O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 84,49 Kb.
bet7/17
Sana23.06.2022
Hajmi84,49 Kb.
#695585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
“SHE’RIYATDA POETIK TASVIR VA METAFORIK TAFAKKUR UYG’UNLIGI” (F.Afro\'z, Z.Mirzo, H.Ahmedova she’rlari misolida disss

Bulut daraxtlarning uchiga qo’ngan,
Homuza tortadi kerishib bahor.
Qaldirg’och zavqiga to’lgan osmonning
Qo’lidan ketganday go’yo ixtiyor.
Ijodkor birinchi misrada bulutni tasvirlarkan,holat o’xshashligi asosida ma’no ko’chiradi. Bulutning ko’kda turishi go’yoki daraxtlar uchiga qushdek qo’nib turganga o’xshaydi. Darhaqiqat, tabiat manzarasini kuzatsangiz, bulutli osmon,daraxtlarga uzoqlardan termularkansiz, bulut samoda emas, daraxtlar uchiga qo’ngandek ko’rinadi. Buni faqatgina ijodkor nigohi bilangina anglash mumkin. Keying misrada tasvirlangan jonlantirish she’rning chin ma’noda tasvir va ta’sir quvvatini oshirgan: bog’larning kerishib homuza tortishi, ya’ni esnashi kitobxon shuurida ayni insonga xos bir holatning namoyon bo’layotganligini his ettiradi. Bundan tashqari, metafora assotsiativ tafakkur mahsuli bo’lganligi bois uning ma’no diapazoni bir qatlamli emas, balki ko’p qatlamli, ko’p ma’nolidir. She’rda bahorning ilk kunlari haqida fikrlar bo’lmasada, uni o’qiyotgan she’rxon bog’larning homuza tortishi- tasvirning jonlantirilishi orqali ko’klamning olamga endiga qadam qo’yganligini ongli his qiladi. Keyingi misralarda qaldirg’och obrazining qo’llanilishi esa ijodkor maqsadini yanada dalillaydi. Va so’nggi misralarda Osmoning xohishi o’zida emasligi ifodalanadi. Ya’ni bu misralarni o’qir ekansiz, birdan ko’z o’ngingizda zavq-u shavqqa to’la bahor osmoni: qushlar-qaldirg’ochlarning charh urib, go’yoki butun borliq ko’kni o’z ixtiyoriga bo’ysindirgandek parvoz etayotganligi, bahorni bayram qilayotganligi ifodasi oydinlashadi. Shuning uchun ham shoira yuqoridagi tabiat hodisasini kuzatarkan , qaldirg’ochning osmonga hokimlik qilib qanot qoqayotganligi holatini she’rda mohirona ifodalaydi.
Shoira “O’rganish” nomli she’rida ham jonlantirishning ajib namunasini keltiradi:
Qo’rqoq ko’zlarimni qayga yashiray,
Jonimning ismini unutsa quyosh.
Nechun tomirlarim ichra har lahza
Zulmat qiqirlaydi ko’targancha bosh?!
She’r ikkinchi misrasidagi “Jonimning ismini unutsa quyosh metaforasi lirik qahramon ruhiyati, uning o’tgan va o’tayotgan kunlariga ishora qiladi. Bu kunlar qanday?! Bu kunlarga quyosh begona. Bilamizki, quyosh bu - yorug’lik, nur. U ko’kka ko’tarilar ekan olam yorqin ranglarga kira boshlaydi, u bilan birga tiriklik nafasi uyg’onadi. Zulmat parcha- parcha bo’lib uning nayzadek yog’dulari ostida yanchila boshlaydi. Demak, lirik qahramon jonini quyosh unutgan, uning hilvatlarida tong yo’q. Siniq bo’lsa-da nur yuq. Qorong’ulik kishida vahm uyg’otadi. Ijodkor : “Qorqoq ko’zlarimni qayga yashiray”,-deydi birinchi misrada. Uning butun vujudining qo’rquvi ko’zlariga ko’chgan U nursiz yo’llarda yurishga hadiksiraydi. Zulmat shu qadar domiga yutganki, uning qon- qoniga singgib ketgan, u lirik qahramon tomirlarida bosh ko’targancha,tantana qilib oqadi. Uchinchi, to’rtinchi misralardagi: ” Nechun tomirlarim ichra har lahza Zulmat qiqirlaydi ko’targancha bosh?!” metaforasi ijodkor dunyosida zulmatning huhmronligi, uning hatto tantanasi, munavvar kunlar , munir tuyg’ular ustidan g’olibligi ko’rinadi, xayolingizda gavdalanadi.
Shoiraning “Onam aytdi sarg'ayibdi rayhon shoxchasi”, deb boshlanuvchi she’rida bolalik xotiralariga yo’g’rilgan tong tasviri shunday jonlantiriladi:
Jilmayardi nozbo’ylarning hidini sochib
Va ochardi ariqlarga baxtning yo’lini.
Erta turib onam kabi yuvardi har kun
Shafqat degan tog’orada dunyo ko’nglini.
Yuqoridagi to’rtlik to’liq metafora asosiga qurilgan. Shoira tongning otishini bola nigohlari ila tasavvur qilar ekan, uni “jilmayardi nozbo’ylarning hidini sochib ” metaforasi orqali jonlantiradi. Ikkinchi misrada tongning ariqlarga suv yo’lini ochishi ham jonli tasvirlanadi. Ijodkor she’rda suv so’zini qo’llamaydi, balki uni “baxt”ga o’xshatadi. Bilamizki, shoira qishloq qizi. Unga qishloq hayoti, turmush tarzi begona emas. Tong otishi bilan dehqonlar dalaga ketmon yelkalab ketishadi. Ular ariqlardagi suv yo’lini egatlarga boshqaradi. Shoira buni esa “baxt yo’li”ga o’xshatadi.
Darhaqiqat, dalada dehqonning, xalqning rizqi shu ariqdagi suvlardan totinib o’sadi. U yetilib hosil bo’larkan,uning rizq bo’lib har bir xonadonga kirib borishi bu- Baxtdir. Uchinchi misralardagi “yuvadi” jonlantirishi, “shafqat tog’orasi”, “dunyo ko’ngli” o’xshatishlari betakror topilmalar hisoblanadi. Tong bu-ibodat, munojotlar pallasi. Dunyo yaxshilig-u yomonlik, to’g’rilig-u egrilik, vafo-yu xiyonat,iymon va shayton, savob-u gunoh to’qnashgan makon. Tasavvufda, so’fiylar nazdida ham dunyo nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik hisoblanadi. Olam yaratilibdiki, uning ko’ngli dog’larga to’la. Bu dog’lar istig’for bor ekan, qayta-qayta Tangrining rahmi ila har tong “shafqat tog’orasida” yuvilib poklanaveradi. Shoira so’nggi misralarda shunga ishora qiladi. Xalifa Ali (r.a) ning ham shunday muborak so’zlari bor:” Yer yuzida ikkita omonlik bor edi. Biri ketdi, biri qoldi. Ketgani Rasululloh(s.a.v)dir. Qolgani Istig’fordir”.
Shoira “Mendan olislarda tentiraydi baxt”, deb boshlanuvchi she’rida qish fasli tasvirini chizarkan, bu fasl bilan yurakdagi xasrat ,umr sochlariga qo’ngan qirov hamohang tarzda bir- birini to’ldiradi,uyg’unlashadi. . She’r qaynoq metaforalar bilan boshlanadi va so’nggi misralarga qadar bu badiiy tasvir va ifoda usuli davom etadi:

Download 84,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish