2.2(ilova)
YO’RIQLI-TEXNOLOGIK XARITA
O’quv amaliyotining nomi: Elektrmontaj va siozlash ishlari.
Amaliy mashg’ulot: Elektromontaj va sozlash ishlari.
2.2(ilova)
YO’RIQLI-TEXNOLOGIK XARITA
O’quv amaliyotining nomi: Elektrmontaj va siozlash ishlari.
Amaliy mashg’ulot: Elektromontaj va sozlash ishlari.
2.2(ilova)
YO’RIQLI-TEXNOLOGIK XARITA
YORUQLI TEXNOLOGIK XARITA
O’quv amaliyotining nomi: Elektrmontaj va siozlash ishlari.
Amaliy mashg’ulot: Elektromontaj va sozlash ishlari
Faoliyat
Turi
|
Asbob uskuna,
Moslama,material-lar
|
Ko’rinishi
|
O’quvchilar bajaradigan ishlar ketma-ketligi
|
Kabel tolalarini kavsharlash .Kuchlanish 1 kV gacha bo’lgan kabellarning tok o’tkazuvchi alyuminiy tomirlarini kavsharlab ulash quyidagicha bajariladi xavfsizlik usullari va yong’inga qarshi tadbirlar
|
PK–2M ombiri yoki GKM gidravlik ombir, asfalg’t yoki gliftad laki, yo’ishqoq lenta, kvarts–vazelin yoki rux–vazelin pastalari, oboymada ombirlar, ‘o’lat simli cho’tka
|
|
1.Kavsharni qolipchada bevosita suyultirish yo’li bilan;
2. Oldindan suyuqlantirilgan kavsharni quyish yo’li bilan;
Kabel tolalarini kavsharlash .PK–2M ombiri yoki GKM gidravlik ombiri yordamida, gilg’zaning bir yoki ikki joyidan mahalliy bosib siqish yo’li bilan biriktiriladi va tarmoqlantiriladi.
|
Bir tomirli alyuminiy simlarni gil’zada ‘resslab ulashda
|
Bir tomirli alyuminiy simlarni gil’zada ‘resslab ulashda
Alyuminiy simlarni kavsharlash uchun A markali kavshardan foydalanilanish ‘K–2M ombiri yoki GKM gidravlik ombir, asfalg’t yoki gliftad laki, yo’ishqoq lenta, kvarts–vazelin yoki rux–vazelin ‘astalari, gaz gorelkasi, oboymada ombirlar, ‘o’lat simli cho’tka
|
|
Birinchi usul kesimlari 150 mm2 gacha bo’lgan, ikkinchi usuli esa kesimlari 240 mm2 gacha bo’lgan tok o’tkazuvchi alyuminiy tomirlarni tutashtirishda qo’llaniladi. Kesimlari 150 mm2 gacha bo’lgan alyuminiy tomirlarni kavsharni bevosita forma–qolipda suyultirib tutashtirish mahlum tartibda bajariladi. Kabellarning ishlov berilgan tomirlarning uchi bir–biridan ajratiladi va qo’lda yoki yog’och andoza yordamida teng tomonli uchburchak ko’rinishida egiladi. SCHo muftada tutashtiriladigan kabellar tomirlarning orasidagi masofa tomirlar xolatini belgilangan chinni tirgaklar markazlari orasidagi masofa bilan; SCHm muftasida esa kavsharlangandan keyin tomirlar tutashtirilgan joyida ularga o’raladigan tomirlar shimdirilgan qog’oz, lenta o’rami (izolyatsiya) bilan aniqlanadi. Ko’p simli alyuminiy tomirlarni tutashtirish uchun ularga oldindan pog’onli ishlov beriladi Pog’onalar sonni tutashtiriladigan tomirlarning kesimlariga bog’liq; kesimlari 16–35 mm2 bo’lgnda o’lchami 10 mm li bir pog’onali ishlov beriladi; tomirlar kesimi 50–95 mm2 bo’lganda 10 mm da uch pog’onali ishlov berilishi kerak. Tok o’tkazuvchi tomirning markaziy qism qiya qilib (45 li burchak bilan) kesiladi. Kesimlari 16–150 mm2 li tomirlarni kavsharni bevosita qolipchada suyuqlantirib kavsharlashdan oldin, pog’onali ishlov berilgan tomirlarni shimdirilgan tarkib qoldig’idan benzinda ho’llangan tozalatta bilan artib tozalanadi, so’ngra kavsharlash lampasi alangasida qizdirib A kavshari bilan qalaylanadi va ayni vaqtda po’lat cho’tka bilan tomirlardan oksid qatlami olib tashlanadi. Qolipcha tomirlarning tutashtiriladigan qismlari qolipcha ning markazida turadigan qilib tomirlarga mahkamlanadi , kavsharlash jarayonida suyuqlantirilgan kavshar oqib ketmasligi uchun qolipning ikki uchiga bir necha o’ram asbest shnuri o’raladi va himoyalovchi ekranlar o’rnatiladi.Kavsharlash ishsi tomirlar va qolipni kavsharlash lampasi alangasida qizdirishdan boshlanadi, so’ngra lampaning alangasiga kavshar A qalamchasi tutiladi va qolip kavsharga to’lguncha u suyuqlantiriladi. Tutashtirilgan qism sovigandan keyin undan qolip, o’ralgan asbest shnuri va ekranlar olib qo’yiladi, keyin unga to’g’ri tsilindr shakli berish va ayni vaqtda uning shu qism egovlanadi.TSO–12 va TSA–15 kavsharlari bilan kavsharlash ham shu tartibda, faqat tutashtiriladigan tomirlarni oldindan qalaylamasdan bajariladi.Kesimlari 16–240 mm2 li kabellarni alyuminiy tomirlarini qo’yish yo’li bilan tutashtirish uchun sektorsimon tomirlarga doiraviy shakl beriladi va ularning uchlari 45S li burchak ostida kesiladi, so’ng ajraladigan po’lat qolipga, tutashtiriladigan uchlari orasida 2 mm oraliq qoldirib, o’rnatiladi. Qolipning uchiga assbest shnuri o’raladi va himoyalovchi ekranlar o’rnatiladi, keyin kavsharlash lampasining alangasida tomirlar va qolip 200–250S gacha qizdiriladi. Keyin tigilda zarur miqdorda kavshar suyultiriladi, qizdirilgan qoshiqda kavshar olinadi va uzluksiz oqim tarzida qolip to’lguncha quyiladi, ayni vaqtda kurakcha bilan tomirlarning qiyshiq kesilgan uchlaridan oksid parda olib tashlanadi. Birikmaning sovigan qismidan ekranlar, o’ralgan shnur va qolip olinadi va qolip egovlanadi, undan qoldiq metall zarralarini olib tashlash uchun qizdirilgan MP–1 mastikasi bilan part qilinadi (qizdiriladi).1 kV gacha kuchlanishli kesimlari 4–240 mm2 bo’lgan tok o’tkazuvchi sim tomirli kabellar kavshar qo’yish uchun teshikchasi bor GM tipidagi mis (gilg’za)lardan foydalanib kavsharlab ulanadi. Tomirlarni tutashtirish uchun ularga kavsharlash yog’i yupqa qatlam qilib surkaladi va ularni (gilg’za) ichida tomirlarning uchlari tepasida bo’ladigan qilib o’rnatiladi. Kavsharlash ishsi alyuminiy tomirlarni kavsharda quyib kavsharlash kabi bajariladi.Tok o’tkazuvchi alyuminiy tomirli kabellarni sim tomirli kabellarga tutshtirishda kavsharlash ishsini alyuminiy tomirlarni kavsharlab tutashtirishdek bajariladi, lekin mis tomirlar ularni kavsharlab tutashtirishdek tayyorlandi.
|
Kesimlari 10 mm2 li bir simli alyuminiy simlar ham kabellarni kavsharlab va ‘ayvandlab biriktirish
|
Gaz gorelkasi, PK–2M ombiri yoki GKM gidravlik ombir, benzinda ho’llangan toza latta, asfalg’t yoki gliftad laki, yo’ishqoq lenta, ko’mir elektrodlar, elektr payvand, po’lat simli cho’tka, vini’last qal’oqchasi,oboyma
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |