O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


-MAVZU: OLAMNI ASRANG, DO’STLAR! MAQOLA VA UNING TURLARI



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

20-MAVZU:
OLAMNI ASRANG, DO’STLAR! MAQOLA VA UNING TURLARI 
 
 
TABIAT MUHOFAZASI – MUQADDAS BURCH! 
 
Har bir inson ona zamin quchog‘ida ulg‘ayar ekan, zimmasiga bir qancha muqaddas
burch va shu tuproqqa mas'ullik hissi yuklangandir. Atrof- muhitni, aziz ne’matlarni 
asrab-avaylash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, sevish va ardoqlash har kishining
ham insoniy ham fuqaroviy ajralmas burchidir. Tabiat muhofazasi esa ana shunday ezgu 
maqsadlarning eng ulug‘idir. Bu burch insonning atrof-muhitga salbiy ta’siri yuzaga kelgan
uzoq o‘tmishdan yaxshi ma’lum. Tabiatni muhofaza qilish deganimizda hozirgi va kelgusi
avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va
atrof-muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan 
mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmui tushuniladi.
Ekologiyani saqlashning asosiy vazifalari resurslardan oqilona foydalanish,
chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy etish, tabiatni ifloslanishidan saqlash, salbiy
o‘zgarishlarni bashorat qilish, ularning oldini olish, hozirda yo‘qolib borayotgan o‘simlik
va hayvon turlarini muhofazasiga jiddiy e’tibor qaratishdan iboratdir. Tabiatni muhofaza 
qilishning tarixi bir necha ming yilga borib taqaladi. Bunga misol qilib, Vavilon davlatining
bundan 4 ming yil oldin o‘rmonlarni muhofaza qilish sohasida choralar ko‘rilganligi, bu
choralarni buzgan kishilar qattiq jazolanganligini va hatto o‘limga mahkum qilinganligini 
aytish mumkin. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimiz Xorazmiy, Forobiy, 
Beruniy, Ibn Sino va boshqalar tabiiy fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.
Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik
va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash, asrab-avaylash haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini 
aytganlar. Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy bobomiz o‘z risolalarining birida 
shunday yozadi: “Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga kulfat tushgan
bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”…
Mutafakkirlarning fikricha, tarixga ikki xil nuqtai nazardan yondashilgan. Ularning biri
tabiat, ikkinchisi – insoniyat tarixidir. Lekin ular uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqador. Chunki, inson 
boshqa tirik jonzotlardan tubdan farq qiladi. Inson moddiy va ma’naviy madaniyati o‘rtasidagi
uyg‘unlik tarixiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Umuman olganda, moddiy va
ma’naviy rivojlanish bosqichlari tabiatni muhofaza qilish ehtiyoji bilan to‘qnash bo‘lib kelgan.
Biroq bu muammoga alohida e’tibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga 
keldi. 1864-yili AQSHda J.Marshning “Inson va tabiat” kitobi chop etildi. Unda tabiatni


105 
muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berilgan. 1910-yili Shvetsariyada 
yevropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzilgan. 1913 yili Bernda tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Kengash chaqirilgan. 1948-yilda esa tabiatni muhofaza qilish
xalqaro ittifoqi tuzilgan. Bu harakatlar XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi. 
O‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920-yildan kuchaytirila 
boshlandi. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan maqsadli 
rejalar tuzilishi va ko‘plab natijalarga erishuvga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ekologiyaning davlat
siyosati darajasigacha ko‘tarilgani, shuningdek, har bir hududlarda aholi o‘rtasida olib 
borilayotgan turli tadbirlar, barcha ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan
semenar treninglar, davra suhbatlari o‘quvchilar ongida ona tabiatga bo‘lgan muhabbatni
mustahkamlashga, ular ongida ekologik ta’lim-tarbiyaning taraqqiy topishida muhim omil 
bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish