Simda aniqlangan nuqsonli joylar moy bo’yoq bilan belgilanadi, keyin simni tayanchga ko’tarishdan oldin bu nuqsonlar bartaraf etiladi.
Agar ish joyiga sim domkratlarda o’rnatilgan barabanda keltirilgan bo’lsa, uni avtomashinadan olmasdan chuvatiladi, buning uchun oldin baraban kuzov taxtasidan domkratlar va baraban o’qidagi teshikdan o’tkazilgan truba yordamida 10–15 sm ko’tariladi. Avtomashina xarakatlanmasdan oldin barabandan chuvatilayotgan simning uchi anker tayanchga mahkam bog’lanadi, havo liniyasining yo’li yo’nalishida keyingi tayanchlar tomon simni chuvata boshlanadi. Agar sim yetarli uzunlikda chuvatilmagan bo’lsa, uni o’xshash tuzilmali, markali va kesimli boshqa barabandagi sim ulanadi.
Kuchlanishi kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarida simlar bir-biriga burab; bandajlar yo’li bilan; ovalsimon ulagichda (gilg’za)da simlarning sirtmoqlangan uchlarini presslab va payvandlab; simlarning uchini uchma-uch payvandlab, undan keyin ularni shunt bilan birga ikkita alohida ulagich (gilg’za)larda presslab; simlarni ustam-ust qo’yib, ulagich (gilg’za)da presslab, simlarni boltli qismalar bilan ulanadi.
Simlarining uchlarini bir-biriga burab ulash bir simli po’lat va bimetall simlarni ulashning eng oddiy usulidir, bunda simlarning uchi 180-200 mm uzunlikda ustma-ust qo’yiladi, keyin ularni ulanadigan qismining o’rtasidan yassi jag’li ombir bilan qisib, birinchi simni ikkinchisiga omburning o’ng va chap tomonlarida, o’ramlarni bir–biriga zich joylashtirib o’raladi.
Bandajlash usulidan bir simli simlarni ulashda foydalaniladi. Simlarning uchlari to’g’ri burchakli qilib bukiladi va kesimlariga qarab ularni 80–120 mm uzunlikda bir–birining ustiga qo’yiladi. Keyin ulanadigan simlarning biriga 1,5 mm li ruxlangan yumshoq simdan 5–6 o’ram o’raladi va shu sim bilan ulanadigan qismga bandaj o’ray boshlanadi. Ulanadigan qismning hammasini o’ramlar bilan qoplab ulanadigan ikkinchi simga ham 5–6 o’ram o’raladi. Tayanchlar oralig’i katta bo’lganda mis simlarning ulanishi pishiqligini oshirish uchun bandajni POS–30 yoki POS–40 kavshari bilan kavsharlanadi.
Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini montaj qilishda ishlatiladigan simlarning tavsiflari
1–jadval.
Simning markasi
|
Simning diametri, mm
|
1 km simning oxirligi, kg
|
Simning qurilish uzunligi, m
| A–16 |
5,1
|
44
|
6000
| A–25 |
6,3
|
68
|
5500
| A–35 |
7,5
|
95
|
4500
| A–50 |
9,0
|
137
|
3500
| A–70 |
10,6
|
188
|
2500
| A–95 |
12,4
|
266
|
2000
| A–120 |
14
|
323
|
1500
| AS–16 |
5,4
|
62
|
3000
| AS–25 |
6,6
|
92
|
3000
| AS–35 |
8,3
|
128
|
4500
| AS–50 |
9,9
|
183
|
3000
| AS–70 |
11,6
|
296
|
2000
| AS–95 |
13,9
|
431
|
1400
| AS–120 |
15
|
524
|
1400
| PS–25 |
6,8
|
194
|
1500–3000
| PMS–25 |
7,8
|
296
|
1500–3000
| PS–35 |
9,2
|
396
|
1500–3000
| PMS–35 |
|
|
1500–3000
| PS–50 |
11,5
|
632
|
1500–3000
| PMS–50 |
|
|
1500–3000
| PS–70 |
|
|
1500–3000
| PMS–70 |
|
|
1500–3000
| PS–95 |
12,6
|
755
|
1500–3000
| PMS–95 |
|
|
1500–3000
| PSO–4 |
4
|
99
|
500
| PSO–5 |
5
|
154
|
240
| PSO–6 |
6
|
222
|
230
|
Eslatma.1. Simlarning markalaridagi belgilar: A–alyuminiy, AS–po’lat–alyuminiy, PSO–bir simli po’lat, PS–oddiy po’lat, ko’p simli po’lat; PMS–ko’p simli, mis qoplangan po’lat.
Jadvalda kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarida eng ko’p ishlatiladigan simlarning tavsiflari keltirilgan.
Ovalsimon ulagich (gilg’za)da ulash usuli ko’p simli alyuminiy simlarni ulashda qo’llaniladi. Ulash uchun simlarni ularning kesimlariga qarab tanlangan ulagich (gilg’za)ga kiritiladi va ularning bir–birining qarshisiga, simlarning uchlari ulagich (gilg’za)ning qarshi tomonidagi (chiqish) teshigidan chiqadigan qilib itariladi, so’ngra ulagich (gilg’za) presslanadi, simlarning bo’sh uchlari esa sirtmoqda uchma–uch payvandlanadi.
Simlarni ikkita ulagich (gilg’za)da birga presslab ulash usuli asosan, kesimlari 70 mm2 va undan katta bo’lgan ko’p simli alyuminiy simlarni montaj qilishda qo’llaniladi. Ulagich (gilg’za)lar presslash mexanizmlarida presslanadi.
Simlarni oldindan uchma–uch payvandlab oval’ ulagich (gilg’za)larda ulab, keyin ulagich (gilg’za) va simlarni quymasi bilan birga presslash yo’li bilan ulash usuli ko’pincha III va IV darajali muz qoplash rayonlarida joylashgan va liniya simlariga katta shamol kuchlari tahsir qilish mumkin bo’lgan, tayanchlarning oraliqlari katta bo’lganda, ularning o’rtasida havo liniyalarining ko’p simli simlarini montaj qilishda qo’llaniladi.
Simlarni oval’ ulagich (gilg’za)da ustma–ust qo’yib presslash yo’li bilan ulash eng oddiy usul hisoblanadi, bu usul kesimlari 16–50 mm2 li ko’p simli simlarni montaj qilishda qo’llaniladi.
Ulagichlar bir xil metaldan ishlangan bo’lishi kerak: mis ulagichlar (SOM)–mis simlar uchun; alyuminiy ulagichlar (SOA)–alyuminiy simlar uchun; po’lat ulagichlar (SOS)–po’lat simlar uchun.
Ochiq ko’p tomirli simlarni boltli qismlar yordamida ham tutashtirish mumkin. Boltli qismlar bilan simlarni faqat tayanchlarda va simlarda mexanik yuklama tahsir etmaslik sharti bilan ulashga yo’l qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |