O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Tirik organizmlarning bioximik funktsiyalari



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

3. Tirik organizmlarning bioximik funktsiyalari. 
Sayyoramizdagi tirik moddaning 
elementar kimyoviy tirkibi bir qator kimyoviy elementlar, asosan H, S, O, R, N, S, kabi 
elementlardan iborat, shuning uchun bu elementlar 
biofil 
elementlar deyiladi. Bu elementlarning 
atomlari tirik organizmlarda suv va har xil mineral tuzlar bilan birgalikda murakkab 
molekulalarni vujudga keltiradi. Bunday molekulyar tuzilmalar uglevodlar, lipidlar, oqsillar va 
nuklein kislotalardan iborat. 
Uglevodlar – S, N, O dan iborat organik modda bo’lib, umumiy kimyoviy tarkibi C
n
H
2n
O
n
formulasi sifatidagi ko’rinishga ega. Uglevodlar sodda – monoshakar va murakkab yarimshakar 
shaklida bo’lishi mumkin. Uglevodlar har xil shakldagi xujayralarning asosiy energiya manbai 
hisoblanadi. Ular o’simliklarda turg’un to’qimalarni vujudga keltiradi va organizmlar uchun 
zaxiradagi ozuqa moddasi hisoblanadi. Uglevodlar yashil o’simliklardagi fotosintez jarayonini 
birlamchi mahsulidir. 
Lipidlar – ular moy va moysimon moddalar bo’lib, suvda yomon eriydi, asosan N va S dan 
iborat. Hujayra devorchalari (membranalar) lipidlardan tuzilgan. Moy issiqlikni sekin 
o’tkazishligi sababli organizmlarda himoya funksiyasini bajaradi, zarur paytda organizmlar 
uchun zaxiradagi ozuqa siftida xizmat kiladi. 
Oqsillar – organizdagi eng murakkab kimyoviy birikmalar bo’lib, 20 ga yaqin har xil 
aminokislotalar yig’indisidan iborat. Oqsillar molekulasi murakkab va xajmi katta, shuning 
uchun ularni makromalekulalar xam deyishadi. Xoxlagan aminokislotani molekulasi o’ziga xos 
bo’lgan qismdan yoki radikaldan (R) va hamda aminokislotalarga xos bo’lgan aminoguruxlar 
(NH
2
) va karboksil (SOON) guruxi qismidan iborat. Oqsil molekulalari o’nlab yoki yuzlab 
aminokislotali molekulalar zanjiridan iborat. Tirik organizmlarda oqsillarni ko’pligi kimyoviy 
reaktsiyalarni o’nlab, yuzlab million marotaba tezlashtiruvchi tabiiy katalizator – ferment rolini 
o’ynaydi. Hozir minglab bunday fermentlar mavjud. Ularning tarkibiga oqsildan tashqari Ng, Fe, 
Mn va boshqa metal atomlari xam kiradi.
Nuklein kislotalari – xujayralar yadrosida joylashgan bo’lib kislotalaring ikki xili – 
dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein ( RNK) kislotalaridan iborat. Organizmlarni tashqi 
muhit bilan aloqasi oziqlanish, nafas olish va elskrement ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Oziqlanishiga qarab hamma organizmlar avtotrof va geterotrof organizmlarga ajratiladi. 
Avtotrof organizmlar to’g’ridan – to’g’ri atrofdagi mineral moddalarni iste’mol qilish 
xususiyatiga ega bo’lib, unga asosan fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi o’simliklarning 
asosiy qismi kiradi. Geterotrof organizmlar tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchilar bo’lib 
unga mikroorganizmlarning ko’p qismi va xamma jonivorlar kiradi. Ba’zan geterotrof va 
avtotrof organizmlar orasidagi chegarani o’tkazish qiyin, chunki ulardan ba’zilari xam avtotrof 
xam geterotrof oziqlanish imkoniyatiga ega. Bunday organizmlar miksorof organizmlar deyilib, 
unga asosan suvdagi bir xujayrali organizmlar kiradi. Ular suvning yorug’lik darajasi yetarlicha 
bo’lsa avtotrof, suv qorong’i bo’lganda suvda erigan organik moddalarni iste’mol qiladi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish