O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti rajabov Shahboz



Download 73,99 Kb.
bet5/8
Sana24.04.2022
Hajmi73,99 Kb.
#579764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shahboz kurs ishi 016-1 tayyor

V. L. Vyatkinning (1859—1932 y.) inkilobgacha nashr etilgan ilmiy asarlari eng qimmatli manbalardir. V. L. Vyatkin o‘z hayotini, kuch-g‘ayrati va bilimini insonlarga bag‘ishlagan yirik rus olimi edi. Uning arxeologik maktab ham, ustozlari ham yo‘q edi. U mustaqil o‘qigan bilimdon, iqtidorli o‘lkashunos edn. SHuning uchun ham arxeologik qazilmalarni u «fan o‘rgatganday» emas, o‘zncha olnb borardi. V. V. Bartold aytgapndek, u «Samarqand obidalarinikg ajoyib bilimdoni»19 edi.
Vasiliy Lavrentevich Vyatkin Samarqandga Toshkent o‘qituvchilar seminariyasini tugatgach kelgap edi. O‘zbek, fors, tojnk kabi bir necha tillarpi mukammal bilgan yosh olim shaharning tarixi, noyob qo‘lyozmalarini, vaqfnoma, xalq afsona va dostonlarini yig‘ish va tarjima qilish bilan shug‘ullandn. Bular ung‘a hanuzgacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan ilmiy asarlar yozish imkonini berdi.
U tarix, iqtisod, madaniyat, etnografiya bilan qiziqdn. Mir Abu Tohir xoja Samarqandiyning «Samariya» sini ruschaga tarjima qildi. So‘ng Imom Abdulfozil Muhammad bin Abdujalil bin Abdumalik bin Haydar as Samarqandiyning «Qandiyoyi Xurd» (Qichik Qandiya) asari qo‘lyozmasining birinchn qismini tarjima qildi. Bu ko‘lyozma Samarqandning turli mozorlari bayonini va shahar tarixiga oid bir qator qimmatli ma’lumotlarini o‘z ichnga olgan. Keyin u «Boburnoma» ning ancha qismini, Muhammad Solihning «Risola» sinn, Samarqandning bunyod etilishi va tarixiga oid afsonalarni tarjima qilib, e’lon qildi.
V. L. Vyatkin Samarqand joylashuvini ham o‘rgandi va «Samarqand viloyati tarixiy jo‘g‘rofiyasi materiallari» asarida o‘z tadqiqotlarining natijalarini bayon etdi. Biroq, yosh tadqiqotchiga oson bo‘lmadi. CHor hukumati tarixiy obidalar taqdiriga befarq qarar edi. V. L. Vyatkinning ketma-ket noroziliklari tufayli, aytaylik, yodgorliklarni talash kamaygani, Ashratxona vayron bo‘lishining, SHohi Zinda binosida naqshlarning olib qo‘yilishining oldi olinishi kabi bir necha hollarning o‘zigina bu olim to‘g‘risida ma’lum tasavvur beradi.
Samarqanddagi umri davomida V. Vyatkin Ulug‘bek rasadxonasini qidirdi va 1908 yili rasadxona vayronalarini topdi. Rasadxona sekstanti (Vyatkin topgan) hanuzgacha ham o‘rta asr falakiyotshunoslari foydalangan eng qadimgi noyob asbob hisoblanadi.
U me’moriy yodgorliklarni tiklash, Afrosiyobda katta qazish ishlarini boshlash, ulkan va boy kolleksiyalar to‘plab, Samarqandni muzey shaharga aylantirishni orzu qilardi. V. A. Vyatkin orzu qilgan ishlar bugungi kunda ro‘yobpa chiqmoqda. Bevaqt o‘lim olimning orzularini ham o‘zi bilan olib ketdi. Minnatdor samarqandliklar olimni Registon devorlari poyiga dafn etishdi, keyinroq hokini Ulug‘bek rasadxonasi yoniga ko‘chirishdi.
O‘rta Osiyo, shu jumladan, Samarqandni tarixiy-arxeologik jihatdan o‘rganishda sharqshunos olim, akademik V. V. Bartold (1869—1930 y.) etakchi o‘rinni egallaydi. U O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi va o‘rta asrlar tarixini o‘rganishning asoschisidir. 1893 yili Peterburg dorilfununi V. V. Bartoldni qadimiy yozuv va yodgorliklarni joyida o‘rganish uchun O‘rta Osiyoga yo‘llandi. U o‘zining birinchi ma’ruzasini 1893 yilning 11 dekabrida aniq fanlar, Antropologiya va etnografiya ishqibozlari jamiyati — Turkiston bo‘limining majlisida qildi. Uning ma’ruzasi Xitoy va O‘rta Osiyoning Ettisoy orqali o‘tuvchi aloqa yo‘lini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. Bartold Turkistonda Arxeologiya ishqibozlari to‘garagi ochish g‘oyasini ilgari surdi. 1895 yilning oktyabrida uning rahbarligi ostida to‘garak nizomi tuzilib, tasdiqlandi. Bu to‘garak chor hukumati tomonidan hech qanaqa mablag‘ bilan ta’minlanmasdi. 107 nafar to‘garak a’zolaridan 16 nafari uning tashkilotchilari bo‘lib, ular orasida V. V. Bartold, D. M. Levshin, N. S. Likoshin, K. V. Aristov, V. F. Oshapin bor edi.
Tez orada V. V. Bartold rahbarligidagi bu to‘garak tarixchi va arxeologlarning ilmiy markaziga aylandi. V. Bartold esa butun Turkistondagi tarixchi va arxeologlar faoliyatiga rahbarlik qila boshladi. 1899 yilda Samarqand, Ashxobod va Farg‘onada to‘garakning filiallari ochildi2. V. Bartoldning yordamida 1899 yili V. L. Vyatkin «Samariya» va «Boburnoma» ning tarjimasini nashr etdi. V. V. Bartoldning eng kuchli asarlaridan biri «Turkiston mo‘g‘ul bosqini davrida» (1898—1900 y.) edi. Bu asar bilan V. Bartold rus faniga O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda ulkan hissa qo‘shdi.
V. V. Bartold Temur va temuriylar tarixi bilan shug‘ullandi. Bu masalada u Hofiz Abro‘ning asarlarini sinchiklab o‘rgandi va jo‘g‘rofiyun va sharqshunos tarixchilar o‘rtasida davom etib kelayotgan O‘zboy to‘g‘risidagi ko‘p yillik tortishuvni hal qildi. Asar 1897 yilda chop etildi. Unda Samarqandning XV—XVI asrlardagi tarixiy-jo‘g‘rofiy joylashuviga etarli tavsif berilgan.
Samarqanddagi Bibixonim masjidining qurib bitkazilganining 500 yilligi munosabati bilan (1399—1899 y.) V. V. Bartold Samarqand va Turkiston o‘lkasining boshqa rayonlaridagi tarixiy obidalarni saqlash va tuzatishga bag‘ishlangan maxsus ilmiy maqola yozdi. Bu inqilobgacha bo‘lgan davrdagi Turkiston. o‘lkasi tarixiy yodgorliklarini qo‘riqlash va tiklash yuzasidan bo‘lgan birinchi urinish edi.
1896—1901 yillarda V. Bartold Peterbug dorilfununida ishlaganida O‘rta Osiyo tangalaridan kolleksiya to‘plagan, u erda Samarqand dirhamlariga alohida o‘rin berilgan edi. V. V. Bartold ilgari fanga ma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lmagan Samarqand dirhamlari haqida qator maqolalar e’lon qildi. Bu maqolalarda Samarqand aholisining qadimgi va o‘rta asrlardagi tarixi, ijtimoiyiqtisodiy hayoti aks etgan edi.
V. V. Bartoldning «Ulug‘bek va uning davri», «Turkistonda sug‘orish ishlari tarixiga oid» va boshqa ajoyib asarlari butun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Olimning shogirdi, SamDU professori, marhum I. I. Umnyakov guvohlik berganidek, V. V. Bartold o‘zi tanlagan sohasida o‘chmas iz qoldiradigan kishilar sirasiga kiradi. Uning ilmiy qiziqishlari qamrovi juda: keng edi. O‘z asarlarida u YAqin vaO‘rta SHarq va ayniqsa, Markaziy Osiyoning o‘rta asr tarixini, islom tarixini, qadimgi Arab xalyfaligi tarixini, Eron va Afg‘oniston tarixi va filologiyasini, parixiy jo‘g‘rofiyani, Xitoy va Kavkaz orti tarixini, turkiy va mo‘g‘ul xalqlari filologiyasi va etnografiyasi tarixini, musulmon epigrafiya va numizmatikasini, manbashunoslik, rus va jahon sharqshunosligi tarixini qamrab oladi.
B. G‘. G‘afurov, I. I. Umnyakov va boshqa sharqshunos olimlarning taklifiga ko‘ra, 1962 yili Moskvadagi SHarq adabiyoti nashriyotida akademik V. Bartoldning 10 jildlik asarlari to‘plami chop etildi. Uni nashrga tayyorlashda tahrir hay’ati Bartold asarlarini nashr etish bo‘yicha bosh tahrir hay’ati a’zosi bo‘lgan professor I. Umnyakov tuzgan «Akademik V. V. Bartold asarlarining tavsiflangan bibliografiyasi» dan keng foydalangan4. Professor I. I. Umnyakov Leningrad, Moskva, Toshkent arxivlaridan misqollab material to‘pladi va natijada V. V. Bartoldning 460 dan oshiq nomdagi chop etilgan asarini bibliografiyaga kiritdi. Bundan tashqari, I. Umnyakov rus qomusiy lug‘atlaridagi 28 maqolani, «Islom qomusi»dagi 246 maqolani hisobga oldi. I. Umnyakov V. Bartoldning «Dissertatsiya himoyasi oldidagi nutq», «Turkiston mo‘g‘ul bosqini davrida»ning 5 bobini, Samarqandda 1894 yil yanvardan chiqa boshlagan «Ukraina» ro‘znomasida bosilgan bpr qancha publitsistik maqolalarini topdi va bibliografiyaga kiritdi. Usha davrlarda Samarqand Bartoldning asosiy o‘rganish ob’ektn edi, ular V. Vyatkin bilan Afrosiyobda qazilma ishlarini olib borishar, O‘rta Osiyo tarixiy obidalarini qo‘riqlash va tiklash ishlari bilan shug‘ullanishardi.
Rus olimi G. D. Romanovskiyning 1879 yilda o‘lkaning tog‘li rayonlarida o‘tkazgan ilmiy ekspeditsiyalarida unga xujandlik Mullo Sangin yordamchi va yo‘l boshlovchi bo‘lgan.
SHunday qilib, mashhur rus olim va sayohatchilari — A. P. Fedchenko, I. V. Mushketov, T. D. Romanovskiy, V. V. Bartold, V. L. Vyatkin va boshkalar O‘rta Osiyo xalqlari tarixi. madaniyatini o‘rganish va umumlashtirishga ulkan hissa qo‘shdilir. Bu insonlardan ko‘plari mahalliy aholi bilan do‘stona, iliq munosabatda bo‘lib, uning hayotini engillashtirish, tarixi va madaniyatini o‘rganishni istashar edi.
Rus ziyolilarining ilg‘or vakillari xalq maorifi, sog‘liqni saqlash, san’at va adabiyotga ulkan hissa qo‘shish bilan birga, Turkiston o‘lkasi mahalliy xalqlaridan ham bilimdon kishilar etishib chiqishiga hamkorlik ko‘rsatdilar. O‘zbekistonning atoqli olimi va jamoat arbobi T. N. Qori-Niyoziy aytganidek, «ba’zan aqlga sig‘mas to‘siqlarni engib o‘tgan bu olimlarning chidamiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Ana shu fan zahmatkashlarinivg xayrlza mehnati oqibatidagina, ulkap ish davom ettirildi va Turkiston o‘lkasini ;jo‘g‘rofiy, zoologik, botanik va geologik jihatdan o‘rganish boshlandi20».



Download 73,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish