II BOB. METAFORIK TAFAKKUR TABIATI VA USLUBI IZLANISHLAR
2.1. Timsollar tizimida metaforaning badiiy-estetik vazifasi
Badiiy matnda qo‘llanilgan metaforalar o‘z ta’sirchanlik xususiyati bilan o‘quvchining his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi, uni zavqlantiradi, turli ruhiy holatlarga soladi. Bundan tashqari, metaforalar kishiga o‘z fikrlarini tilda mavjud bo‘lgan vositalar yordamida uzundan uzun jumlalar orqali ifodalashdan qutqaradi. Metaforalar yordamida ijodkorning fikrlari qisqa va aniq, sodda va obrazli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shoiralar ijodida ham timsollardan mohirona foydalanadi.
Simvol (yunoncha siymvolon- shartli belgi)- ramz,- tasvir obyektining mohiyatini ma’lum bir nuqtayi nazardan shartli ifodalovchi ramziy so’z yoki narsa. Simvollar zamirida hamisha o’xshatish yotadi. Simvollar realistic adabiyotda, shu jumladan, hozirgi adabiyotimizda ham keng qo’llaniladi. Masalan, shoir Cho’lponning “Binafsha” she’ridagi “binafsha”, A. Oripovning “Tilla baliqcha” she’ridagi “tilla baliqcha”, O.Matjonning “Yonayotgan daraxt” she’ridagi “yonayotgan daraxt” kabilar sof simvolik obrazlardir. Mumtoz adabiyotimizda keng qo’llanilgan gul, bulbul, tun, kun, oftob kabi juda ko’plab poetik obrazlar timsollik samarasisidir. Masalan, A. Navoiyning “Farhod va Shirin “ dostonidagi Farhod- muhabbat, mehnat, ahramonlik timsoli. Shopur- do’stlik va sadoqat ramzi. Shirin- muhabbat va go’zallik ramzi. Xusrav esa-bosqinchilik va yovuzlik ramzi bo’lib qolgan; “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik ramzi. Cho’lponning “Po’rtana” she’ridagi “po’rtana”, “suv qizi”, “shamol”, ‘to’lqin” kabi tabiat hodisalari simvolik obrazlar sifatida talqin qilingan. To’g’ri, shunchaki qaraganda, bu she’rda dengizda yuz beradigan tabiiy hodisa aks etganga o’xshaydi- aslida esa shoir dengiz hodisalariga katta ma’no baxsh etgan. Mana she’rning oxiridagi misralar shundan guvohlik beradi:
Bu mening keng ko’nglim g’avg’oni janjal,
To’palon, qo’zg’alish, to’plash, isyonni, to’fonni.
Suyadir-chun shuning dunyoni jahonni tog’ va tosh.
Hammasin ag’darmoq istaydir, yonadir, kuyadir…
O’ynat , ey po’rtana, to’xtatma, quvvat ol,
Chog’ kelgach erinib yotma, uxlama, bo’lmasin yo’qlama.
Ko’p ezgan dushmandan, past jondan
O’chni ol, o’chni ol. O’ch ol…
Metaforaning turi o’laroq, ramz ham adabiyotimizda o’z o’rniga ega. Ramz (arabcha- imo ishorat)- tasvir subyektining mohiyatini ma’lum bir nuqtayi -nazardan shartli ifodalovchi so’z yoki predmet. Ramzlar xalqaro atamashuoslikda simvol, deb yuritiladi. Ramzlar, o’z tabiatiga ko’ra, turli xil bo’ladi. Predmetlar, hayvonlar, qushlar, parrandalar, mashhur voqealar, harakat va predmetlarning belgilari va boshqalar simolistikada katta rol o’ynaydi. Masalan, bayroq- va gerb- davlat ramzi, tong- yoshlik va quvnoqlik, kabutar – tinchlik ramzi.
Simvollar zamirida hamish yashirin o’xshatish yotadi. Ular turmush voqea- hodisalari bilan chambarchas bog’liq. Simvollar har doim san’atda katta ahamiyat kasb etib kelgan. Chunonchi, simvollar san’atning negizi bo’lgan badiiy obrazlar tabiati bilan uzviy bog’liq, har qanday obrazda shartlilik va simvollik bo’ladi. Chunki obraz tabiatan hayotiy hodisalarni individual shakl orqali umumlashtirar ekan, bu jarayon shartlilik va simvolliksiz bo’lmaydi. Badiiy adabiyotda tashbih, istiora sifatlash paralellik ma’lum darajada simvollik xislatga egadi. Masallardagi jonlantirish, ertaklardagi allegorik xislatlar va, umuman, allegoriya- badiiy simvollikning ko’rinishlaridir.
Shoira F. Afro’z ijodida ,asosan, allegoriya, ramzlardan foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |