О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 77,52 Kb.
bet1/7
Sana19.05.2022
Hajmi77,52 Kb.
#604239
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI 4


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIYOT” FAKULTETI


“Moliya” kafedrasi
Ro’yxatga olindi №_______
“_______”_____________ 2022 yil


M
HISOBOT
alakaviy amaliyot bo’yicha

Koson Alyumin Profil Savdo” MCHJ
(amaliyot o’tilgan korxona nomi)
Bajardi: 4-kurs M-163-18 guruh talabasi
Tursunova Yulduz Baxtiyor qizi
(kurs, guruh, F.I.SH)


Amaliyot rahbari: “Moliya” kafedrasi assistenti
Shoymardonov Orziqul
(F.I.SH., imzo)
Hisobot himoyasi bo’yicha Sana: “_____”___________ 2022 yil
to’plangan ball:_________ball
Hay’at a’zolari: ________________________________
________________________________
________________________________

QARSHI – 2022



MUNDARIJA


Kirish
I. Korxona (firma) xarajatlarining tarkibiy tuzilishi
1.1. Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
II. Firma va korxona xarajatlari va foydasining iqtisodiy holati
2.1. Korxonaningqisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari
2.2. Korxona foydasining mazmuni. Korxonanining foyda normasi va massasi
III. Asosiy qism (mavzular bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi)
3.1. “Koson alyumin profil savdo” daromadlari bajarilishining hozirgi holati natijalari
3.2. “Koson alyumin profil savdo” xarajatlari va foydasi bajarilishining tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar

Kirish



O’zbekistonda mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o’zga birlashmalarga uyushishlari mumkin.
Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi.
Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.
Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o’zi vakolat bergan idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari faoliyat ko’rsatmoqda:
Xususiy korxona. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha bo’lishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir:
nizomniishlab chiqish va tasdiqlash;
xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish;
reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;
xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;
xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish;
xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi”.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun qo’shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Xo’jalik shirkati. O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik SHirkatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq: “Muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo’lingan Nizom jamg’armasiga (ustav kapitaliga) ega bo’lgan tijorat tashkiloti xo’jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar”.
Xo’jalik shirkati to’liq shirkat yoki kommandit shirkat tarzida tuziladi. Ishtirokchilari (to’liq sheriklari) o’z o’rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan holda uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to’liq shirkat deb hisoblanadi.
Shirkat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar doirasida javobgar bo’ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo’shuvchi, kommanditchi) mavjud bo’lsa, bunday shirkat kommandit shirkat deb ataladi.
Xo’jalik shirkatini oliy boshqaruv organi shirkat ishtiroqchilarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Umumiy yig’ilish vakolatlariga quyidagilar kiradi:
shirkatfaoliyatiningasosiyyo’nalishlarinibelgilash;
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;
ta’sis shartnomasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;
shirkat foydasini (zararini) uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash;
shirkat Nizom jamg’armasini (ustav kapitalini) ko’paytirish va kamaytirish;
yillik hisobotlarni va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
shirkatning har bir ishtirokchisi shirkat nomidan ish yuritishga hakdidir. Shirkat ishlari uning ishtirokchilari tomonidan birgalikda yuritilsa har bir bitimni amalga oshirish uchun shirkat barcha ishtirokchilarning roziligi talab etiladi. Shirkat ishlarini yuritish uning ishtirokchilari tomonidan ulardan biri yoki ayrimlariga topshirilsa, qolgan ishtirokchiga shirkat nomidan bitimlarni amalga oshirish uchun shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan ishtirokchi (ishtirokchilar) dan ishonchnoma olinishi kerak.

Download 77,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish