O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


-MAVZU: BU MENING SHAXSIY FIKRIM.MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

 
33-MAVZU: BU MENING SHAXSIY FIKRIM.MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK 
MATNDA MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG 
 
GRAMMATIKA:
MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK MATNDA MAZMUN 
IZCHILLIGI VA OHANG 
Reja: 
1. Monologik matn.
2. Mazmun izchilligi.
3. Mazmun izchilligi va ohang. 
Monolog - so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqdir. Monologik
nutqda so‘zlovchi o‘ziga ma’lum bo‘lgan voqea-hodisalar, o‘z ichkikechinmalari haqida 
ma’lumot beradi. Monologik nutq tinglovchilarni suhbatga faol aralashuvga undamaydi; 
ulardan aytilganlarga javob talab qilmaydi. Sintaktik jihatdan monologik nutq murakkab 
tuzilgan bo‘lib, keng qamrovlidir.
Monologik nutq o‘z xususiyatlariga qarab bir necha ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin: ichki monolog va tashqi monolog. Tashqi monologning dramatik monolog,
lirik monolog, xabar monolog kabi turlari bor.
Ichki monolog badiiy adabiyotda qo‘llanuvchi uslubiy usullardan biridir. Bu usul yuz 
bergan aniq voqealarni ularning ta’sirida qahramon ichki kechinmalarida paydo bo‘lgan
fikrlar sifatida bayon etishi imkonini beradi. Ichki monolog so‘zlovchining ichki nutqidir.
Tashqi monolog so‘zlovchining tashqi nutqidir. Unda til imkoniyatlari haqiqatga
aylanadi. So‘zlovchining nutq mazmunini yetkazishga ko‘maklashuvchi turli xil
harakatlari yordamida bayon etiladigan monologik nutq dramatik monolog deyiladi. Dramatik 
monolog so‘zlayotgan shaxsning qo‘li, gavdasi, qoshi, boshi, kafti kabi a’zolari zarurati
tug‘ilganda harakat qiladi. Turli tarzdagi ma’noli harakatlar fikrning tinglovchi tomonidan 
yaxshi tushunib olinishiga ko‘maklashadi.
So‘zlovchining ichki his-tuyg‘ularini, ruhiy kechinmalarini ifodalovchi tashqi 
monologik nutq lirik monolog deyiladi. Lirik monologda shaxsning orzu-umidlari tashqi 
dunyodan olgan taassurotlari kelajak rejalari aks etadi. Masalan: Uch kunda jadal bilan 


143 
bitta do‘ppi bitkazaman. Men bu do‘ppimning nusxasini toleyimdan chizdim, gullari yurak 
qonimdan yaproqlari sariq chehralaridan namunadir. So‘zlovchining yuz bergan voqea-
hodisalar haqida hikoya qilib berilishi xabar monolog
hisoblanadi. Xabar monologida voqea raviy tilidan bayon etiladi. Xabar monologi 
hikoyachilik, qissachilikda ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan: Tush payti maxsus avtobusda ishga
boryapman. 
Polilog. 
Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog 
hamma til xususiyatlari jihatidan o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. 
So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdanortiq ishtirokchi o‘z fikrinibildirishi mumkin.
Topshiriq.
Lirik monolog namunasini ifodali o‘qing. Mazmunini izohlang.
Tilla baliqcha
Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni…

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish