2.2. Hozirgi davr she’riyatida sо‘z va obraz munosabati
She’r tili esa ramzlar, timsollar tili. Obrazlilik, ma’joz — she’rning yuragi… Inson aqli yetib bormagan joyga ijodkor o‘z ruhi bilan yetib boradi. Shu bois, tilga kelgan ayrim misraarni ba’zan aql bilan izohlab berolmaysiz. “Badiiy adabiyot so‘z vositasida ish ko‘radi, so‘z vositasida ifodalaydi” деган қарашни ҳам шундан келиб чиққан ҳолда тушуниш керак бўлади. Яъни сўз бадиий адабиётда образ яратиш воситасидирки, унинг ёрдамида сўз санъатининг ифода воситаси бўлмиш образ яратилади. фарқни кўриш мумкин.
Poetik metafora – obraz, u lisoniy metafora kabi atashga emas, balki ifodalashga qaratilgandir. Zero, poetik metafora so‘z yoki so‘zlardan tarkib topuvchi matn bo‘lgani holda, unda ifoda so‘z (yoki so‘z birikmasi, gap, matn) vositasida emas, balki uning yordamida yaratilgan obraz orqali amalga oshadi.
Шеърият ҳақида гап кетганда, энг аввал унинг тасвир предмети инсон ҳис-туйғулари эканлиги, инсон қалбини тадқиқ этиши айтилади. Инсон қалби эса чексиз бир уммон. Ундаги эврилишлар, туйғулар жилвасини аташ учун ҳар доим ҳам сўз топилавермайди. Шунинг учун шеър образ яратади, ўз навбатида, образ шоир учун ўша ҳис-туйғуни ифодалашга, шеърхон учун эса қайта ҳис қилиб кўришга имкон яратади. Худди шу нуқтада лисоний метафора билан поэтик метафора орасидаги farq oydinlashadi.
Bugungi she’riyat - ko’ngil she’riyatiga esa, o’sha “xudbinlik botqog’i” rahna sololmaydi. Hissiy tafakkur madaniyati yuksak intellektual, bir o’qishdayoq o’qiguvchining shuuriga muhrlanadigan va nigohida qayta jonlanadigan poetik obrazlar yaratmoqda.
Ijodkor endi intim kechinmalarini so'zda suratlayotgandek, voqelikni kutilmagan noan’anaviy tashbehlar orqali idrok etadi,murakkab, ziddiyatli, ruhiy dramatik tasvirlarda ifodalaydi. Olamni bunday badiiy-estetik idrok etish, ifoda prinsiplarining takrorlanmasli taniqli shoira Z.Mirzo ijodiga ham xos xususiyatdir.
Shoiraning ko’pchilik she’rlari muxlislariga muhabbat va o’kinch oralig’ida turib yozilgandek, shoiraning lirik “men”i baxt va baxtsizlik chegarasida turgan odamday tuyuladi. Ya’ni u Tangriga sevilib, ammo yorga sevilmagan ma’shuqa:
Qo’lingizga tutsa ham Olloh,
yuragimga chiqmaysiz ega.
Siz sevilib baxtlisiz,
Biroq…
Men baxtiyor emasman nega?
Z.Mirzo she’rlarida hayot ana shunday o’z holicha yolg’onsiz, dardli, iztirobli lavhalanadi. Adabiyotshunos olim Bahodir Yo’ldoshev e’tirof etganidek: ”Zebo nazmining hatto biror satrida ham men farog’atni ko’rmadim, uning she’riyati farog’atdan darig’, shoira nazmida bezovtalik, katta bir tashvish, xalq dardi bilan o’z dardini mushtarak qilib yuborgan eng yuksak fazilatlar bor, qolaversa,unda yuragi pora-pora bo’lib, bevafolik dunyosida javobsiz qolayotgan beg’ubor ezgu tuyg’ular bo’rtib turadi”.
Darhaqiqat,shoira buyuk va safoli, ma’sum va dardchil Ishq kuychisi. Bu ishq gohida baxtdan mast, mamnunlikka limmo-lim, zavq kuylariga oshno, goh esa ayriliqdan ko’zi yoshli, ko’ngli dog’li, nafrati qahratondek qahrga to’la. Shoira bu mavzuda qalam tebratar ekan,ruhiy, iztirobli kechinmalarini tabiat tasvirlari bilan uyg’unlashtirib yuboradi:
Qachondir yurakka jazillab bosgan
Ishq edi- Quyoshning tosh uzra yo’li.
Bilaman: men unga hech kim emasman,
U menga Tangrining uzalgan qo’li!
Kitobxon she’rni o’qirkan, undagi voqelikni xayolida qayta tiklaydi. Ijodkor badiiy mahorati she’rni nafaqat xayoldan o’tkazish, balki o’qiguvchiga uni jism-u joni, ruhi ravoni bilan ham his etish imkonini beradi. Endi she’rxon lirik qahramon bilan birga javobsiz muhabbatdan ozorlanadi, uning yurakka botayotgan , quloqlarni yondirguvchi azobi-jazillagan tovushini-da eshitishga undaydi. Ma’shuqa oshiq uchun “hech kim”, lek u suyuklisini “Tangrining uzalgan qo’li”,-deya ulug’laydi. Mana shu qarama –qarshilik lirik qahramon uchun sevgining, sevgi deb atalmish ilohiy tuyg’uning naqadar buyukligini, butun umr unga ,garchi oshiq uchun ko’hna tushlarga aylanib ketgan esa-da, talpinishlarining sababini ko’rsatadi. Ishqning Iloh maqomiga yetishi shoiraning o’zlikni anglashi, vujudning poklig-yu, ruhning nurga do’nganligiga ishoradir. Aslida, asl ishqdan murod ham shudir.
Siz baxtlisiz…
Aqldan ozib,
Men jimman.
Ishq-umrimga qafas,
Yuragimni ezg’ilab, bosib
Yillar o’tdi, yillar…
Men emas.
Shoira ishqni qafasga qiyoslaydi. Qafas-tutqunlik, bandilik. U- erkning qulfi, xohishning o’limidir. Lirik qahramon sevgining asirasi. Bor inon-ixtiyori muhabbatda. Bu tuyg’u uning butun vujudi, ruhiga hukmron. Qalbiga hokim.
U: “Yillar o’tdi, yillar… Men emas”,-deydi. Haqiqatan, ma’shuqa ishq dardiga yo’liqqan kunda- o’sha lahzalarda qolib ketgan, oshiq nigohi tushgan larzalarda yo’qolgan.
Z.Mirzo go’yo Ishq otlig’ bayroqni baland, mardonavor ko’tarib ketayotgandek. U hijron matolaridan bunyod bo’lgan. Dard-u iztirob ranglariga botirilgan. Sadoqat, sabr-u toqat shamollarida quritilgan. Visol vodiylariga lahzalarda qadalgan-u, so’ng abadiy ayriliq , sog’inch ellarida hilpiray boshlagan. Bu bayroq yiqilmas, manguga tikka. Chunki olamda ishq deb atalmish ne’mat nafas olar ekan , bu ilohiy tug’g’u oshiqlar qalbida yangilanaveradi. Undan faqat yorug’ bir Umidning isi kelib turadi:
Ishonaman, qaydadir borsan,
Kunlar o’tar qora dard bo’lib.
Baxtning oydin kechalarida
Uchrashamiz muhabbat bo’lib.
Ibrohim G’ofurov: ” Shodlik ham, mung ham –murabbiy. Shodlikning cho’qqisi –mung, mungning cho’qqisi-shodlik”,-deb yozadi. Zero, Z.Mirzo she’rlaridagi hijron ham go’yo lirik qahramonni anduhlar ummonidan baxt va shodlik sohillariga eltayotgandek tuyuladi. She’r o’qimoqqa qadam qo’yarkansiz, tovoningiz qum sahrolarida kuyayotgandek bo’ladi. Bu kuyish ko’ngilga yetganda oyoqlaringiz yerdan uzilib shamoldek havoda oqa boshlaysiz.
Yoki tuyg’ular quyunga aylanadi-yu, xayollaringizni to’s-to’s qilib yuboradi:
Ruhim achchiq ishqqa tashna,
bir xanjarman-tahlikali,
to’rt tomoni o’tkir,keskir-
tikkalayin hayotingni ikki bo’lgan,
ikki dunyong evaziga berilgan sir.
Barmog’ingga
zanjir urgan qulf emasman,
men umringga sirtmoq solgan xalqadirman.
Seni shunday anduh bilan unutaman,
Senga shunday to’fon bilan qalqadurman.
Hissiy tafakkurning teranligi, badiiy idrokning originalligi, falsafiy mushohadaning turli ko’rinishlarda jilvalanishi shoira she’rlarining ta’sir kuchini yanada oshiradi. Kitobxon ma’lum vaqt she’r qobig’idan chiqolmay qoladi. She’r lirik qahramoni dunyosi besarhad. Oxiri yo’q og’riqlar, javobi yo’q so’roqlar, sabrni yo’ldosh etgan kutishlar, sarobni umidga aylantirgan sohir xayollar dil osmonini chaqmoq yanglig’ yorib chiqadi. Vujudni larzaga keltirib, ruhiyatingizda to’zon ko’taradi. Hattoki javobsiz sevgi iztirobi ham uning tomirlarida oqayotgan hayot kabi. Unda yorug’-yorug’ xayollardan ma’shuqa yuragiga kirib borasiz. O’tkir tig’larini ko’ksingizga tirab, yuragingizni kesib o’tayotgan nurdan farog’at topasiz. Goh shu ko’ksingizga nafrat toshlarini otgan bevafo oshiq uchun har bir lahza qon yutasiz va:
Hammasi,
Hammasi,
Hammasi uchun!
Ko’zlarimni o’ydim o’tkir tig’-la.
-deysiz va yana nafratingizdan tonib,”Men seni sevaman, ey mangu azob”,-deya uning o’zi bo’lib asta pichirlaysiz ham. Z.Mirzoning ishqqa to’la har satri ko’ngilni Haqqa bog’laydi. Chunki yolg’izning yori –Xudodir. Qalbning qalbga bo’lgan sevgisi, albatta, oxir borib, ilohiy muhabbat bilan qovushib ketadi. “G’am sevgisining piligin yoqib” turgan asrdek lahzalar iskanjasi aro hijron sahrolarida junundek sog’inch etaklaridan tutib, visol elini axtarib ketayotgan ko’ngilga sukunat soya, Olloh darddosh-u dildosh, mahramga aylanadi. Totar adabiyotining yirik vakili A.To’qay shunday yozgandi:
Parpirab yulduz yonodir tun qaro bo’lgan sayin,
Yodima Tangrim tushar baxtim qaro bo’lgan sayin.
Shoira ham “Tahayyul” nomli she’rida Haqni yod etib, unga munojotlar qiladi. She’r lirik qahramoni uni xo’rlaganni kechirishga, sevmaganni sevishga-da qodir. Tani bir yon-u, ruhi bir yon bo’lsa ham, yor ishqiga faqatgina o’zi bandi bo’lishini so’raydi:
Meni xo’rlaganni kechirgim kelar,
Sevgim kelar meni sevmaganni ham!
Yonida bir lahza o’ltirgim kelar
Va bir umr qolgim kelar, Xudoyim!
Men qanday bandaman, qanday bandaman,
Tani bir yonda-yu, ruhi andaman.
Aning ishqi uchun kuygan bandda man-
Bir men bandi bo’lgim kelar, Xudoyim!
Shoira “Ishq” she’rida: “Bir dilni Xudoni sevgandek sevdim”,- deydi. Uning sevgisi jimlik va sukutga sherik bo’lsa-da, lek shu jimlik, sukut ichra “ bitta hurlik, ming isyon va dod” yashirin. U bu ishqdan azob, iztirob totgan esa-da achinish , muruvvat nigohlariga muhtoj emas.
Z.Mirzoning yuqorida keltirilgan she’rlaridagi dil dardiga oshnolik, mehr-muhabbatga tashnalik, hijron shamollari, visol xayollari,vujudni tirnab, ruhni tilkalab yashayotgan armon, sevmog’-u sevilmaganlikning achchiq,alamli o’ylari yoki olis xotiraga aylanib borayotgan farahbaxsh, sururli munavvar lahzalar hech bir kitobxon qalbini jo’nbushga keltirmay iloj yo’q. Uning she’riyatidagi badiiy mahorat, bokira qalbning pokiza tuyg’ulari, eliga dardkash farzandning achchiq nolalari, vatanparvar insonning ilohiy sadolari bo’lib jaranglaydi.
Z. Mirzoning “ “U ishq edi”” nomli she’rida hijron azobida qovrilayotgan ko’ngil, yor vaslidan umidvor bo’lishdan uzoqlashmaydi. Qalbida hali-hamon umid shamlari yonib,xayollariga soya solmay turgandek. Tuyg’ularini ginalardan yiroqlashtirib, sof sevgi tomon bog’lab borayotgandek.
Olis orzuga aylangan muhabbat xayollarning nurli pog’onalaridan yurakka kirib kela boshlaydi-yu, uning yonida bir lahza ham qolmay, suvga tushgan gavhardek g’oyib bo’ladi. Nega gavhar?
Shoir yorini gavhar yanglig’’qadrlaydi. Gavhar suvda ham, yerda ham qayerda bo’lmasin, hech qachon asl qimmatini yo’qotmaydigan madandir. Lirik qahramon kun kelib o’sha gavhar yana qalb uzugiga qadaladi-yu, butun tundliklarni parchalab yuborishiga ishonadi.
O’tdi bahor, o’tdi xazonlar,
Uzun tunlar ko’z yummay o’tdim,
Kelmasingiz bilsamda, ammo
Kelasiz, deb umidvor kutdim…
Chin ishq uchquni ko’ngilga tushdimi, u yonmay, yondirmay iloj yo’q. Firoq esa, ana shu muhabbatni alangalatib yuboradi. A.Qodiriyning “”Mehrobdan chayon”” romanida Anvarning Ra’noga aytgan shunday so’zlari bor: “”Ishqda’vosi avom o’ylagancha vasl emas- hajrdir. Zero, vasl ishq o’tini so’ndirguchi,hajr esa kamolotga erishdirguchidir”.…”
Darhaqiqat, ayriliqning asiriga aylangan oshiq yolg’iz Haqdan najot tilaydi. Uning munojotlari esa ruhi-yu sevgisini poklab boradi. Sog’inchlari ko’kka bulut bo’lib o’rlaydi-yu, vujudining hovrin bosmoq uchun yana yomg’irga aylanib to’kiladi.
Sevmoqlik-Haqqa yaqin bo’lmoqlikdir. Ichingdagi dard-u alamlaring, sevinch-u quvonchlaringni U bilan baham ko’rmoqlik, Xudojon, deya yolvormoqlikdir:
Bir men biildim, bir Xudo bildi,
Unga ne deb sig’inganimni.
Hech kimsaga ayta olmadim,
Sizni qanday sog’inganimni.
Bir kun qaytdi- o’sha ovoz, o’sha qadamlar. Uning nafaslari eshitilardi. Mana shu qaynoq nafas taftini tuygan oshiq hatto boshdan o’tgan ko’rgiliklar-u azoblardan tonmoqqa tayyor, tondi ham. Lek bari ro’yo edi. Ko’zini ochgan oshiq xona uzra yolg’izlikning sovuq chehrasiga yana to’qnashdi. Eshik esa kishi kirib chiqib –ketgandek tebranib turardi. “ U siz emas, bir xayol bo’lsa, tashqariga chiqib ketgan kim? U ishq edi”.
Xayolning oshiq dili bilan qilgan xazili uni chuqur iztirobga solib qo’ydi. Avval qaynoq nafaslarning taftin hadya etib, so’ngra yuzlariga qishning qahrin sepib yubordi. Va oxir borgani quriyotgan daraxt poyi-yu to’kkani ko’z yosh bo’ldi. Oshiq quriyotgan daraxtga emas, o’ziga o’zi suyanib yig’lardi go’yo.
Ketib borar mendan qadamlar,
U ishq edi! Asta ilg’adim.
Quriyotgan daraxt poyiga
Yuzlarimni bosib yig’ladim.
Shoira buyuk va safoli, ma’sum va dardchil Ishq kuychisi. Bu ishq gohida baxtdan mast, mamnunlikka limmo-lim, zavq kuylariga oshno, goh esa ayriliqdan ko‘zi yoshli, ko‘ngli dog‘li, nafrati qilichdek keskir. Shoira bu mavzuda qalam tebratar ekan, «Bilaman: men uning tenggi emasdim», deb boshlanuvchi she’rida ishq tashbihini shunday chizadi:
Qachondir yurakka jazillab bosgan
Ишқ эди - Қуёшнинг тош узра йўли.6
Yoki «Yolg‘izlik» she’rida qushdek erkin umri shu tuyg‘uning tutquniga aylanganligini aytib, «Ishq – umrimga qafas», deya yozadi shoira.
«Iltijo» she’rida esa «Ishq yog‘dudir yurakka oqqan…», deya uni qalbni nurlarga ko‘mib, vujudni poklashini e’tirof etsa, «Sargashta ruhlar…» dostonida
Asl Ishqdir do‘zax o‘tida
Yonayotib «Sevaman!» demoq!..
deya jasoratga to‘la, mardonavor dil izhorini baralla kuylaydi. Ba’zan esa mana shu aziz tuyg‘uning alamli nidosi, hayqirig‘i kitobxon borlig‘ini titratar darajada isyonkor ovoz bilan bong beradi:
Meni sog‘in, ming yil yasha, ming yil sog‘in…
Sevgim qattiq, qattiq hajr-u azobim ham.
Betaskin kut,beqadr kut,bir umr kut,
Meni senga qaytarmasin qodir Egam!
Garchand sen deb ko‘z yummasdan o‘tay,
garchand
Yuragingga hech kim mendek qaytolmasin!
Ammo qasam, shu ko‘nglimni bir Xudodan
O‘zga kimsa meniki deb aytolmasin!
She’r lirik qahramoni dunyosi besarhad. Oxiri yo‘q og‘riqlar, javobi yo‘q so‘roqlar, sabrni yo‘ldosh qilgan kutishlar, sarobni umidga aylantirgan sohir xayollar dil osmonini chaqmoq yanglig‘ yorib chiqadi. Vujudni larzaga keltirib, ruhiyatingizda to‘zon ko‘taradi. Hattoki javobsiz sevgi iztirobi ham uning tomirlarida oqayotgan hayot kabi. U shunda ham ishqini ko‘ksida tumordek saqlaydi. Mumtoz shoiramiz Nodirabegim :
Muhabbatsiz kishi odam emasdir,
Gar odamsen, muhabbat ixtiyor et,
deb yozgandi.
Zebo Mirzo ham faqat anduhlar guldastasini bo‘yniga gulchambar kabi abadga taqqan yor uchun yellarda uchib, unut bo‘lib ketgan ro‘mol yanglig‘ ko‘nliga qizg‘aldoqlardek lovullab kelayotgan ishqi ila taskin bog‘laydi:
Юрагимда ишқ қўнғироғи
Дунёларни оралаб ўтдим.
Ўтгансан бу хор йўллардан деб,
Изларингни қоралаб ўтдим.
…Ишқ ҳукмини билсанг-да, Эгам,
Изтироблар ёнган дил билан
Мен севаман дўзахингда ham
Men sevaman sevgingni, Egam.
Shoirning yana bir she’rida muhabbat zanjirlari ishonch xalqalari ila bog’langan. Garchand yorsiz kunlar qora dard bilan to’lgan esa-da, yana qayta topishish hissi yurakni tepib turibdi. Demak, umid bor ekan, sevgining jarangi hali tinmaydi. U orzu qilishdan charchamaydi. Kutish esa sobit e’tiqodga aylanadi. Bir muborak kunda u, albatta , qaytadi:
Ishonaman, qaydadir borsan,
Kunlar o’tar qora dard bo’lib.
Baxtning oydin kechalarida
Uchrashamiz muhabbat bo’lib.
Shu kungacha yurak-bag’rim xun,
Seni kutib yashadim, ishon.
Sen kelasan bir kun men uchun,
Faqat menga atalgan inson.
Yor kelgan lahzadan kun ular uchun yog’du sochadi, tunlar faqat ularninggina sirdoshiga aylanadi. Butun olam ularniki: muhabbat, umr, baxt… Sevgi shunday ilohiy kuchki, u olis ayriliqdan so’ng topishgan qalblarni butun koinot baxtining masrur egasiga aylantirib qo’yadi. Oshiq hijron tig’lari aro yarador vujudga aylangan. Go’yo hech kimsaga keraksizdek. Lek u kutgan diydor kuni tobora yaqin. U shunchalik yorining qaytishini intiqlik bilan kutadi-ki, go’yo uning qadamlari, nafaslari-yu muhabbatining yaqinligini his etayotgandek. Derazani ochgan shamolga umidlanib, mushtoq boqadi shoir. Ko’z yummay kutgani o’sha olis xayol qaylarda? Shamol uning daragini keltirdi-ku! Lek yordan nishon yo’q. Shunda ham ko’zlar derazadan nigohlarini uzmaydi. Axir shamol bejizga xabar keltirmadi,demak, u, albatta, keladi:
Derazadan tushadi shamol,
Yulqilagan shamol barglari.
Qayda qolding, ey olis xayol,
Ko’z yummadim seni axtarib.
Shoiraning o’z tili bor. U she’riyatda o’z ovozini topa olgan, yangi fikrlarni yangi so’zlar bilan beradi. Uning badiiy topilmalari she’rxon qalbida takrorlanmas lahzalarni uyg’otadi, yoddan chiqmas larzalarga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |