O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

 
82-mashq

Matnni o‘zbеk tiliga o‘giring. 
Одуванчик 
У больших проезжих дорог, в широких зеленых лугах все лето цветут 
одуванчики. Все знают эти простые цветы, похожие на маленькое солнце, с золотыми 
лепестками – лучами. Все лето цветут одуванчики, а созревшие их семена собраны в 
легкий пушистый шарик. Дунешь на шарик – поплывут, полетят в воздухе легкие, 
летучие семена. Потому и называется цветок одуванчиком. 
Весь день следом за солнцем поворачивают одуванчики золотые свои головки. 
Вечером, когда скроется солнце, одуванчики свертывают свои лепестки. Всю ночь 
крепко закрыты золотые корзинки одуванчика. Только с восходом солнца они 
открываются, как бы радостно улыбаясь, широко раскрывают золотые свои головки. В 
солнечный летний день золотою кажется лесная поляна, на которой растут и цветут 
одуванчики.
30-MAVZU:UNIVERSITETIM BILAN FAXRLANAMAN. MATN VA UNING 
KO‘RINISHLARI 
 
GRAMMATIKA: MATN VA UNING KO’RINISHLARI 
Reja: 
1.Matn haqida ma’lumot. 
2.Matnning tuzilishi: asosiy va yordamchi qismlar. 
3.Matnni qisqartirish va kengaytirish yo‘llari. 
Matn
deganda biror-bir muallifga tegishli bo‘lgan, ma’lum fikrlar majmuasi 
hisoblangan nutq, qo‘lyozma yoki nashrdan chiqqan asar tushuniladi. Ammo har qanday
qo‘lyozmani ham matn deyaverish to‘g‘ri emas. Matn bo‘lishi uchun u, hajmidan qat’i nazar, 
asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega 
bo‘lishi zarur. 
Matnlarning tahlili bilan shug‘ullanuvchi soha matnshunoslik deyiladi va u ham 
boshqa fan sohalari singari o‘z tekshirish metod va usullariga ega. Bunda dastlab qiyosiy-
tarixiy metodga amal qilinadi. Alohida bir matnni ajratib olib o‘rganish natija berishi qiyin. 
Chunki ko‘zda tutilgan maqsadga matnlarni o‘zaro va davriy jihatdan tahlil qilish bilangina 
erishiladi. 
Mana shunday yo‘l bilan matnning shakllanishini, bir matndan ikkinchisigacha bo‘lgan 
o‘sish va takomillashishni, binobarin, muallifning fikriy rivojini ham anglash mumkin bo‘ladi. 


138 
Matn ustida ishlash murakkab va ijodiy jarayon bo‘lib, uni qo‘lga olishdan nashrga 
tayyorlashgacha bo‘lgan davr bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar: 
1.
Matn manbasini aniqlash. 
2.
Asosiy matnni aniqlash. 
3.
Muallifning matn bo‘yicha oxirgi, haqiqiy variantini aniqlash. 
4.
Matnni nashrga tayyorlash. 
5.
Nashr turlari: hujjatli nashrlar (faksimil nashrlar), ilmiy tadqiqot nashrlari—akademik, 
ilmiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy va hokazo. 
Matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi kishi dastlab ana shu matnga aloqador bo‘lgan barcha 
qo‘lyozma va bosma materiallarni, muallifning turli xil qaydlarini to‘playdi. Bunda matnning 
qoralama nusxasi bilan oxirgi oqqa ko‘chirilgan varianti muhim hisoblanadi. 
Demak, matnshunosning asosiy vazifasi o‘quvchiga muallifning xohish-irodasini to‘la 
aks ettirgan, tashqaridan o‘zgartirishlar kiritilmagan haqiqiy matnni yetkazishdan iborat 
bo‘ladi. Matnshunos asosiy matnni o‘zgartirishga aralashmasligi kerak. U faqat o‘zi uchun 
noaniq, munozarali hisoblagan o‘rinlarda bir mazmundagi matnlarni bir-biriga solishtirishi, 
muallifning haqiqiy matnini aniqlashi zarur. Bu esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, oson ish 
emas. Chunki asar matni muallif oxiriga yetkazdim deb hisoblagandan keyin ham nashriyotda 
qancha kishilarning qo‘lidan o‘tadi. Ular ham matn yuzasidan o‘z nuqtayi nazarlarini ma’lum 
qilishadi, hatto ba’zan muallifdan o‘zlari aytgandek qilib o‘zgartirishni talab etishadi. 
O‘zbek matnshunosligi ham xalq og‘zaki ijodi, tarixiy hujjatlar, mumtoz badiiy adabiyot 
namunalarini to‘plash va nashrga tayyorlashda katta tajriba to‘plagan. Bu ayniqsa o‘zbek xalq 
dostonlarini xalq baxshilaridan yozib olish, Alisher Navoiy va boshqa mumtoz 
shoirlarimizning badiiy merosi mujassam bo‘lgan hamda turli yillarda ko‘chirilgan 
qo‘lyozmalar matnini tahrir qilish va nashrga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘ldi. 
Bunda Hodi Zarifov, Parso Shamsiyev, Izzat Sulton, Hamid Sulaymonov, Solih 
Mutallibov, Vohid Zohidov, Aziz Qayumov, Suyima G‘aniyeva, Ozod Sharafiddinov, 
Abduqodir Hayitmetov va boshqa olimlarning xizmatlari nihoyatda ulkan. 
Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, 
rasmiymi, badiiymi—bundan qat’i nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. 
Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z, har bir gap va abzatslar 
o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, matnni 
tushunish qiyin bo‘ladi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish