperss ko`rinishdagi zarrachalarni kattalashishini sodir etadi, natijada tozalanish jarayoni tezlashadi.
Biokimyoviy tozalash. Bu tozalash jarayoni mexanik yoki fiziko – kimyoviy tozalash jarayonlaridan keyin amalga oshirilib, bunda erigan va o`lchamlari 1 – 50 mkm bo`lgan neft mahsulotining emulsiya zarrachalaridan tozalanadi. Biokimyoviy tozalash mikroorganizmlar: aerob va anaerob bakteriyalari yordamida, tegishlicha aerob va anaerob sharoitlarda amalga oshiriladi. Oqindi suvlarni anaerob sharoitlarda amalga oshiriladi. Oqindi suvlarni anaerob sharoitda tozalash. Anaerob miroorganizmlari yordamida olib boriladi. Bu bakteriyalarning yashash faoliyati kislorodsiz muhitda sodir bo`lib, ular yashash faoliyatlarida suvdagi erigan organik moddalarni tanalari orqali iste‘mol qilishib ularni parchalaydilar. Organik moddalarning anaerob parchalanishi natijasida: СН4 (metan), СО2 (ulerod ikki oksidi), Н2 (vodorod), N2 (azot), Н2S (vodorod sulfadi) gazlari hosil bo`ladi. Anaerob jarayoni ikki harorat oralig`ida: 20-350С (mezofil achitish) va 45 – 550С (termofil achitish) sodir bo`ladi.
Oqindi suvlar tarkibidagi organik moddalarni aerob minerallash (parchalash) aerob mikroorganizmlar yordamida amalga oshiriladi. Ularning yashash faoliyati kislorodli muhitda sodir bo`lib, baktriya organizmining xujayralariga kirib kelgan organik moddalar: СО2, Н2О nitrat va nitratlarga parchalanadilar.
Oqindi suvlarni biokimyoviy tozalash tabiiy va sin‘iy sharoitlarda: biologik hovuzlarda va biologik filtr hamda aerotenklarda olib boriladi. Quyidagi jadvalda turli qurilmalarda erishiladigan tozalash darajalari keltirilgan.
-
Qurilmalar
|
Suvdagi neft mahsulotlarining miqdori, mgFl
|
|
Kirib kelayotgan
|
Tozalangan
|
Neft ushlagich
|
400 – 15000
|
50 – 100
|
Flotatsiya jihozi
|
|
|
Koagulyatsiya bilan
|
50 – 100
|
15 – 20
|
Cho`ktiruvchi hovuz
|
20 – 50
|
15 – 30
|
Biotozalash stantsiyasi
|
20 - 50
|
5 – 10
|
Ozonlash jihozi
|
10 - 15
|
1 – 3
|
Keltirilgan ma‘lumotlardan ko`rinib turibdiki tozalashdan keyin ham suv tarkibida (5 – 10 mg/l) neft mahsulotlari bo`ladi. Bu ko`rsatkich neft mahsulotlarining suvdagi ruxsat etilgan kontsentratsiyasidan bir necha bor katta hisoblanadi. Ularning oqar suvlarga qo`shishni shunday tashkil qilish kerakki, neft mahsulotlarining umumiy suvdagi kontsentratsiyasi: aholi yashash joylariga yetib borguncha 0.1 mg/l, baliq xo`jaligi havzalariga yetib borguncha 0.05 mg/l bo`lishi kerak.
Tozalangan oqindi suvlarni oqmas suv havzalariga (ko`llarga) oqizish man etiladi.
N a z o r a t s a v o l a r i .
1. Maqbul ekologik sharoitni tushuntiring.
2. 1985 yilda O`zbekiston Respublikasi bo`yicha atmosferaga qancha tonna zararli moddalar chiqarilgan.
3. Zaharli moddalarning ta‘siri haqida gapirib bering.
4. Hozirgi kundagi ekologik muammolarni tushuntiring.
5. Uglerod oskidini zararli foizini tushuntiring.
6. Gaz va neft komponentlarining havodagi o`rtacha sutkalik ruxsat etilgan foizini tushuntiring.
7. Sifat yo`qotilishi nima.
8. Katta va kichik nafas olish nima.
9. Yo`qotishlarni oldini olish.
SHartli belgilar:
1. DEG – Dietelenglikol
2. TEG- Trietelenglikol
3. MEA – Metiletilamin
4. S – Separator
5. T – Teploobmenik
6. PXAK – Past haroratli ajratish qurilmasi
7. AVO – Avtamatlashtirilgan havoli sovutgich
8. AYeKSH – Avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchasi
9. Ye – Idish
10. GTP – Gazni tarqatish punkti
11. YeOGO – Yer osti gaz ombori
12. BNS – Bosh nasos stantsiyasi
13. ON – Oraliq nasos
14. KS – Kompressor stantsiya
15. NSX – Kirishdagi yoki haydash oralig`i oxiridagi
16. YP – Yig`uv punkti
17. NKTK – Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi
18. NKIZ – Neftni qayta ishlash qurilmasi
19. NKG – Neytrallashgan nordon gaz
20. NCHK – Neytrallashgan qora chegara
21. USN – Universal to`kuvchi – quyuvchi asbob
22. USNPP – Universal to`kuvchi – quyuvchi asbob (bug` bilan)
23. USNPE – Universal to`kuvchi – quyuvchi asbob (elektr energiyasi bilan)
24. O.S. – Oqindi suv
25. K.U. – Qum ushlagich
26. N.U. – Neft ushlagich
27. B.F.J. – Bosimli flotatsiya jihozi
28. M.F. – Mexanik filtr
29. Yu.K.F. – Yutuvchi ko`mir filtri.
Do'stlaringiz bilan baham: |