ISHHNI BAJARISH TARTIBI:
Yelimdon yog‘och buyumlar qismlarini biriktiruvchi materiallar ichida eng
ko‘p ishlatiladigani buyumlarning sifatli, puxta birikishini ta’minlaydigani
duradgorlik yelimidir. Yelimlar maxsus qozon-yelimdonlarda pishiriladi.
Yelimdon katta-kichik, biri ikkinchisiga tushadigan ikkita kalorimetrga
o‘xshash idishdir. Katta idishg‘a suv quyilib biror isitkich yordamida qaynatiladi.
Kichik idishga kerakli miqdorda suvga bo‘ktirilgan yelim solinib, katta idishga
tushiriladi. Yelim katta idishdagi suvning issiqligi ta’sirida eriydi. Shu xilda eritilgan
yelim kuymaydi va yelimlash xususiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun yelim hech
qachon bir idishli yelimdonda eritilmaydi. Bir idishli yelimdonda eritilgan yelim
idish deyoriga yopishib, qayta erytish vaqtida kuyadi'va yelimlash xususiyatini
yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |