Elektr mashinalar chulg‘ amlari izolatsiyasini quritish.Elektr mashina nazorat qilinayotganida elektr mashina chulgЈami izolatsiyasi past darajada ekanligi ayon boЈlsa, u holda elektr mashinani quritish kerak boЈladi. Elektr mashina chulgЈamlarini quritish unga oЈzgar- mas yoki oЈzgaruvchan tok yuborish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun alohida kuchlanish manbayidan foydalaniladi. Elektr mashina ichiga qizdirilgan havo yuborilib, induksion usul bilan va past kuch- lanishdagi qisqa tutashuv toki yordamida (generatoflar quritiladi) ham elektr mashinani quritish mumkin.
Elektr mashinalami quritish jarayonida chulgЈamning harorati uzluksiz ravishda termometr yoki termoparalar yordamida oЈlchab boriladi. ChulgЈam izolatsiyasi qarshiligi turgЈun haroratda ruxsat etilgan qiymatga teng boЈlganida quritish jarayoni tugagan hisoblanadi.
Elektr mashinalarni sinovli ishga tushirish.Barcha montaj ishlari tugatilganidan soЈng, elektr mashina sinovli ishga tushirilishi kerak. Elektr mashinani sinovli ishga tushirishdan awal mashinaning barcha elementlari sinchkovlik bilan ko’zdan kechiriladi va vali qo’l bilan
ylantirilib ko‘riladi (katta quwatli mashinalarning vali ko‘tarma kran yordamida aylantirib ko‘riladi). Elektr mashinani sinovli ishga tushirish vaqtida podshipnikning harorati tekshirilib boriladi va shuningdek, mashina qismlarining titrashlari qiymatlari vibrometr yordamida o‘lchab boriladi. Sirpanuvchi podshipniklar uchun ruxsat etilgan harorat qiymati 80°C dan oshmasligi va shuningdek, tebra- nuvchi podshipniklar uchun esa 65°C dan oshmasligi kerak.
Elektr mashinaning normal yuklanganlik ish rejimi uchun pod- shipniklaming ruxsat etilgan titrash qiymatlarining (amplitudaning ikkilangan qiymati) tezlikka bog'liqligi:
Elektr mashina tezligi, ayl/min 3000 1500 1000 750
Tebranish qiymati, mm 0,005 0,1 0,13 0,16
Rotor yoki yakorning aylanish yo‘nalishi to‘g‘ri ekanligi va elektr mashina elementlari normal yig‘ilganligiga ishonch hosil qilish uchun elektr mashinaga awal «siltovli» oz vaqtga kuchlanish berib, ishga tushiriladi. So‘ngra elektr mashinani yuklanishsiz birmuncha uzoq vaqtga ishga tushiriladi. Mashina salt yurish rejimida tekshirilganidan keyin yuklanish bilan ishlatiladi.
2 2. ELEKTR MOTORLARGA XIZMAT KO‘RSATISH
Elektr motorlami uzoq muddatga ishga yaroqli holatda saqlash uchun ta’mirlar oralig‘ida ularga texnik xizmat ko‘rsatish katta aha- miyatga ega. Uning vazifasiga motoming harorati rejimini, uning cho ‘tka- lari kontakti, kollektori va kontakt halqalarining ahvolini, vibratsiyani, podshipniklar ahvolini va ularda moy borligini kuzatish kiradi.
Ishchi mexanizm va mashinalarning ishlashi davomida navbatchi xodim ularning motorlarini bir marta ko‘zdan kechirib chiqadi va motorni chang hamda iflosliklardan tozalaydi, bunda u ish rejimi og‘ir bo‘lgan (tez-tez ishga tushiriladigan va to‘xtatiladigan, mexa- nizmi o'qiga katta yuklanish tushadigan, atrof-muhit harorati yuqori bo‘lgan) motorlarga alohida ahamiyat beradi .3
Elektr mashinalarning davomli normal ishlashini ta’minlash maqsadida vaqti-vaqti bilan tarmoqdan o‘chiriladi, xodim mashinani. siqilgan havo bilan tozalaydi, podshipniklarda moy bor-yo‘qligini tekshiradi, kollektor va kontakt halqalarini tozalaydi, cho‘tka tutqich- larining ishini, izolatsiya ahvolini tekshiradi va zaminlovchi qurilma- lami ko‘rib chiqadi, cho‘tkalami neytral holatga o‘matadi va shamol- latish kanallarini tozalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |