O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

iqlim
deb ataladi. Iqlim ham ob-havo 
singari , bog’liq. Bular - 
joyning geografik kengligi, Quyoshning yoritishi va isitishi, atmosfera 
sirkulyatsiyasi, Yer usti tuzilishi, okean va dengizning uzoq-yaqinligi va antropogen
omillar. 
Quyosh radiatsiyasining miqdori o’sha joyning georafik o’rniga bog’liq.
83
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 2003, 157-159- bet (mazmun-mohiyatidan 
foydalanildi), 2003. 


96 
Tropik o’lkalarda okeanlar ustida sutkalik amplitudalar 1,5
0
dan oshmaydi, kontinental iqlim 
sharoitida esa sutkalik amplituda 10-12
0
, O’zbekistonda 20-30
0
, Saxroi Kabirda 40-43
0
ga 
yetadi. Ko’rinib turibdiki, Yer sharining turli qismida iqlim hosil qiluvchi omillarning ta’siri bir 
xil bo’lmaganidan juda ko’p iqlim tiplari hosil bo’lgan. Bu esa ularni ma’lum tiplarga ajratish – 
klassifikatsiya qilishni talab etadi. Xarorati, namlik miqdori, hukumron havo massasiga va uning 
sirkulyatsiyasiga qarab har bir yarim sharni 7 ta iqlim mintaqasiga ajratiladi. Shundan 4 tasi 
asosiy (ekvatorial, tropik, mo’tadil, Arktika yokm Antarktika) va 3 tasi oraliq (subekvatorial, 
subtropik, subarktika yoki subantarktika) mintiqalari hisoblanadi. 
1. 
Ekvatorial mintaqa
issiqlik balansi yil musbat, havo issiq, bosim past bo’lib, kuchsiz 
shamollar esib turadi. Yil fasllari va sutka davomida havo harorati va namlik kam farq 
qiladi.O’rtacha oylik harorat +20
0
, maksimumi esa +35
0
. Yog’in miqdori 3000 mm, ko’pincha 
jala quyadt. 
2. 
Subekvatoial mintaqa
ekvatorial mintaqa bilan tropik mintaqa orasida joylashgan o’tkinchi 
mintaqa b-b, uning chegarasi ikala yarim sharning 18
0
parallellarigacha, xatto Xindiston va 
Xindixitoy ya.o.larida esa 30

sh.k.gacha ko’tariladi. Ba mintaqada hao yil fasllariga qarab 
o’zgaradi: yozda musson shamollari ekvator tomondan, qishda esa tropik tomondan esadi. 
Minimum harorat sh.ya.sh.da dekabr va yanvar oylariga, j.ya.sh.da esa iyun va iyul oylariga 
to’g’ri keladi.Bu mintaqada ekvatorga nisbatan harorat amplitudasi katta. Yog’in asosan yozda 
yog’adi, qishda esa havo q, ochiq bo’ladi. Materikning ichki qismida 1000-1500 mm, 
mussonlarga ro’para bo’lgan tog’ yonbag’irlarida 6000-10000 mm gacha, Ximolay tog’larining 
musson shamollariga ro’para bo’lgan qismida (Cherapunjada) 12000 mm atrofida yog’adi. 
3. 
Tropik mintaqasi
– har ikala yarim sharning 30-35
0
shimoliy va janubiy kengliklarigacha 
bo’lgan yerlarni o’z ichiga oladi. Bu yerlarda bulut ko’p bo’lganidan Quyosh radiatsiyasining 
miqdori har kv.sm yerga materiklarda 180-200 kkal, okeanlarda 160 kkal tushadi. Bu mintaqa 
ko’pincha passat shamollari ta’sirida bo’ladi. Mintaqa yer usti tuzilishining xarakteriga ko’ra 2 ta 
cho’l va namchil (P.Baratov 3 ta iqlim tipiga : materiklarning ichki qismi, g’arbiy sohil va 
sharqiy sohilga ajratadi) iqlim tiplariga ajratiladi. 
4.
Subtropik mintaqa
– Yer sharining 30-40
0
shimoliy va janubiy kengliklarini o’z ichiga 
oladi. Xarorat, g’in va shamollar mavsumga qarab o’zgarib turadi, ba’zan qor yog’ishi mumkin. 
Yozda tropik havo massasi, qishda esa mo’tadil havo massasi ta’siri seziladi. Bu mintaqada 4 ta 
iqlim tipi:
kontinental, O’rta dengiz, musson va bir me’yorda namchil
tiplari bor.
O’rta dengiz iqlim tipii yozda havo ochiq va shamolsiz, qishda esa yog’in ko’p yog’adi, eng 
sovuq oyning o’rtacha harorati 7
0
atrofida bo’ladi.
Kontinental subtropik iqlim yozi juda issiq, quruq va seroftob, qishi birmuncha sovuq bo’ladi. 
Yoz oyining o’rtacha harorati 30
0
, maksimum 50
0
dan ortiq. Qishda -30
0
gacha sovib ketishi 
mumkin. Yiliga 300 mm yog’in yog’adi. Qor qoplami doimiy emas. 
Subtorpik musson iqlimi issiq bo’lib, yomg’irni dengiz mussonlari keltiradi. Qish esa quruq, 
quruqlikdan esuvchi mussonlar ta’sir etadi. 
5. 
Mo’’tadil mintaqa
- har ikala yarim sharning 40

kengliklari
bilan qutbiy doiralar 
chizig’igacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga oladi. Yillik o’rtacha radiatsiya balansi tropik 
mintaqalarda 2 marta kam. Bu esa qishda xududning nihoyatda sovib ketishiga va qor 
yog’ishiga sabab bo’ladi. 4 ta iqlim tipiga bo’linadi: 
kontinental, mo’’tadil kontinental, dengiz va 
musson. 
Dengiz iqlimiga okean va okean oqimlarining ta’siri katta bo’lib, qishda havo tez-tez o’zgarib 
turadi, yozda ob-havo muhim turadi. Qish iliq, yanvarning o’rtacha harorati +6
0
bilan -3,6
0
orasida bo’ladi.
 
Iyulning o’rtacha harorati 14-22
0
, yog’in miqdori 500-600 mm, tog’ 
yonbag’irlarida 2000 mm. 
Kontinental iqlim tipida yog’in kam tushadi, qish sovuq, qattiq, davomli. Yoz issiq bo’lib, 
maksimal yog’in yozga to’g’ri keladi. Qishda qor uzoq yotadi. 


97 
Mutadil musson iqlimida qishda materik sovib ketadi, natijada quruq, sovuq, shamol 
quruqlikdan dengizga esadi, aksincha, yozda nam, iliq, shamollar dengizdan quruqlikka esadi va 
ko’p yog’in keltiradi.(1000-1500 mm) 
Mo’’tadil kontinental iqlimli yerlarda qish sovuq bo’li, yanvarning o’rtacha harorati -4
0
, -14
0

yozda esa issiq-iyulning o’rtacha harorati +22
0
, +26
0
, yog’in 100-400 mm. 
6. 
Subarktika va subantarktika
mintaqalarida radiatsiya balansi uncha katta emas (50-60 
kkal), ko’prq qutbiy havo massasi esib, qish davomli va qaxraton, yoz qisqa va harorat 
amplitudasi katta, yog’in juda kam 200 mm. Qishda harorat ba’zan -70
0
gacha yetadi. Yog’in 
miqdori dengizlarda 400 mm.(sh.ya.sh) 
7. 
Arktika va Antarktika
qutbiy doiradan to qutblargacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga oladi, 
o’rtacha yillik radiatsiya balansi 0 ga yaqin. Qish davomli, sovuq, yoz juda qisqa va salqin, 
tumanli, qor yil bo’yi erimay yotadi. Bu iqlim mintaqasida dengiz va kontinental iqlim tiplari 
bor. Dengiz iqlimi Arktikani, kontinental iqlim tipi Antarktikani o’z ichiga oladi.
Arktikada muz tagidan Atlantika okeanidan keladigan iliq dengiz oqimi ta’sirida qish 
kontinental iqlim tipiga nisbatan yumshoqroq, Lekin yozda issiqning ko’pi qor va 
muzlarnieritishga sarflanganidan, havo tumanli va salqin bo’lib, harorat 0
0
atrofida, yog’in 100 
mm. 
Kontinental iqlim tipiga ega bo’lgan Antarktika Yer sharidagi eng sovuq rayon hisoblanadi. 
Chunki bu materikda balandligi 3000 m ga yetadigan qalin muz qoplangan tog’lar bor. Shu 
sababli qishda (avgustda -71
0
bo’lsa, yozda (yanvarda) -2

bo’ladi. Yog’in 500 mm, kuchli qor 
bo’ronlari bo’ladi. 
 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish