107
avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va
atrof-muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan
mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmui tushuniladi.
Ekologiyani saqlashning asosiy vazifalari resurslardan oqilona foydalanish,
chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy etish, tabiatni ifloslanishidan saqlash, salbiy
o‘zgarishlarni bashorat qilish, ularning oldini olish, hozirda yo‘qolib borayotgan o‘simlik
va hayvon turlarini muhofazasiga jiddiy e’tibor qaratishdan iboratdir. Tabiatni muhofaza
qilishning tarixi bir necha ming yilga borib taqaladi. Bunga misol qilib, Vavilon davlatining
bundan 4 ming yil oldin o‘rmonlarni muhofaza qilish sohasida choralar ko‘rilganligi, bu
choralarni buzgan kishilar qattiq jazolanganligini va hatto o‘limga mahkum qilinganligini
aytish mumkin. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimiz Xorazmiy, Forobiy,
Beruniy, Ibn Sino va boshqalar tabiiy fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.
Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik
va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash, asrab-avaylash haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini
aytganlar. Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy bobomiz o‘z risolalarining birida
shunday yozadi: “Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga kulfat tushgan
bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”…
Mutafakkirlarning fikricha, tarixga ikki xil nuqtai nazardan yondashilgan. Ularning biri
tabiat, ikkinchisi – insoniyat tarixidir. Lekin ular uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqador. Chunki, inson
boshqa tirik jonzotlardan tubdan farq qiladi. Inson moddiy va ma’naviy madaniyati o‘rtasidagi
uyg‘unlik tarixiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Umuman olganda, moddiy va
ma’naviy rivojlanish bosqichlari tabiatni muhofaza qilish ehtiyoji bilan to‘qnash bo‘lib kelgan.
Biroq bu muammoga alohida e’tibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga
keldi. 1864-yili AQSHda J.Marshning “Inson va tabiat” kitobi chop etildi. Unda tabiatni
muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berilgan. 1910-yili Shvetsariyada
yevropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzilgan. 1913 yili Bernda tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Kengash chaqirilgan. 1948-yilda esa tabiatni muhofaza qilish
xalqaro ittifoqi tuzilgan. Bu harakatlar XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi.
O‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920-yildan kuchaytirila
boshlandi. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan maqsadli
rejalar tuzilishi va ko‘plab natijalarga erishuvga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ekologiyaning davlat
siyosati darajasigacha ko‘tarilgani, shuningdek, har bir hududlarda aholi o‘rtasida olib
borilayotgan turli tadbirlar, barcha ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan
semenar treninglar, davra suhbatlari o‘quvchilar ongida ona tabiatga bo‘lgan muhabbatni
mustahkamlashga, ular ongida ekologik ta’lim-tarbiyaning taraqqiy topishida muhim omil
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: