Havo liniyalarini yig’ish va jihozlash
Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyalarini qurish uchun yog’och va temir beton tayanchlar ishlatiladi. Yog’och tayanchlarning tuzilishlari turli hilda bo’ladi.
Yog’och tayanchlarni tayyorlash uchun asosan yog’ochning nina bargli navlaridan foydalaniladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyasi tayanchining asosiy elementlari uchun (ustunlar, tirgovuchlar, traversalar, tirgaklar) qarag’ay xodalarning diametri 14 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Yog’och tayanchlarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida turli hil kimyoviy moddalar bilan ishlov berish yo’li orqali ularning ishlash muddatini uzaytirishga erishiladi. Yog’och tayanchlar mahsus qurilish zavodlarida tayyorlanadi, keyin pritsepli avtomashinalarda o’rnatiladigan joyga olib kelinadi. Yig’ishdan oldin tayanchning hamma detallari diqqat bilan kechiriladi, ularda shikastlangan himoyalovchi qoplamlar (zanglashga qarshi) kabi nuqsonlar bo’lmasligi kerak. Ishlatish davomida yog’och tayanchlarini yer yuzidan 30-40 sm pastda va yuqorida joylashgan qismlari, yani atmosfera va yerdagi suv tahsiriga ko’proq duchor bo’ladigan qismi tez ishdan chiqadi.
Yog’och tayanchlarda yog’ochni tejash maqsadida ular yig’iladigan qilib tayyorlanadi, tayanch ustunini yog’och yoki temir-beton ulanma bilan biriktiriladi. Yog’och ustunni yog’och ulanmalar bilan tutashtirish uchun ustunning biriktiriladigan 1,5-1,6 m uzunlikdagi va 100 mm kenglikdagi qismi tekislab yo’niladi. Ulanmaning yuqori qismiga ham xuddi shunday uzunlikda va kenglikda ishlov beriladi. Ustun va ulanmaning ohirgi chopilgan qismi perpendikulyar o’yiq ko’rinishda bo’lishi lozim. Biriktiriladigan detallarning tutashgan qismi bir-biriga zich yopishib turishi kerak. Ustun va ulanma aylanasi bo’ylab bandajlar kengligida (50-60 mm), tayanchning bu detallarini bandajlar bilan yaxshi tortilishi uchun notekisliklar tekislanadi. Bandajlar yuzalar tutashgan qismini ikki joyiga, ulanmaning uchidan 200 mm pastda va tayanch ustunining ohiridan 250 mm yuqoriga qo’yiladi. Bandajlar orasidagi masofa 1000-1100 mm. Bandajlar uchun 4 mm li ruxlangan yumshoq po’lat sim yoki 5-6 mm li ruxlanmagan sim ishlatiladi.
Tayanchlar qurilish zavodlarida tayyorlanayotgan paytida jihozlanadi, lekin izolyatorlar va armaturalarni tashib keltirayotganda shikastlanmasligi uchun ularni ko’pincha bevosita havo liniyasi qurilayotgan joyni o’zida yeg’iladi. Tayanchlarni jihozlash ishlari ilmoqlar o’rnatiladigan joylarni belgilash, tayanchda ilmoqlar uchun teshiklar ochish va ularda izolyatorlari bilan birga ilmoqlarni o’rnatish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Tayanchlarda ilmoqlar o’rnatiladigan joylar qalinligi 3-4 mm li to’g’ri burchakli qilib bukilgan alyuminiy shinasidan tayyorlangan andoza yordamida belgilanadi. Andozaning bukilgan qisqa tomoni tayanchning tepasiga oldin bir tomonidan, keyin uning boshqa tomonidan qo’yiladi, bunda ilmoqlarning o’rnatiladigan joylari andozaning mos holda juft yoki toq teshiklari bo’yicha belgilanadi. Traverslarda shtirlarni o’rnatish uchun teshiklarini belgilash ham andoza yordamida bajariladi.
Izolyatorlar armaturada (ilmoqlarda, shtirlarda) ustahonalarda yoki havo liniyasi yo’lida tayanchlarni jihozlash vaqtida mahkamlanadi. Izolyatorlar va armatura simlarning tortilishidan tushadigan hisobiy yuklamani, sim ustida muz qoplanadigan rayonni (simning muz qoplanishidagi ehtimoliy massasini), simlarga shamolning bosimini etiborga olib tanlanadi.
Havo liniyalari qurilishida yog’och tayanchlar keng ishlatiladi, ayniqsa o’rmonzorlarga boy rayonlarda, lekin yuqorida aytib o’tkanimizdek, yog’och tayanchlar uzoqqa chidamaydi, shuning uchun ularni sekin asta ishlash muddati 50-60 yilga yetadigan temir-beton yog’ochlar bilan almashtirilmoqda.
Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarining temir-beton tayanchlari konussimon shaklga ega va to’g’ri burchakli halqasimon (doiraviy) kesimga ega. Yengillashtirish uchun temir-beton tayanchlar ustuni anchagina qismining ichi bo’sh qilib tayyorlanadi. Temir-beton tayanchlar, ularning mexanik pishshiqligini oshiradigan, armatura pulatidan bikir metall karkas bilan tahminlangan; ular traverslarda yoki ilmoqlada, ularga simlarni osish uchun hizmat qiladi. Tayanch tayyorlanayotganda unda ilmoqlarni o’rnatish uchun teshiklar qoldiriladi. Temir-beton tayanchda neytrali yerga ulangan liniyaning nol simiga ulash uchun, karkasning armaturasiga kavsharlangan mahsus sim bor. Temir-beton tayanchlarni blokli poydevorlarda yoki uning ostiga temir beton plita qo’yib bevosita yerga o’rnatiladi.
Yog’och tayanchlar qanday jihozlansa, temir-beton tayanchlar ham amalda shunday jihozlanadi, lekin undan bahzi bir, ikkinchi darajali ishlari bilan farq qiladi. Tayanchlarni ko’tarilmasdan oldin yaoni, chuqurga (katlavanda) o’rnatilmasdan oldin jihozlanadi, bu turli mexanizmlarni qo’llashga va shu asosda mantajchilarning mehnatini anchagina yengillashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |